Tarixdan ma’lumki, ko‘pchilikning dardi shaxsga ko‘chib, qahramonlar paydo bo‘lgan va ular haqida umrboqiy filmlar ishlangan. Bunga Melis Afzalovning “Suyunchi”, Bahodir Odilovning, “Qarzdor”, Jahongir Qosimovning, “Suv yoqalab” singari filmlarini misol qilib keltirish mumkin. Bu filmlardagi qahramonlarning barhayotligi ular o‘zining emas, o‘zgalarning dardi bilan yashaganligida..
Bugun ba’zi bir serial va filmlarimizning oqsab qolayotgani ham, ijrodagi holat va talqin yetishmayotgani ham qahramon xarakterini puxta o‘rganmaslik, shunchaki “Xo‘ja ko‘rsin”ga yondashilayotganining mevasidir. Bunday kinolar har bir insonni nima uchun yashayotganligi to‘g‘risida, umuminsoniy fazilatlar haqida chuqurroq
mulohazaga chorlaydi. Agarda, tomoshabin to‘g‘ri xulosa chiqara olsa, kundalik tashvishlar bilan o‘ralashib, hayotning ushog‘iga aylanib, yo‘q bo‘lib ketmaslikka,
yuqoriroq cho‘qqilarni, oliy maqsadlarni ko‘zlab yashashga undaydi.
Kino va seriallarning o‘rni, ularning shaxs kamolotidagi ahamiyati
Keyingi 10 yillikda milliy Kino sanʼati rivojida keskin burilish davri boʻldi. Qiziqarli filmlar yaratgan M. Abzalov, 3. Musoqov, Yu. Sobitov kabi rej. larning filmlari zamon muammolari, yoshlar hayotining eng ogʻriq jabhalariga qaratildi, uslublar xilma-xilligi taʼminlandi.
"Tongga qadar" (Yu. Azimov), "Ajdodlar ovozi" (F. Shermuhamedov), "Ketma" (J. Ishoqov, R. Saʼdullayev), "Sevgi qurbonlari" (A. Ismoilov) kabi filmlar eʼtiborga molikdir. 1996-yil milliy kino uchun yangi muhim sana nuqtasi boʻldi.
Kino va seriallarning o‘rni, ularning shaxs kamolotidagi ahamiyati
Hozirgi kunda kinoning ijtimoiy nufoʻzi oshdi, mavzu doirasi kengaydi, mahalliy yozuvchilar asarlarining koʻpayishi koʻzga tashlanadi. Folklor, tarixiy, zamonaviy va falsafiy mavzular qayta ishlab chiqildi. "Ayollar saltanati" (Yu. Roziqov), "Chayongul" (S. Nazarmuhamedov), "Parimomo" (M. Rajabov), "Oyijon" (Z. Musoqov) va boshqa keyingi yillarning eng yaxshi filmlaridir.