Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi


Umrga oid psixologiyada metodlarni qo`llashning o`ziga xos xususiyatlari



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə7/63
tarix10.09.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#63536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63
Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi (1)

Umrga oid psixologiyada metodlarni qo`llashning o`ziga xos xususiyatlari.
Metodlar klassifikatsiyasi.
Umuman, psixologiyada inson psixikasini tadqiq, qilish metodlarining turli tasnifi mavjud. Shular to’g’risida umumiy psixologiya kursida keng ma’lumotlar berilgan. Ontogenez va differentsial psixologiya fani psixologiyaning boshqa soxalari singari o’ziga xos ilmiy tadqiqot metodlariga ega. Quyida sobiq, ittifoq psixologi B.G.Ananev tavsiya qilgan klassifikatsiyasiga asoslangan holda mazkur metodlarning xususiyatlarini yoritishga harakat qilingan.
B.G.Ananev psixikani o’rganish metodlarini to’rt guruhga ajratib, ularni tashqilliy, empirik (amaliy), natijalarni qayta ishlash yoki statistik natijalarni sharxlash metodlari deb nomlagan. Bu guruhlar o’zining maqsad va vazifasi bo’yicha yana bir nechta toifa hamda turlarga bo’linadi. Quyida mazkur metodlarning umumiy va o’ziga xos xususiyatlari hamda qiyosiy tavsifi berildi.
Tadqiqot metodlarining birinchisi, ya’ni tashqilliy guruhni o’z ichiga qiyoslash, longityud (uzluksiz), kompleks (ko’pyoqlama) deb atalgan turlarni taqqosslash metodidan umumiy psixologiya, sotsial psixologiya o’nta kichik guruhlarni hamda ularning har xil toifalarni, tibbiyot psixologiyasi (sog’lom va bemor kishilarning psixik xususiyatlarini taqqoslash), sport psixologiyasi (sportchilarning holati, o’quvliligi va ishchanligini o’zaro taqqoslashi) kabilardan unumli foydalanilishi.
Ontogenez psixologiyasida esa qiyoslash metodi turli yoshdagi insonlarni (shaxs jarayonlari, shaxs xususiyatlari, bilimlarni, aqliy qobiliyati, salohiyati, rivojlanish dinamikasi, tofovutlari va o’ziga xosligi kabilarni o’rganishda qo’llaniladi. Psixologlardan L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, A.A Smirnov, B.G.Ananev, D.B.Elkonin, P.Ya.Galperin va ularnish shogirdlari olib borgan tadqiqotlar (chaqaloqlik, go’daklik, ilk bolalik, kichik maktab yoshi, o’smirlik, o’spirinlik yosh davrlarini o’zaro solishtirish) shu metoddan foydalanib amalga oshirilgan. Keyingi yillarda xalq ta’limi tizimi va ishlab chiqarishda «inson omili» muammosining ko’tarilishi, vaqt taqchilligi, ishchanlik imkoniyati, psixologik moslik masalalarining alohida ahamiyat kasb etishi mazkur metodni keng kullashni taqazo etmoqda. Bundan tashqari, tajribada olingan ma’lumotlarning ishonchliligini oshirishda ham qiyoslash metodi qo’llanadi. Ayniqsa, sinaluvchilardagi o’zgarishlarni ajratib olib qarash, tadqiqotning bosqichlarini alohida-alohida tahlil qilish, masalan, tajribaning birinchi bosqichi turli yoshdagi va jinsdagi odamlarga qanday ta’sir etganini aniqash va hokazolar bu metodga diqqat e’tibor ortib borayotganidan dalolatdir.
Ontogenez psixologiyasida qiyoslash metodi bilan bir davrda longityud (uzluksiz) metodi xdm qo’llanadi. Uning boshqa metodlardan farqi bir yoki bir nechta sinaluvchilar uzoq muddat, hatto, o’n yillab tekshirilishidir. Longityud metodidan psixologlardan nemis V.Shtern, fransuz R.Zazzo, rus psixologlari N.A.Menchinskaya, A.N.Gvozdev, N.SLeytis, V.S.Muxina va boshqalar ko’p yillardan beri foydalanmoqdalar.
Mazkur metod orqali bir xil jinsli (Xasan-Xusan, Fotima- Zuxra) yoki aralash jinsli (Xasan-Zuhra, Fotima-Xusan) egizaklar kuzatilgan. Shuning uchun qator tadqiqotlarning "ona kundaligi" (N.A.Menchinskaya, V.S.Muxina) deb nomlanishi bejiz emas. Uzoq, vaqt bir shaxsni (kichik guruxni) kuzatish unda paydo bo’layotgan yangi fazilatlarning rivojlanish dinamikasini, xulq-atvoridagi o’zgarishlarni (xatti-harakat) va ularning oldini olish tadbirlarini, murakkab psixologik munosabatlari, ichki bog’lanish qonuniyati, mexanizmi to’g’risida mukammal, ishonchli, barqaror ma’lumotlar o’lchash imkonini yaratadi.
Longityud metodi yordamida sub’ektiv omillarning o’ziga xosligini, ob’ektiv shart-sharoitlar va ijtimoiy muhitning sinaluvchiga ta’siri o’rganiladi. Chunonchi, egizaklarning o’xshashligini tafovuti, ta’sirlanishi, his-tuyg’usining o’zgarishi, kishilar o’rtasidagi individual farqlar (ishchanligi, temperamenti, oliy nerv faoliyati tizimi va hokazalar) bo’yicha ma’lumotlar olish longityud metodi bilan amalga oshadi.
Hozirgi davrda fan va texnika taraqqiyoti psixologik tekshirishlarning ilmiyligini yanada oshirish uchun (sub’ektiv omillarning ta’sirini kamaytirish maqsadida) yaxlit dastur asosida boshqa fanlar (tibbiyot, fizika, fiziologiya, biologiya, sotsiologiya, kibernetika, statistika, falsafa, mantiq, va hokazolar) bilan birgalikda tadqiqot ishlari olib borishni taqozo etmoqda. Amaliy yo’sindagi ilmiy-tadqiqot ana shu kabi qirrali (kompleks) yondashishni talab qiladi. Psixologiya sohalarida (psixofizio­logiya, kosmos, tibbiyot psixologiyasi, muhandislik yoki aviatsiya psixologiyasida, tadqiqot ob’ektiga tizimli yondashish tamoyili amalga oshirilmoqda. Kompleks metod yordamida o’ganilayotgan ob’ektdagi o’zgarishlar turli nuqtai nazardan tahlil qilinadi yoki ularga har xil yondashiladi. Masalan, bolada oddiy bilimlarni o’zlashtirish xususiyati psixologik jihatdan tekshirilayotgan bo’lsa, kompleks yondashish ta’sirida ana shu uzlashtirishning falsafiy, mantiqiy, fiziologik, ijtimoiy, biologik xususiyatlari yoritiladi. Aytaylik, keksayishning biologik omillarini o’rganish uning psixologik, fiziologik, mantiqiy jihatlarini yoritishga xizmat qiladi.
Kompleks dastur yordamida amalga oshirilgan tadqiqot natijalari ilmiy ahamiyatga molik bo’lib, insonshunoslik muammolarini hal qillishda katta yordam beradi.
Ilmiy tadqiqot metodlarining ikkinchi guruhi empirik metodlardan iborat bo’lib, bu guruhga kuzatash (o’zini o’zi kuzatish), eksperiment (tabiiy, laboratoriya), test, anketa, surov, sotsiometriya, suhbat, intervyu, faoliyat jarayoni va uning mahsulini tahlil qilish, tarjimai hol (shaxsiy guvohnoma, xujjat, turmush faoliyati voqealarini tahlil qilish) kabilar kiradi va ular sinash, tekshirish. diagnoz (aniqash) va prognoz (oldindan belgilash) vazifalarini bajaradi. Insonda tug’ilganidan umrining oxirigacha sodir bo’ladigan psixologik o’zgarishlarni chuqurroq va ob’ektiv tadqiqini umum empirik metodlardan navbati bilan foydalanish yaxshi natija beradi.
Ilmiy tadqiqot metodlarining uchinchi guruxi natijalarni qayta ishlashiga mo’ljallangan bo’lib, ular statistik (miqdor) va shixologik (sifat) taxlil turlariga bo’linadi. Psixologik- fiziologik tadqiqotlarda ko’pincha quyidagi statistik metodlar qo’llanadi.
Ilmiy tadqiqot metodlarining to’rtinchisi—sharxlash guruhi genetik va donalash metodlaridan iboratdir. Genetik metod bilan tadqiqot davomida to’plangan ma’lumotlar yaxlit holda maqsadga muvofiq, yo’sinda sharxlanadi. Bu metoddan foydalanishning asosiy maqsadi — sinaluvchida vujudga kelayotgan yangi shaxs fazilatlarining rivojlanishi va bilish jarayonlarining o’zgarishiga tajriba natijasiga suyangan holda ta’rif xamda tavsif berishdir. Shuningdek, bunda mazkur fazilat va xususiyatlarning namoyon bo’lish davri, bosqichi hamda ba’zi mashaqqatli davrlarga, paytlarga qo’shimcha sharhlar berish imkoniyati tutiladi.
Genetik metodga asoslanib psixik o’zgarishlar bilan rivojlanish bosqichlarining bevosita bog’liqligining ildizi aniqlanadi. Tanlash metodi bilan tadqiqot ob’ektiga kirgan shaxs psixikasidagi barcha o’zgarishlar, o’ziga xoslik, o’zaro aloqa, o’zaro ta’sir va uyg’unlikning o’zaro bog’lanishlari o’rganiladi. Jumladan, inson nutqini idrok etilish uchun sezgi, idrok, xotira, tafakkur jarayonlarining bir paytda birgalikda qatnashishi bunga yorqin misoldir. Bunda har bir bilish jarayonining ulushi ifodalanadi yoki uning ahamiyati alohida ta’kidlanadi, ularning o’zaro bog’liqligi asoslab beriladi.
Lekin tajribadan olingan ma’lumotlarni sharxlash uchun yuqoridagi metod tushunarli emas. Buning uchun uzilishlarga yo’l qo’ymaslik maishiy ish degan materiallar maxsus bosqichlarga ajratib sharxlanadi. Tadqiqotning birinchi — tayyorlov bosqichida kashf qilingan psixologik qonun yoki qonuniyat to’g’risida to’xtalinadi. Tadqiqotning ikkinchi bosqichida uni mazmuni o’rni, sharoiti, ob’ektiv xususiyat omillar bo’yicha mulohaza yuritiladi. Uchinchi bosqichlar esa olingan miqdoriy natijalar ishlanadi va bu ham o’z navbatida to’rt pog’onaga bo’linadi empirik materialni birlamchi tahlil qilish: alohida olingan shaklni ( III omil, alomat, ko’rsatkich, mexanizm, xususiyat sharxlanadi.) tahlil qilingan miqdoriy materiallar bilan tadqiqot gipotezasi alohida sharhlanadi; v) ikkillamchi tashkil; barqaror, ustun dalillar ajratiladi; g) ikkillamchi sintez: psixologik qonun, qonuniyat, tuzilgan, omil bilan tadqiqot gipotezasini birlashtirib maxsus xulosa chiqariladi.
To’rtinchi bosqich sharxlashda har bir fakt, alomat, ko’rsatkich, mexanizm, xossa psixologik jihatdan so’z-mantiq orqali tahlil qilinadi. Barcha ilmiy-amaliy mulohazalar isbotlanadi, buning natijasida hech bir shubhaga, e’tirozlarga o’rin qolmaydi. Ana shu bosqichda tadqiqot yakunlanadi, zarur xulosalar chiqariladi, amaliy tavsiyalar beriladi, o’rganilishi zarur muammoning ahamiyati va istiqboli to’g’risida mulohaza qilinadi.
Endi tajribada eng ko’p qo’llanadigan empirik metodlar haqida kengroq, ma’lumot beramiz.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin