Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi


Tadqiqotning metodologik printsiplari. Umr davrlari psixologiyasida qo`llaniladigan asosiy metodlar



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə6/63
tarix10.09.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#63536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi (1)

Tadqiqotning metodologik printsiplari. Umr davrlari psixologiyasida qo`llaniladigan asosiy metodlar.
Insonning bilish faoliyati (jarayonlari) rivojlanishi unga o’zini qurshab to’rgan borliqni yanada chuqurroq, to’g’riro, to’laroq va aniqroq, aks ettirish imkoniyatini yaratadi va u borliqning asl moxiyatini, turli yo’sindagi o’zaro bog’lanishlari, murakkab munosabatlar va aloqalarni tobora aniqroq yoritadi. Shu bilan birga, mazkur jarayonlarda shakllanib kelayotgan insonning borliq, voqelikka, jismlarga, kishilarga va o’ziga munosabati vujudga keladi.
Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks ettirishda namoyon bo’ladi. Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot ta’limoticha, insonning moddiy turmushi u xayot kechirayotgan tuzumning moddiy asosigina emas, balki uni kurshab olgan odamlarning turmush tarzlari, umuminsoniy qiyofalari, e’tiqodlari, dunyoqarashlari, ijtimoiy voqelikka munosabatlari, intilishlari, faoliyatlari, ijod maxsullari va xatti-xarakatlarining majmuasidir.
Insonning borliqni (voqelikni) aks ettirishi — faol jarayondir. Ma’lumki, inson zotining rivojlanishi ob’ektiv borliq (voqelikka) va o’ziga faol ta’sir ko’rsatishida sodir bo’ladi. Bolaning katta yoshdagi kishilar tashqill qiladigan amaliy faoliyati, masalan, uyini, kuzatishi, mexnati, o’qishi, adabiy asarni mutolaa qilishi xamda qiziq, ishining barqarorlashuvi, iqtidorining takomillashishi uning psixik rivojlanishini ifodalaydi.
«Metod» va «metodika» tushunchalari.
Tadqiqotlar o`tkazishning asosiy tamoyillari va bosqichlari.
Bolaning nutqni egallashi uning bilish jarayonlari (sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur va xayolini) hamda amaliy faoliyatini (o’qish, o’yin va mexnatini) keskin o’zgartiradi. Bu o’zgarishlar, ayniqsa ilk bolalik davrida yaqqol namoyon bo’ladi.
Rivojlanish, taraqqiyot, kamolot inson shaxsining tarkib topishi jarayonidir. Rivojlanish o’zaro uzviy bog’liq, qator (yustsichlarda amalga oshadi. Bola aql-zakovatining kursatkichi, sifati, xarakteri uning atrofdagi odamlar bilan kundalik munosabatlari va amaliy faoliyatida vujudga keladi,o’zaro ta’sir (savol-javob) natijasida unda aqlning ijodiy maqsuldorligi, teranligi, tezligi orta boradi. Hozirgi davrda insonning rivojlanishini yanada jadallashtiruvchi vositalar mavjud va uning aktiv o’sish darajasini test(sinov)lar bilan aniqlash mumkin. Ontogenez psixologiyasi predmeti ta’lim rivojlanishni o’z ketidan ergashtirib boradi (L. S. Vigotskiyniki), degan qoidaga amal qiladi. Bizningcha, XXI asrda bu talqinni o’zgacha tarzda ifodalash maqsadga muvofiq taraqqiyot ta’limni o’z ortidan yetaklaydi (E.G’oziev).
Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda va insonnnng ontogenezida psixik rivojlanishini mukammal bo’lmasa-da, ochib berish imkoniyatiga ega bo’lgan umumiy, nazariy qoidalar, ya’ni printsiplar mavjud. Ana shu printsiplar asosida turli yosh va jinsdagi odamlarda olib boriladigan ilmiy tadqiqot ishlarida metodologik va metodik xatolarga kamroq, yo’l qo’yiladi. Shunday ishlarda inson tug’ilganidan umrining oxirigacha qanday o’zgarib borishi to’g’risida ma’lumot to’plash mumkin.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin