Taraqqiy” boshlab bergan yo‘l o‘zbek milliy matbuotining to‘ng‘ichi bo‘lgan «Taraqqiy»


(1917 YIL 25 APREL – 1918 YIL 30 NOYABR)



Yüklə 35,99 Kb.
səhifə5/5
tarix14.11.2022
ölçüsü35,99 Kb.
#68951
1   2   3   4   5
BOYBO

(1917 YIL 25 APREL – 1918 YIL 30 NOYABR)
“Ulug‘ Turkiston” gazetasi 1917-yilning 25-aprelidan tatarlarning “Ittifoq” jamiyati tomonidan Toshkentda chiqarila boshlangan. Shiori “Yashasin millatlarning muxtoriyati!” bo‘lib, bu gazetaga Kabir Bakir va Sodiq Abdusattorovlar muharrirlik qilgan. “Ulug‘ Turkiston”ning tahririyatida asosan ichki Rossiyadan kelgan jurnalistlar ishlagani uchun materiallari qamrovi va saviyasi jihatidan boshqa mahalliy gazetalarga qaraganda yuksakroq edi. Unda Rossiyaning markaziy shaharlaridan, urush jabhalaridan, turli o‘lkalar (Ukraina, Finlandiya, Kavkaz kabi)dan, Turkistonning turli viloyatlaridagi muxbirlari orqali tezkor xabarlar berib borilgan.
1917-yil 25-aprel sanasi bilan dunyo yuzini ko‘rgan “Ulug‘ Turkiston”ning ilk sonida muharrir Kabir Bakir gazetaning “Maslak va maqsad”ini bayon qiladi. Unda “Ulug‘ Turkiston”ning asosiy maqsadi Turkiston ravnaqiga, uning maorifi va ilm-u fani rivojiga hissa qo‘shmoqdir. “Ulug‘ Turkiston” Turkistonning barcha millat vakillarining gazetasi, o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman millatlarining manfaatini birday aks ettiradi. Biror sinfning gazetasi emas, barcha sinflarning manfaatlarini himoya qiladi, deydi. Shuningdek, Nuriddin Sayfulmulkning 1917-yil 4-aprelda ta’sis etilgan “Ittifoq” jamiyati haqida axboroti ham muhim hisoblanadi. “Ulug‘ Turkiston”ning 3-sonida chop etilgan “Turkistonga avtonomiya oluv haqqinda” maqolasida muallif No‘shiravon Yovushev Rossiyada 30 mln turkiy qavmlar yashaydi. Ularning hammasi uchun ham Turkistonga avtonomiya berilishi kerak. Bu yo‘lda barcha Turkistonga avtonomiya oluvga yordam bermagi kerak. To‘g‘ri, bugun bu uchun qurol yo‘q, oqcha yo‘q. Ammo, ularni ham intilsak topa bilamiz va buni kerak deb bilamiz, deydi. Ibrohim Tohirning “Maktab va madrasalar islohi” maqolasida hurriyatdan to‘rt-besh kun o‘tib, Munavvar qori uyida Turkistonda mavjud barcha maktablarning o‘qituvchilarini to‘plab majlis qilgani va unda 8 kishidan iborat komissiya tuzilganligi xabarini beradi. Shundan so‘ng mazkur komissiya o‘zining 5 yillik milliy ta’lim tizimini ishlab chiqqani hamda endilikda madrasalar islohotiga kirishish masalasida munozaralar o‘tkazayotganini bayon qiladi. “Ulug‘ Turkiston” 1917-yil 13-may 5-sonida N.Yovushov “Ochlikdan qutiluv choralari” maqolasini “Hurriyatdan xalq to‘qliq so‘raydi, ochlik talonlarga imkon beradi” deb boshlaydi. O‘zi Sharqiy Turkistonga safari davomida guvohi bo‘lgan holatlarga to‘xtalib, Xitoy Turkistonida ozuqa ko‘p, lekin aloqa yo‘llari yomon, deydi. Ikkinchidan, u yerda Rus pulining qadri yo‘q (1 rus so‘mi ularda 24 tiyin qiymatiga teng), deydi. Shu sonning o‘zida bosilgan “Konsulxonalarimiz haqqinda” nomli ikkinchi maqolasida: “... Qoshg‘arda edim, u yerdagi konsullar hamon zulm bilan ishlarlar, eski davr imperatorni qo‘msaydi. Xalq orasida hech kim hurriyatga ishonmaydi. Ular yana tezda zo‘ravonlar hokimiyatga keladi o‘ylarlar” deb yozadi. Gazetaning 6-sonida N.Sayfulmulk va I.Tohirlarning “Xalq jumhuriyati” maqolasida boshqaruvning demokratik respublika usuli haqida o‘quvchilarga keng qamrovli ma’lumot beriladi. “... Demokratiya bu jamiyatga teng huquqlar, umumiy saylovlar, bepul ta’lim va tibbiy xizmatlarni joriylash demakdir” deb hammani Respublika uchun ovoz beruvga chaqiradi. “Ulug‘ Turkiston”ning 8-sonidagi “Shoyon taassuf va voqealar” maqolada “To‘ron” gazetasi bilan bog‘liq janjallar va ularning eski shahardan quvilishi, “Sho‘roi Islom”ga qarshi “Ittifoqi muslimin”ning paydo bo‘lishi kabi voqe’liklarni qalamga olib, gazetxonlarga bularning hammasi taraqqiyparvarning birlashishiga qarshi mustamlakachilarning xiylasidir, degan fikrni ilgari suriladi. Gazetaning 9-sonidagi “Xivada ko‘ngilsiz voqealar” maqolasida esa Xorazmda kechayotgan voqe’liklar tahlil etilgan. Muallif Buxoro va Xivadagi ko‘ngilsizliklarning zaminida ham o‘lkada islohotlarga to‘sqinlik qilishni istayotgan rus zadagonlarining fitnasi yotadir, deydi.
