Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi


Umr davrlari psixologiyasining Fan sifatida shakllanishi



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə4/63
tarix10.09.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#63536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi (1)

Umr davrlari psixologiyasining Fan sifatida shakllanishi.
P.P.Blonskiy, L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, Shtern, J.Piaje maktablari. K.Byuler va Anri Vallon nazariyalari.
Na biogenetika va na ijtimoiy genetika bolaning psixik rivojlanish manbalari va mexanizmlari haqida to‘g‘ri va to‘la tasavvur bera olmasdi. Bu vazifani pedologiya nomini olgan maxsus soha ham uddalay olmasligi ma’lum bo‘ldi.
«PEDOLOGIYA» – («paydos» – go‘dak va «logos» – fan) – bolalar haqidagi fan demaqlir.
Pedologiya mazmunan bola rivojlanishining psixologik, fiziologik va biologik konsepsiyalarining mexanik umumiyligini tashkil etadi. XIX asr oxiri va XX asr boshida paydo bo‘lgan (S.Xoll, E.Meyman, V.Preyer – G‘arbda, V.M.Bexterev, A.P.Nechaev, G.I.Rossolimo – Rossiyada) evolyusion g‘oyalarning psixologiyaga kirib kelishi bilan pedologiya XX asrning 30-yillarida bolalar haqidagi yagona fan mavqeiga da’vogarlik qila boshladi. U bolalar yoshi pedagogikasi va fiziologiyasini siqib chiqarib, bolalarni o‘rganish huquqini monopolizasiya qilib oldi.
Pedologiyaning g‘oyaviy va mexanik yo‘riqlari, uning antipsixologizmi, o‘quvchilarning «aqliy qobiliyati koeffisienti»ni asoslanmagan testlar bilan aniqlashga urinishi psixologiya va pedagogika rivojlanishiga salbiy ta’sir qildi va maktabga ko‘p zarar etkazdi.
Biroq butun pedogologiyani yalpisiga tanqid qilish bu soha olimlari erishgan ijobiy Yutuqlarni ham inkor qilishga olib keldi va butun yosh rivojlanishi muammosiga nisbatan ko‘p holda salbiy munosabat uyg‘otdi.
20-30-yillarda pedagogik psixologiya sohasida boy tadqiqot materiallarini o‘z ichiga oluvchi ko‘p ilmiy ishlar amalga oshirildi. Bu tadqiqotlar: N.K.Krupskaya (tanlangan asarlar), A.S.Makarenko-ning bola shaxsi va bolalar jamoasi bo‘yicha qarashlari tizimi (u qarovsiz qolgan bolalar uchun mo‘ljallangan bolalar kommunasi rahbari bo‘lgan), L.S.Vigotskiy va uning oliy psixik funksiyalar rivojlanishi nazariyasi. SHuningdek, psixolog olimlarning XX asr ikkinchi yarmidagi ishlari – B.G.Anan’ev, L.I.Bojovich, P.YA.Gal’pe-rin, V.V.Davidov, A.V.Zaporojes, L.V.Zankov, G.S.Kostyuk, N.A.Menchinskaya, N.F.Talizina, D.V.El’konin va ko‘plab boshqa olimlarning yosh va pedagogika psixologiyasi sohasida amalga oshirgan ishlari ham shu jumladan. Bu masala shuningdek, O‘zbekiston psixolog olimlari tomonidan ham tadqiq etilmoqda.
Ontogenez psixologiyisi ana shu vazifani xal etish bilan amaliy maqsadlarni ro’yobga chiqaradi: ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishga yordam beradi, moddiy ne’matlar ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga, millatlararo munosabatlarni yaxshilashga, shaxslararo muloqotni to’g’ri yo’naltirishga, jamoada ijobiy psixologik muxit yaratishga, uzoq, umr ko’rish sirlarini ochishga, oilaviy munosabatlarni mustaxkamlashga, ajralishlarning oldini olishga xizmat qiladi. Modomiki shunday ekan, kamolotning turli davrlarini, insonning yosh va jinsiy xususiyatlarini xisobga olmay turib, yuqoridagi vazifalarni xal kilib bo’lmaydi.
Mazkur psixologiya fanining soxasi aloxida predmet sifatida XIX asrning boshlarida vujudga kelgan, lekin dastlabki ildizi kddimgi yunon madaniyatiga borib tatsaladi. Uning predmeti va qonuniyatlari tutrisida jaxrn psixologiyasi olamida turli kdrashlar, nazariyalar mavjud. Ularning juda keng tarkdlganlari biogenetik (I.Shtern), sopiogenetik (KLevin), bixevioristik (E.Torndayk), psixoanalitik (Z.Freyd) nazariyalardir. Shuningdek, ilmiy metodlarga asoslanib tadqiqotlar olib borgan olimlar xam juda kup. Ular tutrisida keyingi saxifalarda batafsil tuxtalamiz.
Ilmiy psixologik adabiyotlar, empirik ma’lumotlar ontogenez psixologiyasining mustaqlil fan sifatida ajralib chiqishiga qator omillar va xolatlar sabab bo’lgan, degan xulosaga keldi.
Shunday qilib, ontogenez psixologiyasi fanini o’rganish ham nazariy, xam amaliy ahamiyatga ega. U xam boshqa fanlar katorida rivojlandi, bunda eksperimental biologiya va genetika, meditsina, sotsiologiya kabi fanlarning xizmati haqdaadir. Ontogenez va diffe­rentsial psixologiya fani dialekgikaning printsiplariga, oliy nerv faoliyati qonunlariga, differentsial psixofiziologiya qonuniyat- lariga, psixologlar tuplagan materiallarga tayanib, inson psixika­sining kechishi, rivojlanishi, o’zgarishi yuzasidan baxs yuritadi. Ijtimoiy turmushning barcha jabhalaridagi amaliy masalalarni xal qillishda faol ishtirok etadi.
Umr davrlari va pedagogik psixologiya aloxida fan sifatida XIX asr boshlarida vujudga kelgan. Rossiyada mazkur sohadagi tadqiqotchilar namunalari Sharq va Garb madaniyati taxsirida inson ruhiyati bilan bog`lik qator og’zaki va yozma, amaliy va ilmiy asarlarda paydo bo’la boshladi. Dastlabki pedagogik-psixologik mazmunidagi asarlar 17-18 asrlarda diniy-axloqiy tarzda yozilgan edi. 18 asrdan boshlab bolalar psixologiyasi buyicha muayyan tartibga, yunalishga va uslubga ega bo`lgan ilmiy fikrlar vujudga keldi. Jumladan, K.R.Ushinskiyning «Inson tarbiya predmeti», N.F. Kapterifning «Pedagogik psixologiya», I.A.Sikorskiyning «Bola ruhi», A.F.Lazurskiyning «Maktab ukuchisining tavsifi», P.F. Lesgaftning «Oilada bola tarbiyasi va uning ahamiyati» asarlari psixologik ilmiy tadqiqotni shakllantirishga xizmat qiladi.
I.M. Sechenov psixikaning reflektor xususiyatini kashf qilib fan olamida keskin o`zgarish yasadi. I.P.Pavlov kashf etgan qator qonuniyatlar, xossalar, 2-signallar sistemasi eksperimental ishlarni olib borishga puxta zamin xozirladi. Sechenov va Pavlov g`oyalariga P.O.Efrusi, N.E.Ribakov, K.N.Kornikov, P.P.Blonskiy, L.S. Vigotskiy va boshka olimlar umr davrlari psixologiyasi bo’yicha qimmatli tadqiqotlarni amalga oshirdilar va yangidan-yangi qonuniyatlarni yaratdilar.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida AKSh va Garbiy Evropa mamlakatlarida umr davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlarida ilmiy tadkikotlarga asoslangan kator asarlar paydo bo’ldi. Amerikalik psixolog U.Djems «O`qituvchilar bilan psixologiya to`g`risida suxbat (1902)» asarida umr davrlari davrining xususiyatlari xususidagi ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo`lgan ma’lumotlarni chuqur tahlil qilldi. K.Byuler faoliyatining har hil umr davrlari davrlardagi rolini, faoliyat turlarida fantaziya, tafakkur, nutq, jarayonlarining rivojlanishini, aqliy faoliyat hamda uning rivojlanishi bosqichlarini (instinkt, dressura, intellekt) shaxsning shakllanishida biologik va ijtimoiy omillarning ahamiyatini izchil o`rgandi. Frantsuz psixologi E.Dyurkgeym biologiyada irsiyat qanchalik ahamiyatga ega bo`lsa, taqlid ham jamiyatda shunday o`rin to`tishini uktiradi. P.Janening (frantsuz) fikricha, shaxslararo tashqi munosabatlar rivojlanishning printsipial xisoblanadi.1
O’tgan ajdodlarimiz umr davrlari psixologiyasining muammolarini izchil va atroflicha, ma’lum kontseptsiya asosida o`rganmagan bo`lsalar ham, 4 hil manbalardan - xalq ijodiyoti, muayyan shaxslarga bagishlab yozilgan o’git-nasixat va xikoyatlar, komusiy asarlar va badiiy asarlarda bu borada qimmatli fikrlar bildirgan.Abu Nasr Farobiyning «Fozil kishilar shaxri», «Falsafiy savollar va ularga javoblar», «Xikmat maxnolari», «Aql maxnolari» kabi asarlarida inson va uningt psixikasi xaqidagi axloqiy-falsafiy mushoxadalari, Abu Rayxon Beruniyning «Utmish yodgorliklar», kitobida kishilarning jismoniy tuzilishi, ularning uzun-qisqaligi to`g`risida bildirgan fikrlari diqqatga sazovordir, u uzoq yashash sababini biologik va irsiy omillar bilan boglaydi.
Ibn Sinoning 5 tomlik «Tib qonunlari» asarida organizmning to`zilishi, undagi nervlar va nerv yullari, fiziologik jarayonlar xaqida ancha muxim ma’lumotlar bor. Uning «odob xaqida» risolasi ham inson shaxsini shakllantirish to`g`risidagi jiddiy asardir.
Yusuf Xos Xojibning «Kutadg`u bilik» asaridagi bosh masalalardan biri - komil insonni tarbiyalashdir.
Davoniy o`zining «Axloqiy Jaloliy» asarida inson o`zining aqliy qobiliyati va istexdodini tarbiyalashi kerakligi, buning uchun bilimlarni egallashi lozimligini takidlaydi.
A.Navoiyning barcha asarlarida yetuk, barkamol insonning axloqi, ma’naviyati, odamlarga munosabati, istedodi va qobiliyati to`g`risida qimmatli fikrlar yuritilgan.
Yuqoridagi allomalardan tashqari Bobur, Farogiy, Majlisiy, Nodira, Uvaysiy, Muqimiy, Hamza, Avloniylarning umr davrlarilar tarbiyasiga axloq-odob, fxl-atvor, oilaviy xayot masalalariga, shaxslararo munosabatlarga doir qarashlari turli janrlardagi asarlarida bayon etilgan.



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin