Taraqqiy” boshlab bergan yo‘l o‘zbek milliy matbuotining to‘ng‘ichi bo‘lgan «Taraqqiy»


(1917-YIL 16-APREL – 1918-YIL 30-APREL)



Yüklə 35,99 Kb.
səhifə4/5
tarix14.11.2022
ölçüsü35,99 Kb.
#68951
1   2   3   4   5
BOYBO

(1917-YIL 16-APREL – 1918-YIL 30-APREL)
Turkistondagi jadid matbuotining eng nufuzli, dadil va sermazmun gazetalaridan biri “Hurriyat”dir. “Hurriyat” garchi Turkistonning bir viloyati Samarqandda chiqsa ham, o‘sha paytda o‘lkaning markaziy gazetasi mavqeiga erishgan edi. Gazetaning birinchi muharriri Akobir Shohmansurov bo‘lib, 9-sonidan 26-sonigacha Mardonqul Shohmuhammadzoda, 27-sonidan 87-sonigacha Abdurauf Fitrat muharrirlik qilgan. “Hurriyat”ning asosiy yozuvchilari Mahmudxo‘ja Behbudiy, Said Ahmad Vasliy, Said Ahmadxo‘ja Siddiqiy, Said Rizo Alizoda va Hoji Muinlar edi. Shuningdek, Cho‘lpon, Sadriddin Ayniy, G‘ozi Yunus, Ufadan No‘shiravon Yavushev, Xayrunnos Aysin, Najib kabi ijodkorlar ham o‘z maqolalari bilan qatnashib turardi.
Gazetaning ilk sonida Mardonquli Shohmuhammadzodaning “Ta’mini istiqbol” maqolasi bosilgan. Unda muallif mazkur gazetaning asosiy vazifasi xalqimizning ma’naviy kamoloti, ma’rifati va ilmi rivojiga xizmat qilishdir, deb va’da beradi. Sadriddin Ayniy “Tashakkur” maqolasida gazetani inqilobning mevasi sifatida baholaydi. Xalqimizni zulm davrining yakuni bilan qutlaydi va “Hurriyat”ga omad tilaydi. Maqolani “Yashasin hurriyat” deb tugatadi. Shuningdek, Buxoro amirining islohot to‘g‘risidagi farmoni berilgan. “Buxoroda islohot” maqolasi 1917-yil 9-aprel, Buxoro voqealariga bag‘ishlangan. “Hurriyat”ning 5-sonida A.Abdujabborzoda o‘z maqolasida “...barcha inqiloblarning boshi maktabdir” deb muallimlarni maktab islohotiga bel bog‘lashga chaqirsa, “Buxoro voqealari” maqolasida Mahmudxo‘ja Behbudiy gazetxonlarga amirlikda kechayotgan inqilobiy o‘zgarishlar haqida xabar beradi. 1917-yil 4-may kuni “Hurriyat”ning 6-sonida bosilgan M.Shohmuhammadzodaning “Turkistonda qahati rijol” maqolasida “...hurriyat qo‘lga kiritildi, inqilob amalga oshdi endi yana ilm, yana maorif kerak. Bugun manaman degan boylarimiz ham qonun oldida o‘zlarini mudofaa etarlik bilimga ega emas” deydi. Mahmudiya muallimining “M.N.K.” imzosi bilan yozilgan “Hayot yo‘linda” maqolasi “Hayot yo‘lida birinchi masala maktab masalasidir” deb boshlanadi. Muallif Samarqandda mavjud 2-3 ta jadid maktabida ham hech qanday nazoratning yo‘qligi va ularning iqtisodiy jihatdan naqadar nochorligiga ahamiyat qaratadi. Samarqandda tashkil etilgan “Anjumani maorif” jamiyati shaharda muallimlar tayyorlovchi maktab (dor ul-muallimin) ta’sis etish zarur, deydi. Jamiyatni maktab islohi uchun yordam qo‘lini uzatishga chaqiradi. Shuningdek, M.Shohmuhammadzoda “Dehqon gazetasi” maqolasida atrof va dasht xalqi uchun maxsus “Dehqon” nomli gazeta ta’sis etishga chaqiradi. Millatni jamiyatdagi siyosiy o‘zgarishlar va xalqaro ahvol bilan tanishtirib borishning zaruratiga to‘xtaladi. Aholining siyosiy faolligini oshirish hamda xalqni siyosiy harakatga tortish masalalarini muhokama qiladi. “Hurriyat”ning 1917-yil 19-may 10-sonida chop qilingan M.Shohmuhammadzodaning “Turkiston partiyalari va nodonlik” maqolasi juda muhim masalaga bag‘ishlangan. Muallif “Bizning Turkistonda ham partiyadan ko‘p ekan, lekin maqsadlarini bilmadik. Andijonda mirkomilchevin va mirahmadchevin, Toshkentda ulamochevin, Samarqandda nafoqchevin va nafsoniyatchevin partiyalari bor. Ularning manbasi ilmsizlik, mansabi nodonlik. Buning oqibati yomon bo‘lar” deb, xalqning ayni paytda ishonishi lozim bo‘lgan yagona kuch sifatida yoshlar (jadid taraqqiyparvarlari)ni tavsiya qiladi. Maqolani “...yoshlarimiz izzat nafs, mansablarni qo‘yib, xolis, manfaatlarsiz, xalqqa xizmat etarlar. Bu yo‘lda qarshiliklarga chidarlar. Bu kun xizmatlari ma’lum bo‘lmay qolsa, o‘lganlaridan so‘ng ma’lum bo‘lar” deb tugatadi. Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Muhtaram Samarqandliklarga xolisona arz” maqolasi achchiq bir kinoya bilan bitilgan. Unda muallif “...Samarqandda “klub Islomiya” tuzildi, ular madaniy kurashga kirishdilar, ammo turli maqsadlar ilinjida hamma o‘z manfaatiga urushib ketdilar. Natijada ittifoq qo‘ldan chiqdi, aksincha nizolar natijasida birlik ketdi” deb yakunlaydi... Mahmudxo‘ja Behbudiy “Hurriyat”ning 1917-yil 26-sentabr 41-sonidagi maqolasida Samarqandda ochlik masalasida bo‘lgan majlisdan hikoya qiladi. Jumladan: “... Bu yil suvsizlik bois, g‘alla kam hosil bo‘ldi. Samarqandda bug‘doy yo‘q, o‘zi non avval ham yetishmasdi. Hali erta, ertaga kech bo‘lmasdan bug‘doy keltirish zarur. Aks holda kasalliklar ortib, hammasi battar bo‘ladi. Xalqqa sharoit yaratishimiz kerak. Yig‘ilganlar boylardan pul yig‘ishni va o‘sha pulga bug‘doy keltirishni aytdilar. Aslida hozir Rossiyada ishonsa bo‘ladigan hokimiyat ham, g‘alla ham yo‘q” deydi. Majlisda bir soldat Jizzaxda musulmon bolalarining harbiy kazarmalarga borib, bir burda non uchun cho‘qinayotganlari voqeasini aytdi. Hamma ko‘ziga yosh oldi, men chiday olmadim”, deydi Behbudiy. S.Sidqiyning “Dizaxda ochlik” maqolasi ham shu mavzuga bag‘ishlangan. Jizzaxda shu kunlarda kamida o‘n kishining ochidan o‘lgani, musulmon bolalarining rus oilalariga borib, cho‘qinib non tilanganlarini yozadi. Majlis so‘ngida ochlarga yordam uchun pul yig‘ilganida Mahmudxo‘ja Behbudiyning 100 so‘m berganini, ko‘pchilik savdogar-u boylarning dahshatli voqe’liklarni tinglab ta’sirlangani, biroq, ikki uch tomchi ko‘z yoshdan boshqasiga yaramaganlarini hikoya qiladi. Gazetaning “Buxoro xabarlari” ruknida: Qorako‘l qozisi O‘roq Ikromiddin maxdumning sudur rutbasini olib, Chorjo‘y viloyatiga qozisi bo‘lgani xabari berilgan. “...Ikromiddin maxdum Buxoroning yaxshi taraqqiyparvarlaridan. Eskidan gazetalarni o‘qib, o‘z uyida tatar va o‘zbek muallimlarini saqlab, bolalarni usuli jadida bilan o‘qitar edi. Eshitishimizga ko‘ra, Ikromiddin maxdum Kogondagi yoshlarga buyuk bir mablag‘ iona bermish” deb yozadi. Keyingi xabarda “...23-sentabrda Buxoroda askarlar isyon qilgan. To‘pchiboshi (o‘ris vazir)ning yasovulini urib tashlagan. Qushbegini ham so‘kib tashlagan va “Seshanbalik” qo‘shin ham askarlarga qo‘shiladi. Isyonni oylikni 15 dan 25 so‘mga oshirish bilan to‘xtatdi” deyiladi. Shuningdek, Qozoli shahridagi buxorolik yoshlarning “teatr to‘garagi” tuzilgani va qadimchi Abdurahmon Karvonboshi degan kimsaning o‘sha to‘garakni yopish maqsadida va uning a’zolarini 75 darradan urdirish niyatida ariza yig‘ib yurgani va yoshlar qo‘rqib “Yosh buxorolik”lardan yordam so‘ragani voqeasi yozilgan. Keyingi 42-sondagi Fitratning “Buxoroning askarlari” maqolasi ham o‘zida juda qiziq ma’lumotlarni aks ettirgan. Jumladan, Buxoro 12 ming askar yig‘ish mumkinligi holda, amalda 4-5 ming askar bor. Ularda ham na qurol, na kiyim, na yotoq joy mavjud. Bu yerda harbiylik shon-sharaf emas, eng past lavozim hisoblanadi. Ular pora bera olmagan qashshoqlardan majburiy to‘plangan. Armiyada do‘xtirlik xizmati yo‘q. Askarlarda na huquq, na pul bor. Bechora hech bir huquqsiz mardikorlardek, amir va beklarning qadrsiz qullaridir, deydi.
Xullas, “Hurriyat”ning 1918-yil 30-aprelda chop etilgan 87-soni so‘nggisi bo‘ldi. Gazeta bolsheviklar tomonidan yopildi. Biroq, “Hurriyat” o‘zbek matbuotining yorqin namunasi sifatida tariximiz zarvaraqlaridan mustahkam o‘rin oldi.
ULUG‘ TURKISTON” GAZETASI

Yüklə 35,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin