Reja 1.Nutq va uning rivojlanishi 2.L.N. Neyman va V.I.Beltyukovlarning olib borgan ishlari 3.Nutq-til belgilari vositasida rivojlanish usullari
Odamda atrofdagi muhit bilan aloqa bog‘lashning yangi shakllari paydo bо‘ladi. “Rivojlanib borayotgan hayvonot dunyosida, - deb yozgan edi I.P.Pavlov, - odam fazasiga kelib nerv faoliyati mexanizmlariga nihoyatda katta qо‘shimcha qо‘shildi”. Bu qо‘shimcha odamda nutq paydo bо‘lishi va yangi signal tizimi vujudga kelishidan iborat bо‘ldi. Organik dunyo taraqqiyotining shu bosqichida muhit bilan aloqa bog‘lashning yangi, faqat odamga xos bо‘lgan ikkinchi signal tizimi qaror topdi.
И.П.Павлов. тœла асарлар тœплами, III том, 2-китоб. –М., 1951. 335-бет. 2 Œша асар, 345-бет.
“Bо‘lg‘usi odamda, - deb yozadi I.P.Pavlov, - ikkinchi darajali signallar, birinchi signallarning signallari-talaffuz etiladigan, eshitiladigan va kо‘riladigan sо‘zlar kо‘rinishida paydo bо‘lib, rivojlanib bordi va yuqori darajada kamolga yetdi”2.
Bolaning nutqi rivojlanayotgan ikkinchi signal tizimining birinchi signal tizimi tomonidan doimo aniq impulslar bilan qо‘llab-quvvatlangandagina tо‘g‘ri shakllanadi. Birinchi signal tizimi sezgi hosil qiluvchi signallarga ega.
Nutqning tо‘g‘ri rivojlanishi uchun bola normal eshitadigan bо‘lishi muximdir.
Eshitish organi bola tug‘ilgan kunidan boshlaboq ishga tushadi. Hayotining ikkinchi xaftasiga kelib, bolaning ovozga quloq solayotganini kuzatish mumkinki, bu eshituv analizatorining funksional jihatdan yetarlicha yetukligi hamda markaziy
nerv tizimida eshituv dominantasi paydo bо‘la olishini kо‘rsatadi. Hayotining 2oyiga kelib bola sifat jihatdan har xil tovushlarni ajrata boshlaydi. 3-oydan boshlab ovoz kelgan tomonga qarash odati paydo bо‘ladi, bola 3-4 oylik bо‘lib qolganda tovushlarning tonini ajrata boshlaydi.
Bolalarda nutqning eshitish bо‘sag‘asi yosh ulg‘aygan sari о‘zgarib boradi, 6,5-9,5 yashar bolalarda nutqni eshitish bо‘sag‘asi katta yoshli bolalardagiga qaraganda yuqori bо‘ladi.
Tug‘ma kar tug‘ilgan bolalarda atrofdagilar nutqiga taqlid qilish rivojlanmaydi. Gugulash ularda normal eshitishga ega bо‘lgan tengdoshlaridagidek paydo bо‘ladi. Lekin u eshituv idroki tomonidan mustahkamlanmaganligi sababli asta-sekin sо‘nib boradi. Bu holatlarda maxsus pedagogik ta’sirsiz bolalarda nutq rivojlanmaydi. Ilk yoshlik paytida bola tovush, bо‘g‘in va atrofdagilarning sо‘zlarini noaniq buzilgan holda idrok etadi. Shu sababli bolalar bir fonemani ikkinchisi bilan aralashtirib yuboradilar, nutqni yomon tushunadilar. Juda kо‘p hollarda bolalar о‘zlarining notо‘g‘ri talaffuzlarini sezmaydilar. Natijada u odat tusiga kirib, turg‘un bо‘lib qoladi. Keyinchalik bu holat qiyinchilik bilan bartaraf qilinadi.
Fonematik idrok asta-sekin, talaffuzning shakllanishi bilan parallel ravishda rivojlanadi. Odatda bola 4 yoshga yetganda о‘z ona tilidagi barcha fonemalarni eshitish orqali ajrata olish qobiliyatiga ega bо‘ladi.
Kо‘rish ham bola nutqining rivojlanishida muhim rol о‘ynaydi. Nutqning paydo bо‘lishi va uning idrok qilinishida kо‘rish analizatorlarining muhim rol о‘ynashi, tug‘ma kо‘r bolalarning kech gapira boshlaganligi bilan tasdiqlanadi. Kо‘radigan bola gapirayotganlarning til va lab harakatlarini sinchkovlik bilan kuzatadi, ularni qaytarishga harakat qiladi. Odatdagi artikulyatsion harakatlarni yaxshi taqlid qiladi.
Bolaning rivojlanishi jarayonida kо‘rish, eshitish va boshqa analizatorlar о‘rtasida shartli aloqalar tizimi yuzaga keladi va u takrorlanib turuvchi aloqalar bilan doimo rivojlanib, mustahkamlanib boradi.