“Ulug‘ Turkiston”ning 12-sonida N.Sayfulmulkning “Turkistonlilar ham askariy xizmat” maqolasida 1917-yil 31-iyunda Ishchi, dehqon va Soldat sovetlari o‘zlarining jahon urushi maydonlariga turkistonliklardan askar olish to‘g‘risida qarorini Kirenskiyga topshirgani, biroq, Muvaqqat hukumatning bu borada o‘z munosabatini ochiq qoldirayotganini yozadi. “Ulug‘ Turkiston”ning 15-sonida Kabir Bakirning “Qardoshlik nomina” maqolasida Abduvahhob Murodiy, Salim Tillaxonov, Qayum Ramozonlarning “Ochiq so‘z” gazetasida bosilgan “Milliy matbuotimiz diqqatina” nomli maqolasiga o‘z munosabatini bildiradi. Unda turkistonlik yoshlar barcha nashrlarga murojaat etib, matbuotda xalqimizni kamsituv ma’nosida ishlatilgan “sart” va “sartiya” so‘zlarini butunlay ta’qiqlashni talab etgan edi. Kabir Bakir mazkur masalaga to‘xtalib, o‘zining Turkiston turklariga nisbatan hech qachon “sart” so‘zini qo‘llamaganini yozadi. Ayni paytda, “sart” so‘zining Ostroumov tomonidan kashf etilmaganiga, aksincha, Navoiy va undan oldingi turkiy manbalarda ham bu so‘z uchrashiga e’tibor qaratadi. Millatni ulug‘lash va uning obro‘sini to‘kish yo oshirish uning nomi bilan emas, uning vakillarining shijoati va g‘ayrati bilan belgilanadi, deydi. Shuningdek, “Yettisuvdagi dahshatli hollar” nomli maqolada mahalliy qirg‘izlarning yerlariga joylashib olgan rus mujiklarining qirg‘izlarga nisbatan kamsitish, xo‘rlash siyosati qalamga olingan. Ayni paytda vahshiyliklar yanada avj olib, qurollangan mujiklar qirg‘iz xalqini turli bahonalar bilan qirib tashlashga harakat qilayotgani yoziladi. “Ulug‘ Turkiston”ning 1917-yil 12-avgust 22-sonida N.Yovushevning “O‘quv yo‘linda bir tavsiya” maqolasi bosilgan. Unda turkistonlik qizlarni Orenburg gubernatorligi Trilisk shahridagi Latif Yaushevning 5 yillik o‘rta maxsus qizlar maktabida o‘qitishni taklif etadi. Unda o‘qigan qizlarning kelajakda Turkiston ayollari orasida ta’lim-tarbiyaning rivojiga katta hissa qo‘shishiga ishonch bildiradi. Shuningdek, “O‘rolboy”ning “Kichkina felyeton” nomli hajviyasi ham bosilgan. Unda yangi Dumaga “Ulamo jamiyati” va “Sho‘roi Islom”dan saylangan musulmon deputatlarining o‘zaro nizolari Turkistonning taraqqiysi uchun emas, aksincha, tanazzuli uchun, ya’ni dushmanlarning g‘alabasiga olib kelishiga xizmat qilishini ta’kidlaydi. Eng qizig‘i, Dumaga hamon eski zamondagi rais rahbarlik qilayotganiga e’tibor qaratadi. Muallif “...nima uchun, axir bu holda o‘zgarishlarga ishongan xalq boshsiz qoladi-ku” deb savol qo‘yadi va keyingi qatorda “Xalqning boshi bo‘lsa, shul kimsalarni saylaydirmidi” deb o‘zi javob beradi. “O‘rolboy” muvaqqat hukumatning e’lon qilgan “hurriyat”i faqatgina qog‘ozda qolayotganiga sha’ma qiladi. “Ulug‘ Turkistonning” 23-sonida “Sodiq” “Milliy xossamizni izhor qilaylik” maqolasida o‘ta muhim onda butun Turkiston xalqini birlikka chaqirsa, “Soldat” “Milliy sarmoya kerak” maqolasida millat boylarini milliy armiya uchun sarmoya to‘plashda himmatli bo‘lishga chaqiradi. Darhaqiqat, “Ulug‘ Turkiston” Rossiyada yuzaga kelgan siyosiy-ijtimoiy vaziyatni sinchiklab kuzatib borar ekan, milliy zulm ostida ezilib kelgan Rossiya musulmonlariga o‘z mustaqilliklarini qo‘lga kiritish imkoniyatlari yuzaga kelayotganini qayta-qayta ta’kidlab turdi. Turkistonda bolsheviklar hokimiyatga kelganidan so‘ng ham gazeta o‘z maslagini o‘zgartirmaslikka intildi. Natijada, 1918-yilning noyabriga kelib, 160-sonida Sho‘rolar hukumati tomonidan to‘xtatildi.
Bahrom IRZAYEV,
tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Yüklə 35,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin