Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi


AKShda individual tajriba va bilimlarni o`zlashtirish nazariyasi keng tarkalgan



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə12/63
tarix10.09.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#63536
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   63
Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi (1)

AKShda individual tajriba va bilimlarni o`zlashtirish nazariyasi keng tarkalgan.


Bu nazariyalarda inson xayotining ijtimoiy tarixiy, ob’ektiv shart-sharoitlari e’tiborga olinmagan.
Psixogenetik nazariya –psixik jarayonlarning rivojlanishini 1-darajali ahamiyatga ega deb xisoblaydi.
Kognitivistik yunalish-J.Piaje, Dj.Kelli- aql idrok funktsiyalari hamda uning davrlari xaqidagi ta’limot.
o’rganmagan bo’lsalar xam, allomalarning asarlarida mazkur xislatlarning aks etishi, namoyon bo’lishi, rivojlanishi vao’zgarishlari to’g’risida kimmatli fikrlar bildirilgan. Bular turt xil manbalarda uchraydi. Ularning biri — xalk; ijodiyoti: rivoyatlar, matallar va masallar; ikkinchisi — maxsus ijodkor kishilar (hatto Xukmdorlar) muayyan shaxsga bagishlab yozgan ugit-nasixat va xikoyatlar; uchinchisi — qomusiy, O’rta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy-nazarny qarashlari; to’rtinchisi — turli davrlarda ijod qilgan shoir va yozuvchilar ijodining mahsullari, ya’ni badiiy asarlardir.
Abu Nasr Forobiyning inson va uning psixikasi haqidagi axloqiy-falsafiy mushohadalari "Fozil odamlar shahri", "Masalalar motiyati", "Falsafiy savollar va ularga javoblar", "Jism va aktsidentsiyalarning shakllariga qarab bo’linishi", "Sharxlardan", "Xikmat ma’nolari", "Aql ma’nolari to’g’risida" kabi kator asarlarida bayon etilgan. Abu Rayxrn Beruniy o’zining "Utmish yodgorliklari" kitobida inson xayotiga doyr xilma-xil ma’lumotlarni keltiradi. Shu jumladan, olim kishilarning jismoniy tuzilishi, umrlarining uzun-qisqaligi to’g’risida bildirgan mulohazalar diqqatga sazovordir. Beruniy odam uzok, vaqt yashashining sababini biologik va irsiy omillar bilan boglaydi. Bu jixatdan uning "Xindiston", "Mineralogiya" asarlari, Ibn Sino bilan yozishmalari alohida axamiyatga ega.
Ibn Sinoning 5 tomlik "Tib qonunlari" asarida organizmning tuzilishi, undagi nervlar va nerv yo’llari, fiziologik jarayonlar bilan boglik, psixik jarayonlar xaqida ancha muhim ma’lumotlar bor. Uning "Odob haqida" risolasi ham inson shaxsini shakllantirish to’g’risidagi jiddiy asardir. Ibn Sinoning fan oldida eng muhim vazifasi psixoterapiyani ilmiy-amaliy jihatdan boyitganidir Muallif pedagogik psixologiya, ontogenez psixologiyasi, umumiy, ijtimoiy psixologiyaga munosib hissa kushgan olimdir. Faxr bilan ta’kidlash joizki, Ibn Sino neyropsixologiyasi faniining asoschisidir.
Yusuf Xos Xojibning "Qutadg’ubilig" asaridagi bosh masalalardan biri komil insonni tarbiyalashdir. Adib o’z asarida insonning usha davrdagi talablariga javob bera oladigan isonni qanday tasavvur qillgan bo’lsa, shu asosda o’z prinsiplarini yaratgan. A.Jomiyning"Baxoriston", "Xiradnomai Iskandariy", Tuhfagul ahror", "Silsilatuz zahob" va boshqa asarlarida ilm- manrifat, ta’lim-tarbiya, kasb-xunar o’rganish, yaxshi xislatlar va odoblilik haqidagi fikrlar ifodalangan.
Danoniy O’zining "Axlotsi Jaloliy" nomli asarida insoniy fazilatmi to’rtga bo’ladi va bular donolik, adolat, shijoat va farosat ayniqsa donolik fazilatini chukur taxlil kiladi. Uningcha, inson o’zining aqliy qobiliyati va aqliy iste’dodini shakllantirish uchun zukko, zexnli, fahm-farosatli bo’lishi va bilimlarni tez egallashi lozim.
A.Navoiyning "Xazoyinul maoniy", "Mahbubul qulub" va boshqa asarlarida yetuk, barkamol insonning axloq, ma’naviyati, odamlarga munosabati, iste’dodi va qobiliyati to’g’risida kimmatli muloxazalar yuritilgan. Ana shu psixologik kategoriyalar ijtimoiy adolat karor topishi uchun muhim atamiyatga ega ekani ta’kidlangan. Shuningdek, Navoiy asarlarida shaxsning kamol topishida ota-onaning roli, ayollarning iffatliligi, insonlarning kamtarligi masalalari alohida urin egallaydi. Navoiy "Xamsa"sining tar bir dostonida bukillmas iroda, irodaviy sifatlar, qat’iyatlilik, shijoat, insonparvarlik tuyg’ulari, ijodiy xayolot, insonning murakkab ichki kechinmalari mohirona yoritilgan.
A.Navoiy tasavvufning yirik namoyandalaridan biri bo’lgan. Alloma aqlning 28 tarkibini taxlil, talqin, tavsif qilgan.
Yuqoridagilardan tashkari, Bobur, Farogiy, Majlisiy, Mashrab, Gulxaniy, Nodira, Uvaysiy, Mutsimiy, Furqat, Bedil, Zavqiy, Xamza, Avloniy va boshqalarning yoshlar tarbiyasiga, axloq,-odob, fe’l-atvor, oilaviy hayot masalalariga, shaxslararo munosabatlarga doir karashlari ham turli janrlardagi asarlarda ravon va ixcham bayon kilib berilgan.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin