Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi


Biogenetik, sotsiogenetik va psixogenetik nazariyalarga tanqidiy yondashuv



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə14/63
tarix10.09.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#63536
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63
Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi (1)

Biogenetik, sotsiogenetik va psixogenetik nazariyalarga tanqidiy yondashuv.
XIX asroxiri XX aerboshlarida Garbiy Evropa mamlakatlari va AK,Shda ontogenez psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlarida ilmiy tadqitsotlarga asoslangan kdtor asarlar paydo bo’ldi. Amerikalik psixolog U.Jems "Uqituvchilar bilan psixo­logiya to’g’risida sutbat" (1902) asarida yosh davrining xususiyatlari haqidagi ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan ma’lumotlarni chukur tahlil qilldi. K.Byuler xonim (1879—1963) o’zining ilmiy tadqiqotlarida faoliyatning xar xil yosh davrlaridagi rolini, faoliyat turlarida fantaziya, tafakkur, nutq; jarayonlarining rivojlanishini, aqliy faoliyat hamda uningrinojlanish bosqichlari (insti!peg, dressura, i1ggellekt)ni, shaxsning shakllanishida biologik va ijtimoiy omillarning axamiyatini izchil o’rgandi.
Mazkur sohada tubdan farqlanuvchi goyalar, nazariyalar yuzaga keldi. Masalan, amerikalik psixolog S.Xoll (1844—1924) Gekkelning evolutsiya qonuniyatini psixologiyaga bevosita kuchiradi. Uning fikricha, "irsiyat" filogenezni ontogenezda takrorlaydi, xolos. Shveytsariyalik psixolog E.Klaparsd (1873—1940) S.Xolldan farqli ularok,, ontogenez va filogenezda psixik funktsiyaning usishini o’rganish uchun kuyidagi holatlarga e’tibor beradi: a) organizm exgiyojini krndirish; b) reflektor harakat tusiqda duch kelsa, ongli Xarakat vujudga keladi; v) unga nisbatan extiyoj ss na, u holda ma’lum faoliyat turiga yo’naltiriladi. E.Klaparsd "Bola psixologiyasi va eksperimental pedagogika" kitobida qiziqish, motiv, extiyojlarning metodologik asoslari, bolalar tafakkuriniig xususiyatlari rivojlanish qonuniyatlari, ularda dastlabki umumlashtirishning konkretligi (aralash xrlatdalshi), uxshashlik va farqlanishi bola ongida aks etishi to’g’risida mulohaza yuritadi.
4 - MA’RUZA- Инсон психик тараққиётини тушунтиришга асосий назарий ёндашувлар
Классик ассоцианизм (Дж. Локк) тараққиётда муҳит ва тажрибанинг роли ҳақида. Бихевиоризм ва необихевиоризмда тараққиёт муаммоси (Д. Уотсон, Э. Торндайк, К. Халл, Б. Скиннер). Ўргатиш ва тараққиёт назариялари. Ижтимоий ўргатиш назарияси(А. Бандура, Р. Уолтерс). Конвергенция назарияси (В.Штерн). Тараққиётни тушунтиришда психодинамик назариялар. Психоанализ ва тараққиёт назариялари (З.Фрейд). Етишмовчилик комплекси ва социал ҳисиёт тараққиётни ҳаракатлантирувчи куч сифатида. Сиблинг мақоми ва тараққиёт хусусиятлари (А.Адлер). Шахс тараққиёти муаммолари К.Юнг, Э.Фромм, К.Хорни талқинида. Болалик психоанализи (М. Клейн, А. Фрейд, Д. Винникот, М. Малер). Шахс тараққиётини тушунтиришда эпигенетик концепция (Э.Эриксон). Шахс психосоциал ривожланиш босқичлари.

Frantsuz psixologi E.Dyurkgeym (1858—1917) Usish — kishilarning his-tuygusini uzlashtirish ekanini, shu boisdan, idrok qilingan tashqi fikrlar va emotsiyalar bolaning ruhiy faoliyatini ifodalashini, bola tajriba, an’ana, urf-odatlarni taqlid orqali egallashini, biologiyada irsiyat qanchalik axamiyatli bo’lsa, taqlid ham jamiyatda shunday urin tugishini uktiradi. E.Dyurkgeymning fikricha, bola taqlid qilish qobiliyati bilan tugiladi.


