Nutq buzilishlarini о‘rganish, tushunish uchun bola nutqining normal rivojlanish yо‘lini, bu jarayonning о‘ziga xos xususiyatlarini, nutqning muvaffaqiyatli shakllanishida katta rol о‘ynovchi sharoitn
Nutq buzilishlarini о‘rganish, tushunish uchun bola nutqining normal rivojlanish yо‘lini, bu jarayonning о‘ziga xos xususiyatlarini, nutqning muvaffaqiyatli shakllanishida katta rol о‘ynovchi sharoitni bilish lozim.
Nutq buzilishlarini о‘rganish, tushunish uchun bola nutqining normal rivojlanish yо‘lini, bu jarayonning о‘ziga xos xususiyatlarini, nutqning muvaffaqiyatli shakllanishida katta rol о‘ynovchi sharoitni bilish lozim.
Bundan tashqari bola nutqining rivojlanish davrlarini aniq bilish zarur. Bu esa nutqning rivojlanishi jarayonidagi u yoki bu kamchiliklarni о‘z vaqtida bilish va aniqlash uchun kerak bо‘ladi. Masalan, 1 yosh-u 4 oylik bola gapirmayapti. Pedagog bolaning normal rivojlanishida birinchi sо‘zlar qachon paydo bо‘lishini bilsa, u holda u bu bolaning normal yoki nonormal rivojlanayotganini hal qila oladi.
Bola nutqining rivojlanish xususiyatlarini bilish, nutq buzilishlariga tо‘g‘ri diagnoz qо‘yish uchun ham zarurdir. Ba’zi mutaxasislar uch yoshli bolaning tovush talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun uni logoped qabuliga yuboradilar. Bu tо‘g‘rimi? Yо‘q, albatta. Chunki nutqi normal rivojlanayotgan bolaga hali bu yoshda ba’zi bir tovushlarni notо‘g‘ri talaffuz etish xos bо‘ladi. Bu kо‘rinish fiziologik dislasiya deb atalib, bu shu yoshdagi bolalarda artikulyatsiya apparatining hali yetarli darajada shakllanmaganligini bildiradi. Nutq kamchiliklarini bartaraf etishda tug‘ri va aniq tarbiyaviy-tuzatish ish rejasini tuzish uchun bola nutqining rivojlanish qonuniyatlarini yana bir karra bilish zarur hisoblanadi.
Mualliflar bola nutqining shakllanish davrlarini turlicha kо‘rsatadilar, ularni har xil nomlaydilar va har birining yosh chegaralarini turlicha ifodalaydilar. G.L. Rozengrad-Pupko bolada nutq rivojlanishini ikki davrga ajratadi:
tayyorlov davri (2 yoshgacha)
nutqning mustaqil shakllanish davri. A.N. Leontyev bola nutqining shakllanishini 4 davrga bо‘lib kо‘rsatadi;
Bu davrlarning tо‘liq tavsifi ustida tо‘xtalib о‘tamiz. Shunday qilib, birinchi davr-tayyorgarlik davri (bola tug‘ilgandan bir yoshgacha).
Kuzatishlar shuni kо‘rsatadiki, chug‘urlash etapida tovushlarning birmuncha intensiv kupayishi jarayoni umuman olganda 6 oylikdan keyin sodir bо‘ladi va bir oydan kо‘proq davom etadi. Sо‘ng tovushlarning kо‘payishi juda sekin va asta kechadi.
Endi tadqiqotdan olingan diqqatga sazovor faktlarni tahlil qilamiz.
Bu etapda burunli va og‘izli undoshlar deyarli bir vaqtda paydo bо‘ladi. Bu tovushlarning paydo bо‘lishi vaqtida ayrim ustunlik tomonlar og‘iz undoshlari tomonida kо‘rindi, biroq turli bolalarda ayrim tovushlarga nisbatan og‘iz undoshlaridan kо‘ra burun undoshlarining о‘zib ketishini kuzatish mumkin.
Chug‘urlash etapida jarangli va jarangsiz undoshlar ham bir vaqtning о‘zida paydo bо‘ladi. Bu yerda esa jarangli undoshlar ayrim ustunliklarga egadir. Biroq bu yerda ham individual xususiyatlar mavjud: turli bolalarda alohida jarangsiz undoshlar juft jaranglilarga nisbatan ilgariroq paydo bо‘ladi.
+attiq va yumshoq undoshlarning paydo bо‘lishi kuzatilganda dastlab yumshoq, sо‘ng qattiq til oldi undoshlari paydo bо‘lar ekan: (t)-(t). Lab undoshlariga kelsak, til oldi tovushlariga qarama-qarshi о‘laroq avval qattiq, sо‘ng yumshoq undoshlar hosil bо‘ladi. Portlovchi va shovqinlilar ichida avval portlovchilar, sо‘ng shovqinlilar paydo bо‘ladi.
Olingan bu ma’lumotdan kо‘rinib turibdiki, bolalarda chug‘urlash etapining paydo bо‘lishida muayyan qonuniyatlar mavjud. Bir differensial belgilar bо‘yicha bir-biridan taqqoslangan tovushlar guruhi chug‘urlash etapida bir vaqtning о‘zida paydo bо‘ladi. (og‘izli-burunli, jarangli-jarangsiz). Boshqa differensial belgilari bо‘yicha taqqoslangan tovushlar guruhi (qattiq-yumshoq, portlovchi-shovqinli) turli muddatlarda paydo bо‘ladi.