Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi


Bolalar psixologiyasiga kirish. Insonda bolalik davomiyligi muammosi



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə21/63
tarix10.09.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#63536
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   63
Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi (1)

Bolalar psixologiyasiga kirish. Insonda bolalik davomiyligi muammosi.
«Rivojlanish» deganda biz «o`sish», «tarakkiy etish» suzlaridan foydalanamiz.
O`sish- bu mikdor jixatidan ortish, ulgayishdir;
Taraqqiyot - esa fakat mikdor jixatdan emas, sifat jixatdan ham o`zgarishdir.
Taraqqiyot qanday qilib, yaxni qanday omillar taxsiri ostida yuzaga keladi?-bu masala eng muxim masaladir. Inson psixik taraqqiyotida qanday omillar - genetik (tugma) yoki orttirilgan (ijtimoiy) omillar etakchiligi muammosidir.
Bolalikning davrlarga bo`linishi va uni bo`lish mezonlari.
Bolalikning turli davrlari umumiy xarakteristikasi
Bir tomondan, bolaning uz ota-onalaridan meros sifatida o`zlashtirilgan sifatlari, M: anatomo-fiziologik xususiyatlar, miya faoliyatining o`ziga xosligi, tana to`zilishi albatta psixologik jixatdan odam bolasining muxitga moslashuvi, unga erkin harakat qilishi, jarayonlarni ongida aks ettirishga sabab bo`ladi. Chunki oddiygina anatomik anomaliya xolati (kul yoki oyokning kaltaligi) psixikaga va shaxsning jamiyatda o`zini to`tishiga salbiy taxsir ko`rsatadi. 2-tomondan, tashqi muxit taxsirini ham kamsitib bo’lmaydi. M: agar bola maxsus o`quv maskanlarida ukimasa, unga tarbiyaviy taxsirlar ko`rsatilmasa, uning rivojlanishini qanday bo`lishini tasavvur qilish qiyin emas.
Bu muammolar ustida bosh kotirgan olimlar L.Vigotskiy, J.Piaje, S.Rubinshteyn, A.Leontev ikkala omil rolini ham inkor qillmagan xolda ijtimoiy muxitning etakchi taxsiri xaqidagi fikrni baravar yoklaganlar. Chunki to`g`ri tashqill etilgan ta’lim-tarbiya, oila va undagi o`zaro munosabatlarning harakteri, shaxs mulokotda bo`ladigan ijtimoiy guruhlar u tanlagan kasb va kasbdoshlari muxiti kabi ijtimoiy omillar shaxsining rivojlanishi, uning uz-o`zini anglash va uzgalarga munosabati, bilish jarayonlari hamda intellektual taraqqiyotida katta ahamiyatga ega.5
Rivojlanishning yaqin zonasi nazariyasi.Bolaning psixik taraqqiyotida ta’lim-tarbiya xal qilluvchi rol uynaydi. Xozirgi kunda ta’lim-tarbiya bilan taraqqiyotning o`zaro munosabati masalasida bir qancha ta’limotlar mavjud:

  1. Ta’lim-tarbiya va taraqqiyot jarayonlari bir-biridan mustaqil.

  1. Ta’lim-tarbiya ayni patda taraqqiyotdir.

  1. Ta’lim-tarbiya va taraqqiyot boshka-boshka jarayonlar bo`lsada bir-biriga taxsir etadi.

Bu nazariyaning qaysi biriga kushilasiz?
Ularning kamchiligi bola psixikasi tarbiya va faoliyat jarayonida tarkib topishini paykamasligidir.
Ta’lim-tarbiya va taraqqiyotning o`ziro munosabati L.S.Vigotskiy tomonidan kuyidagicha xal etiladi:
Ta’lim-tarbiya jarayoni taraqqiyot jarayoniga mos kelmaydi. Ta’lim-tarbiya taraqqiyotdan ilgarilab ketadi va bolalar psixikasining taraqqiyotini ergashtirib boradi.
Bola psixikasining tarakkiy etishida faoliyatning roli katta. Chunki bolaning psixikasi o`yin, o`qish, mehnat jarayonida tarakkiy etadi. Shaxs aynan turli faolliklar jarayonida shakllanadi. Psixologiyada shaxs, uning ongi va uz-o`zini anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashga alokador sifatlari orkali bayon etiladi.
Faollikning 2 turi farklanadi - tashqi faollik, ichki faollik. Tashqi faollik - bevosita kurish, kayd qilish mumkin bo`lgan harakatlarimiz. Ichki faollik - fiziologik va psixik jarayonlarni – faoliyat kechishiga taxsir etuvchi omillarni uz ichiga oladi. Ikki turdagi faollik ham shaxsiy tajriba va rivojlanishning asosini tashqill etadi.
Adabiyotlar

  1. VigotskiyL.S. Sobr. soch. V 6 t. M., 1982. T. 1.

  2. G`oziev E. Psixologiya (Yosh davrlari psixologiyasi). T. 2002.

  3. Rubalko E.F. Vozrastnaya i differentsialnaya psixologiya. M. 2001.


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin