Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi (1)
Asosiy tushunchalar. Umrga oid psixologiya fani vazifalari. Ontogenez psixologiyasi fanining mavzu baxsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, oquvchilar, kattalar, erkaklar, ayollarning) (ontogenezda) tugulganidan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi xamda ozaro munosabati qonuniyatlarini organishdan iboratdir. Ontogenez psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol va hokazolar) rivojlanishining oziga xos xususiyatlarini, uning xar xil faoliyatini (oyin, oqiish, mehnat kabilar), erkak va ayolning jinsiy tafovutlarini, shuningdek, inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqiq qiladi.
Inson psixikasining rivojlanish davrlarini aniqlash, shu soxadagi malumotlarni toplash xam mazkur psixologiyaning mavzu baxsiga kiradi. Bolaning tugilishidan to voyaga yetgunicha xar tomonlama rivojlanishi, jamiyatning teng xuquqli azosi bolgunicha ulgayishi va shaxsining tarkib topishi muammolarini, bularning psixologik mexanizmlarini aniqash va sharxlash ontogenez psixologiyasi soxasining muxim jixatidir.
Xar bir fanning oz predmeti borligi singari bolalar psixologiyasining ham ozi tekshiradigan sohasi xamda tadqiqot metodlari bor.
Umumiy psixologiya psixika va uning zohir bolishi, rivojlanish qonuniyatlari haqidagi fan bolsa, yosh davri yoki ontogenez psixologiyasi turli yoshdagi insonlarning (jinslarning) psixik taraqqiyoti, psixik xususiyatlari va bularning oziga xos omillari, mezonlari hamda mexanizmlari xaqidagi fandir. Shuningdek, u muayyan yoshdagi insonlarning faqat oziga xos xususiyatlarini xam organadi. Shuning uchun ijtimoiy xayotda, talim va tarbiyada, gurueutar hamda jamoalarda, ishlab chiqarishda, oilaviy munosa- batlarda ontogenez psixologiyasi alohida orin tutadi. Inson shaxsining tarkib topishi va bilish jarayonlarining rivojlanishi muammosini shaxs psixikasining taraqqiyoti qonunlarini hisobga olmay oqillona hal qilib bolmaydi. Shuning uchun XXI asrga kelib «inson omili» masalasi dolzarb mavzuga aylandi.