Frantsuz psixologi P.Jane (1857—1947) psixik rivojlanishning biologik va ijtimoiy munosabatlar muammosi bilan shugullandi.
Uning nazariyasiga binoan inson psixikasi ijtimoiy muno- sabatlarga boglik, zotan jamiyat va tabiat o’rtasidagi turli aloqalar tizimining shakllanishi insonning o’sishini belgilaydi. U aloqa deb, xatti-harakatni tushunadi. Bu esa kishining atrof-muhitga shaxsiy munosabatidan boshqa narsa emas, albatta. P.Janening fikri­cha, eng k,immatli, axdmiyatli, ijtimoiy harakat tamkorlikdagi faoliyatda uz ifodasini topadi, shaxslararo tashki munosabatlar rivojlanishning printsipi hisoblanadi. P.Jane uz tadqiqotlarida psixikaning to’rt darajasi: a) harakat reaksiyasining usishi; b) idrok k;ilish harakatining usishi; v) shaxsiy-ijtimoiy x,arakatning usishi (o’zining xdrakatini boshqa kishilarga moslashtirish); g) aqliy sodda xatti-xdrakatning usishi (nutk,va tafakkurning rivojlanishi) mavjud ekanligini asoslagan.
Shveytsariyalik psixolog J.Piaje (1896—1980) insonning kamol topishini bir necha davrlarga ajratib o’rganishni tavsiya qiladi:
Bola — tashqi muhit - ma’lumotlarni qayta ishlash.
Tafakkur: a) ijtimoiy davrgacha; b) ijtimoiy davr.
Intellekt (aql): a) sensomotor — 2 yoshgacha; b) operatsional davr — 2— 7(8) yoshgacha; v) yaqqol operatsiya davri — 7(8) —11(12) yoshgacha; g) rasman (formal) operatsiya davri — I (12) —15 yoshgacha.
AQSh lik psixolog J.Bruner shaxsning tarkib topishi bilan ta’lim o’rtasida ikkiyoqlama aloqa mavjudligini aytib, insonning kamolot sari intilishi bilim olish samaradorligini oshirsa, o’qitishning takomillashuvi uning ijtimoiylashuvi jarayonini o’zlashtiradi, deb uqtiradi.
Shu tarifa ontogenez psixologiyasi fani qator rivojlanish bosqichlaridan birii». bugungi darajasiga erishdi. Uning rivojlanishiti o’rta asr allomalari, yaqin va uzoq chet ellar psixologlari munosib hissa qo’shdilar.3
Psixologiya fanida ontogenezni davrlarga tabaqalash bo’yicha mustaqil nazariyalar mavjud, ular inson shaxsini tadqiq qilib har xil nazardan yondashadi va muammoning mohiyatini turlicha yoritadi. Ularga biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixoanalitik, bixevioristik nazariyalarni kiritish mumkin.
Quyida mazkur nazariyalar va ularning ayrim namoyandalari ifodalagan yosh davrlarini tabaqlash o’rinlarinii kurib chiqamiz.
Biogenetik nazariyada insonning biologik egilishi bosh omil siifatida qabul qilingan, krlgan jarayonlarning rivojlanishi ixtiyoriy bo’lib, ana shu omil bilan o’zaro bog’liqdir. Mazkur nazariyaga binoan, rivojlantirishning bosh maqsadi biologik determinantlarga (aniqovchilarga) qaratiladi va ulardan ijtimoiy- psixologik xususiyatlar kelib chiqadi.
Rivojlanish jarayoniningo’zi, dastavval biologik etilishning universal bosqichi sifatida talqin qilinadi.
Biogenetik qonunni F.Myuller va E.Gekkel kashf qilgan. Biogenetik qonun tana a’zolarining rivojlanishi nazariyasini tashviq, qilishda hamda antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol o’ynagan. Biroq,unda tana a’zolarining individual va tarixiy rivojlanishi munosabatlarini tushuntirishda qo’pol xatolarga yo’l qo’yilgan. Jumladan, biogenetik qonunga ko’ra, shaxs psixologiyasining individual rivojlanishi (ontogenez) butun insoniyatning tarixiy rivojining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi.
Nemis psixologi V.Shternning fikricha, chaqlloq yangi tugilgan bola hali odam xisoblanmaydi, balki faqat sut emizuvchi hayvondir; olti oylikdan oshgach, u psixik rivoji jitatidan shakli maymunlar darajasiga tenglashadi, ikki yoshida oddiy odam holiga keladi, besh yoshlarida ibtidoiy gala xolidagi odamlar darajasiga yetadi, maktabga kirganidan boshlab ibtidoiy davrni boshidan kechiradi, kichik maktab yoshida uning ongi o’rta asr kishilari darajasiga, yetuklik davri (16—18 yoshlari)dagina xozirgi zamon kishilarining madaniy darajasiga erishadi.
S.Xoll "rekapitulyatsiya qonuni"ni (filogenezni qisqacha takrorlashni) psixologik usishning bosh qonuni deb hisoblaydi. Uning fikricha, ontogenez filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi. Olimning talqinicha, gudaklik xayvonlarga xos rivojlanish pallasidan boshqa narsa emas. Bolalik esa asosiy mashg’uloti ovchilik va baliqchilik bo’lgan qadimgi kishilarning davriga aynan mos keladi. 8—12 yoshlardagi usish davri yovvoyilikning oxiri va sivilizatsiyaning boshlanishidagi kamolotga tengdir. Uspirinlik esa jinsiy etilishdan (12—13 yoshdan) boshlanib etuklik davrigacha (22—25 yoshgacha) davom etib, romantizmga barobardir. S.Xollning talqinicha, bu davrlar "bo’ron va tazyiqlar", ichki va tashqi nizolar (ziddiyatlar)dan iborat bo’lib, odamda "individuadlik tuygusi" vujudga keladi. Yosh davrlarini tabaqalashning bu turi o’z navbatida tanqidiy mulohazalar manbai vazifasini o’taydi, chunki inson zotidagi rivojlanish bosqichlari filogenezni aynan takrorlamaydi va takrorlashi ham mumkin emas.
Biogenetik kontseptsiyaning boshqa bir turi nemis "konstitutsion psixologiyasi" (insonning tana tuzilishiga asoslangan nazariya) namoyandalari tomonidan ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs (psixologiyasi) tipologiyasining negiziga bir qancha biologik omillarni (masalan, tana tuzilishining tipi va boshqalarni) kiritib, insonning jismoniy tipi bilan usishining xususiyati o’rtasida uzviy bog’liqlik mavjud, deb taxmin qiladi. E.Krechmer odamlarni ikkita katta toifaga: sikloid (tez qo’zgaluvchi, his- tuygusi o’ta beqaror) va shizoid (odamovi, munosabatga qiyin kirishuvchi, his-tuygusi cheklangan)larga ajratadi. Bu taxminini yosh davrlari xususiyatlariga ham tatbik etib, usmirlar sikloid xususiyatli, uspirinlar esa shizoid xususiyatliligini ta’kidlaydi. Lekin insonning kamol topishida biologik shartlangan sifatlar hamisha yetakchi va hal tsiluvchi rol uynay olmaydi, chunki shaxsning individual-tipologik xususiyatlari bir-biriga aynan mos tushmaydi.
Biogenetik nazariyaning namoyandalari amerikalik psixologlar L.Gezell va S.Xoll rivojlanishning biologik modeliga tayanib ish ko’radilar, bu tanada muvozanat, integratsiya va yangilanish sikllari o’zaro almashinib turadi, degan xulosaga keladilar.
Psixologiyada biologizmning eng yqqol ko’rinishi Zigmund Freydning shaxs talqinida o’z ifodasini topgan. Uning ta’limotiga binoan shaxsning barcha xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar va instinktlardan kelib chiqadi, birinchi navbatda jinsiy (seksual) maylga bogliqdir. Bunday biolo­gizatorlik omillari inson xulqini belgilovchi birdan-bir mezon yoki betkror turtki ro’lini bajara olmaydi.
Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi kurinishi sotsiogenetik nazariyadir. Bu nazariyada shaxsda ruy beradigan o’zgarishlarni jamiyatning tuzilishi, ijtimoiylashish (sotsializatsiya) usullari, atrofdagi odamlar bilan o’zaro munosabat vositalari asosida tushuntiriladi Ijtimoiylashish nazariyasiga kura, inson biologik tur sifatida tugulib, hayotdagi ijtimoiy shart-sharoitlarning bevosita ta’siri ostida shaxsga aylanadi.
G’arbning eng muhim nazariyalaridan biri - rollar nazariyasidir. Bu nazariyaga kura, jamiyat o’zining har bir a’zosiga status (xaq- xuquq) deb nomlangan xatti-xarakatning barkaror usullari majmuasini yaratadi. Inson ijtimoiy muxitda bajarishi shart bo’lgan maxsus rollar uning xulk,-atvorida, boshqalar bilan munosabatida sezilarli iz qoldiradi.
AK,Shda individual tajriba va bilimlarni uzlashtirish (ko’nikish) nazariyasi keng tarqalgan. Mazkur nazariyaga binoan, shaxsning tayoti va voqelikka munosabati, ko’nikmalarni egallashi va bilimlarni o’zlashtirishi qo’zgatuvchining barkqarorligiga bog’liqlir.
K.Levin tafsiya qilgan "fazoviy zarurat maydoni" nazariyasi uz davrida muxim ahamiyat kasb etgan. K.Levin nazariyasiga kura, shaxsning xulqi (xatti-tarakati) psixologik kuch vazifasini o’tovchi ishtiyoq, (intilish), maqsad (niyat) bilan boshqarilib turadi, bu kuchlar fazoviy zarurat maydonining ko’lamida tayanch nuqtasiga yo’nalgan bo’ladi.
Yuqorida ifodalangan har bir nazariya shaxsning ijtimoiy xulqini o’zgalar uchun yopiq,yoki maxfiy muhitning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tushuntiradi, bunda u odam xohishi yoki xohlaamasligidan qatiy nazar, mazkur sharoitga moslashmogi (ko’nikmog’i) zarur, degan qoidaga amal qiladi.
Bizningcha, barcha nazariyalarda inson xayotining ijtimoiy- tarixiy, ob’ektiv shart-sharoitlari mutlaqo etiborga olinmagan.
Psixologiyada psixogenetik yondashish ham mavjud bo’lib, u biogenetik va sotsiogenetik omillarning qiymatini kamsitmaydi, balki psixik jarayonlarning rivojlanishini birinchi darajali ahamiyatga ega deb xisoblaydi. Mazkur yondashishni uchta mustaqil yunalishga ajratib tahlil qilish mumkin va bu yunalishlar o’z« mohiyati, kechishi va maxsuli jihatidan keskin farqlanadi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin