Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi


Kuzatish metodi va uning sxemasi



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə8/63
tarix10.09.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#63536
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63
Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi (1)

Kuzatish metodi va uning sxemasi.
Kuzatish metodi. Ontogenez psixologiyasida bu metodning ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (o’zini o’zi) kuzatish turlari bor. Inson psixikasidagi o’zgarishlarni har xil vaziyatlarda kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: I) kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; 2) kuzatiladigan ob’ekt tanlanadi; 3) sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniqlanadi; 4) tadqiqot o’tkazish vaqti rejalashtiriladi; 5) kuzatish qancha vaqt davom etishi qatiylashtiriladi; 6) kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o’yin, o’qish, mehnat, sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi; 7) kuzatishning shakli (yakka, gurux, jamoa bilan o’tkazilishi) tayinlanadi; 8) kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari (kundalik, sutbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitofon, videomagnitofon, kinokamera, mobil telefon na boshqalar) taxt qilinadi.
Kuzatish orqali turli sohadagi odamlarning diqqati, his-tuyg’ulari, nerv sistemasining tashkil ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, xulq-atvori, nutq, faoliyati va xokazolari o’rganiladi. Ammo o’ta murakkab ichki psixologik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql-zakovatni tadqiq, etishga bu metodning imkoni yetmaydi. Masalan, go’dak bolani kuzatishda uning harakatlari, o’yinchoqlarga munosabati, xis-tuygusi, talpinishi, mayli, xohishi aniqlanadi. O’quvchining darsdagi holatini kuzatishda esa diqqatining xususiyati, tashqi qo’zg’atuvchi bilan ta’sirlanishi, temperamenti, hatti-harakatining sur’ati, emotsional kechinmasining o’zgarishi to’g’risida ma’lumotlar to’plashga imkoniyat yaratiladi. O’spirin yoshlarning sport faoliyatini kuzatish orqali ularning irodasi, ishchanligi, xis-tuyg’usining o’zgarish xususiyatlari, g’alabaga intilishi, o’zining xarakatini idora qila olishi yuzasidan materiallar yig’ish mumkin. Ishchining dastgox yonidagi faoliyatini kuzatish natijasida uninguz diqqatini taqsimlashi, Kiyin damlarda o’zini tutishi, imo-ishoralari, tashqi qo’zg’atuvchidan ta’sirlanish darajasi haqida keng ma’lumotlar yig’iladi. Keksalarning muloqot jarayonini kuzatish ularning xarakteri, nutq faoliyati, his-tuygusi, ekstravertivligi yoki introvertligi, qiziquvchanligi va ruxiyatining boshqa xususiyatlarini aniqlash demakdir.
Tashki kuzatishda ba’zan tafakkur bo’yicha xam ma’lumotlar olish ish ustidagi kayfiyatini, fikrning muayyan ob’ektga yo’naltirilganini, tashqi qo’zg’atuvchilar ta’siriga berilmaslikni, chexradagi tashvish va iztirobni, ko’zdagi gayritabiiylikni, shuningdek, sinchkovlik, teranlik, termulish kabi ruxiy xolatlarni kuzatib, tafakkurning kechishidagi o’zgarishni aniqash mumkin. Bulardan tashqari, qo’lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi, xissiyotning beqarorlashuvi xam inson ruxiyatidagi o’zgarishlar bo’yicha ma’lumot beradi.
Psixologiya fanida o’zini o’zi kuzatishdan (introspektsiyadan) ham foydalaniladi. Ko’pincha tajribali psixolog yoki o’rta, maxsus o’rta va oliy ta’lim tizimidagi yuqori malakali moxir o’qituvchi o’zini o’zi kuzatish orqali ilmiy xulosa chiqara biladi. Masalan, o’z tafakkurini kuzatib o’zidagi emotsional o’zgarish haqida, shuningdek, tafakkurning ichki mexanizmlari vujudga kelishi haqida ma’lumot oladi. Fikrlash faoliyati zaiflashganini sezadi. Natijada uning sifati, mazmumi, mohiyati va qay tarzda, qanday tashkiliy shaklda ro’y berishini kuzatadi.
Uzoq va muqim psixologiyasida o’zini o’zi kuzatishning inson o’zligini va kishilik rolini ifodalovchi ilmiy-amaliy materiallardir. Introspektsiya yo’nalishining yirik namoyandalari o’zini o’zi kuzatganlar va to’plagan materiallarini tashkil qilib umumiy psixologik qonuniyatlarni yaratishga harakat qilishgan. Lekin inson turli vaziyatlarda o’zini bir xil boshqara olmasligi uchun bu metodning ilmiy ahamiyati unchalik katta emas lekin hozirgi zamon elektron apparatlari bu jarayonni kuchaytirish imkoniyatiga ega.
Shunday qillib, kuzatish metodining qulay va samarali jihatlari bilan birga zaif tomonlari ham mavjud. Shu sababli insonning murakkab psixikasi boshqa metodlardan foydalanib tadqiq qillinadi.
Sutbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasini o’rganishda suxbatning maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning ob’ekti va subekti tanlanadi, mavzusi, o’tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o’tkazish rejalashtiriladi, o’rganilayotgan narsa bilan uzviy bog’liqk savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o’zgarishlarni o’rganishdir. Suhbat orqali turli yoshdagi odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atvori, qiziqishi, bilim saviyasi, e’tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to’g’risida ma’lumotlar olinadi,
Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi. Inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida bu metod ontogenez psixologiyasida keng qo’llanadi. Bolalar chizgan rasmlar, yasagan o’yinchoqlar, modellar, yozgan she’rlarni tahlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, texnik, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli yuzasidan materiallar to’plash mumkin. Mazkur metoddan foydalanishda maxsulotni yaratgan shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Ob’ekt bilan sub’ekt o’rtasida muloqot o’rnatish uchun shaxsning psixikasi to’g’risida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Ijodiy faoliyat maxsullariga kundalik, sxema, ixtiro, diafamma, kashfiyot, qurilma, asbob, texnik model, moslama, milliy kashtachilik, hunarmandchilik, zargarlik buyumlari, referat, kurs va malakaviy bitiruv ishlari, ilmiy ma’ruza, konspekt, taqriz, tezis, malaka, ko’rsatmali qurollar, loyiha, magistrlik, nomzodlik, doktorlik dissertatsiyallarilar kiradi. Bular turli yoshdagi va jinsdagi odamlar, har chiqib egalari tomonidan yaratilgan bo’lishi va shunga ko’ra majmuini, sifati, originalligi, katta- kichikligi, xususiyati, mazmun-mohiyati bilan bir-biridan keskin tafovut qilish mumkin.
Ijod faoliyati mahsullarini tahlil qilish orqali bolalar, o’qituvchillar, talabalar, konstruktorlar, olimlar, hunarmandlar, ishchiladir,yoshdagi tafsiyalar psixik xususiyatlari, mahorati hususida ma’lumotlar to’plash mumkin. Lekin insonnig psixik o’zgarishlar, kamol topish va bularning kechishni ifodolovchi materiallar yig’ish uchun bu metodning o’zi yetmaydi. Shunish uchun inson psixikasini o’rganish maqsadida boshqa metodlardan ham foydalanish ma’qul.
Test metodi. Test — inglizcha so’z bo’lib, sinash, tekshirish, demakdir. Shaxsning aqliy o’sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlari tekshirishda qo’lanadigan qisqa standart masala, topshiriq, misol, jumboqli test deb ataladi. Test, ayniqsa, odamning qanday kasbni egallashi mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, iste’dodlilar va aqli zaiflarni aniqlashda, kishilarni saralashda keng qo’llanadi. Test metodining qimmati tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga, yig’ilgan psixologik ma’lumotlarning ob’ektivligi va ularni ilmiylashganligi kabi bilishga bog’liqdir.
1905 yildan, ya’ni frantsuz psixologi A.Bine va uning shogirdi T.Simon insonning aqliy o’sish va iste’dod darajalarini o’lchash imkoniyati borligi g’oyasini olg’a surganidan keyin psixologiyada test metodi qo’llana boshlandi.
Chet el psixologlari testlarni shaxsning iste’dod darajasini aniqlash vositasi deb biladilar. Biroq test tekshirilayotgan hodisalarning psixologik mezoni xisoblanmaydi. Malumki, bir muammoning yechimini izlash turli psixologik vositalar bilan amalga oshiriladi. Chet el testologlari tadqiqot ob’ektlarini o’zgartirib turadilar va qobiliyat, tafakkur, bilim, ko’nikma xamda malakalarni aralash holda o’rganishga intiladilar. Sinash jarayonida sinaluvchilarning emotsional xolati va salomatligiga bog’lik uzviy kechinmalarni inobatga olmaydilar. Psixologlar K.M.Gursvich, V.A.Krutetskiy va boshqalar qo’llaydigan testlar tubdan printsip asosida tuzilgan. Ular testlarning tafakkur ko’rsatkichi (indikatori) ulishi uchun harakat qildilar va muayyan yutuqlarga erishdilar. Shuningdek, tafakkur jarayonining sifat xususiyatlarini bilmay turib, qobiliyatning mohiyatini yoritib bo’lmaydi, degan qoidaga amal qilgan holda testlardan foydalanmoqdalar.
Hozirgi davrda testaloglar qatoriga psixologlardan G.Rorshax, S.Rozentsveyg, R.Kettell, D.Veksler, G.Meyli, G.Ayzenk, A.Anastazi, J.Raven, G.Myurrey, M.Rokich, J.Rotter, M.Lyusher, J.Gilford va boshqalar ijodining namunalarini kiritish mumkin. Eng keng tarqalgan testlar katoriga maqsadga yetish testlari (ular darsliklarda berilgan va bilim, malaka darajalarini aniqlashga qaratilgan), intellekt testlari (aqliy rivojlanish darajasini ulchashga muljallangan), shaxs teetlari (inson irodasi, emotsiyasi, k,izik,ishi, motivatsiyasi va xulk,ini bax,olashga yunaltirilgan diagnostik usullardan iboratdir), shaxs "loyihasi" (proektiv) testlari (savollarga bitta aniq javob berish talab qilinadi, javoblarni taxlil qilib shaxs xususiyatining "loyixasi" ishlab chiqiladi) kiradi.2
Bizningcha, testlarni quyidagi guruxlarga ajratish maqsadga muvofiq,:
natijaga erishuv testlari (bilimlar, ko’nikma va malakalar aniqanadi; ular harakat, yozma va ogzaki testlarga bo’linadi);
intellekt testlari;
kreativlik (ijodiyot) testlari;
kriterial—orientir testlari (mezoniy mo’ljalga yo’naltirilgan);
shaxs testlari;
iste’dod (qobiliyat) testlari;
proektiv testlar (sujetli testlar, rasm teetlari, chizilgan va chizish talab qilinadigan testlar);
kognitiv testlar.
Psixologiya fanida testlashtirish mana bu ijtimoiy tuzilmalarga yunaltiriladi: a) uzluksiz ta’lim tizimiga; b) kasbiy tayyorlash va saralashga; v) keng kulamli psixologik maslahatga.
Tajriba (eksperiment) metodi. Bu metod turli yoshdagi odamlar (chaqaloq,, bola, uspirin, balogatga etgan va boshqalar)ning psixikasini chuqurroq,, anikroq tadqiq, qilish metodlari ichida eng muhimi hisoblanadi. Eksperiment metodi yordamida sun’iy tushunchalarning shakllanishi, nutqning usishi, favquloddagi holatdan chiqish, muammoli vaziyatni hal qillish jarayonlari, shaxsning xis-tuygulari. harakteri vatipologik xususiyatlari o’rganiladi. Shaxs psixikasining nozik ichki boglanishlari, munosabatlari, qonunlari, xossalari, murakkab mexanizmlari tekshiriladi. Buning uchun eksperiment materiallari sinchkovlik bilan tanlashi, ob’ekt tanlashi, hona va sharoitlar yaratish, bunda sinaluvchining yoshi, ,jinsi. iidrok i, harakteri, xususiyati, his-tuyg’usi, qiziqishi va turmush tajribasiga, kunikma va malakalariga e’tibor berish lozim.
Eksperiment metodi o’z navbatida tabiiy va laboratoriya metoddariga i ajratiladi. Tabiiy metod psixologik-pedagogik masalalarni hal qillishda qo’llaniladi. Bu metodning ilmiy asoslarini 1910yilda A F.Lazurskiy ta’riflagan. Tabiiy metoddan foydalanishda ishlab chiqarish jamoalari a’zolarining, ilmiy muassasalar xodimlarining, o’qituvchilar, keksaygan kishilarning psixologik o’zgarishlari, o’zaro munosabatlari, ish qobiliyatlari, mutaxassislikka yaroqliligi muammolari nazarda tutiladi. Tabiiy sharoitda inson psixikasini o’rganishda sinaluvchilar (bogcha bolalari, maktab o’quvchilari, ishchilar, xodimlar va hokazolar)ning uzlari bexabar bo’lishi, ta’lim jarayonida berilayotgan bilimlar tadqiqot maqsadiga muvofikdashtirilishi, katta yoshdagi odamlarga tarbiyaviy ta’sir utkazish kundalik mehnat tarzi doirasida amalga oshirilishi, zavod va fabrikada esa moddiy mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilishi lozim.
Laboratoriya (klinika) metodi kupincha individual (goho guruh va jamoa) shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yo’l-yo’riqlar, tavsiyalar, kursatma va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Xrzir inson psixikasidagi o’zgarishlarni aniqaydigan asboblar, murakkab elektron x,isoblash mashinalari (displeylar), kurilmalar, moslama va jihozlar mavjud. Ular odamdagi psixologik jarayonlar, xislatlar, funktsiyalar, vujudga kelayotgan yangi sifatlarni qayd qilish va ulchashda qo’llanadi. Kupincha detektorlar, elektron va radio ulchagichlar, sekundomer, refleksometr, xronorefleksometr, luksmetr, anomaloskop, taxistoskop, audiometr, esteziometr, elektromiogramma, elektroentse­falogramma kabilardan foydalaniladi.
Laboratoriya metodi yordami bilan diqqatning sifatlari, sezgi, idrok, xotira va tafakkurning xususiyatlari emotsional hamda irodaviy va aqliy zo’riqish singarn murakkab psixik holatlar tekshiriladi. Ko’pincha laboratoriya sharoitida kishilar (uchuvchi, shofer, operator, elektron) va kutilmagan tasodifiy prinsiplar (halokat, portlash, izdan chiqish, shovqin ko’tarilishi)ning modellari yaratiladi. Asboblarning kursatishi buyicha o’zgarishlar, rivojlanish dinamikasi, jismoniy va aqliy toliqish, emotsional- irodaviy, asabiy zuriqish, jiddiylik, tanglik qanday sodir bo’layotganini ifodalovchi ma’lumotlar olinadi.
Tajriba aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalovchi) va tekshirish (nazorat) qismlariga bo’linadi. Tajribaning aniqovchi qismida psixik xususiyat, jarayon yoki holat uyin, mexnat, o’qish kabi faoliyatlarda tadqiq, qilinadi. Tadqikot ob’ektining aynan shu paytdagi holati, imkoniyati aniqlanadi, lekin tekshiruvchi sinaluvchiga sub’ektiv ta’sir o’tkazmaydi. Shu pallada sinaluvchiga xatto, yullovchi savollar bilan xam yordam bermaslik tajribaning printsipi hisoblanadi.
Tarkib toptiruvchi tajribada sinaluvchilarda biror fazilatni shakllantirish, shuningdek, ularga maqsadga muvofik, muayyan malakani, yul-yuriq va usulni o’rgatish rejalashtiriladi. Tajriba yakka, gurux va jamoa tarzida utkazilishi mumkin. Buning uchun tajriba materialining xajmi, kulami, ko’pincha vaqtga muljallanganligi, nimalar o’rgatilishi, sinaluvchilarni psixologik jixatdan tayyorlash oldindan belgilab qo’yilishi shart.
Tekshirish (nazorat) tajribasida tarkib toptiruvchi bosqichda shakllantirilgan usul, vosita, yul-yurik„ kunikma, malaka va shaxs fazilatlarining darajasini, barkarorligini aniqash, ta’sir- chanligiga ishonch xosil qilish uchun moxiyati xar xil mustaqil topshiriklar beriladi. Tekshirish tajribasi orqali tarkib toptiruvchi eksperimentning samarasi ulchanadi. Mazkur tajribada ham tekshiruvchi sinaluvchiga mutlaqo yordam berishi mumkin emas, aks xolda tadqiqot utkazish printsipi buziladi.
Aniqovchi, tarkib toptiruvchi va tekshiruvchi tajribalarda yigilgan ma’lumotlar mikdor-statistik metodlardan foydalangan holda ishlab chiqiladi, shuningdek, mikdor taxlili utkazishga tayyorgarlik kuriladi. Statistik metodlar yordamida insonning bilish jarayonlari bilan uning individual-tipologik xususiyatlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqligi va ta’siri (korrelyatsiyasi), bilish jarayonlarining xis-tuygu bilan boshqarilishi, aql-zakovat omillarini taxlil tsilish amalga oshiriladi. Sungra mikdorning hamda qo’llanilgan metodikaning ishonchlilik, aniqilik darajasi aniqlanadi. Ungacha ham matematik statistikaning sodda metoddaridan foydalanib ayrim xisoblashlar, masalan, o’rtacha arifmetik mikdorlarni tartibga solish va medianani hisoblash, kabilar va boshqalar amalga oshiriladi
(muhandis) psixologlar matematiklar bilan hamkorlikda shaxs pisixikasining modelini yaratish ustida tadqiqot ishlarini olib bormokdalar, shuningdek, mediklar, fiziologlar, kibernetiklar psixikani programmalashtirishni o’rganmoqdalar. Ishlab chiqarishdagi "sun’iy intellektlar", robotlar, EXMlar ana shu izlanishlarning dastlabki samarasi hisoblanadi.
Biografiya (tarjimai xol) metodi. Inson psixikasini tadqiq, qilish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to’g’risidagi ogzaki va yozma malumotlar muhim ahamiyatga ega. Bu borada kishilarning tarjimai holi, kundalik, xatlari, esdaliklari, uzgalar ijodiga bergan baholari, tanbehlari, taqrizlari alohida o’rin egallaydi. Shu bilan birga uzgalar tomonidan tuplangan tarjimai hol haqldagi materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tasniflar, baholar, magnitofon ovozlari, fotolavtadar, xujjatli filmlar, mobil telefon tasvirlari va hokazolar o’rganilayotgan shaxsni tularoq, tasavvur etishga xizmat qiladi.
Tarjimai hol ma’lumotlari inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatishda, uning suxbat va tajriba metodlari bilan o’rganib bo’lmaydigan jitatlarini ochishda yordam beradi. Masalan, mazkur ma’lumotlar orqali ijodiy xayol bilan boglik, jarayonlar; she’riyat, musiqada, nafosat, tasviriy san’at, texnik ijodiyotning nozik turlari va kashfiyotdagi tafakkurning o’ziga xosligini, shaxsning ma’naviyat, qadriyat, qobiliyat, iqtidor, iste’dod singari fazilatlarini o’rganish mumkin. Inson ongining xossasi, namoyon bo’lishi, rivojlanishi, o’ziga xos va ijtimoiy xususiyatlari atoqli odamlar bildirgan mulohazalarda uz ifodasini topadi. Allomalar to’g’risidagi ma’lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta’rifu tavsiflari orqali avloddan avlodga o’tadi.
Biografik ma’lumotlar odamlarning o’zini o’zi tarbiyalashi, nazorat qilishi, idora etishi, o’zining uslubini yaratishi, kamolot cho’qqisiga erishishi jarayonida namuna vazifasini o’taydi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin