Tarbiya darslarida interfaol metodlardan foydalanish


«Ruchka stol o’rtasida» metodi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix28.01.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#81382
1   2   3   4   5   6
tarbiya-darslarida-interfaol-metodlardan-foydalanish

«Ruchka stol o’rtasida» metodi.Butun guruhga topshiriq beriladi (masalan, 
o’quvchi shaxsining rivojlanishi va shakllanishiga ta'sir etuvchi, shaxs rivojlanishi va 
shakllanishining asosiy omillarini birma-bir ko’rsatib o’tilsin). Har bir talaba bitta javob 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 1032
variantini bir varaq qog’ozga yozib, uni qo’shnisiga beradi, o’z ruchkasini esa stolning 
o’rtasiga surib qo’yadi. 
Topshiriqqa misol: O’qituvchining guruhga beradigan topshirig’i shaxs 
rivojlanishi va shakllanishiga ta'sir etuvchi asosiy omillarni hayotiy misollar bilan 
sharhlab berish.Ajratilgan 10-15 daqiqa vaqt ichida guruh mumkin qadar ko‘proq sonda 
javob variantlari berishi kerak. Bir varaq qog’ozga yozilgan topshiriq bir talabadan 
ikkinchisiga uzatiladi.Talaba javobni yozib, qog’ozni keying talabaga uzatadi, 
ruchkasini esa, o’ziga ro’baro’ qilib, stolga qo’yib qo’yadi. Javobni bilmaydigan talaba 
qog’ozni keyingi talabaga uzatadi-yu, lekin ruchkasini qo’lida olib qoladi. Bu 
metodikaning yana bir sharti: bitta variantni ikki qayta berish mumkin emas, boshqacha 
aytganda, qaytariqlar bo’lishiga bu o’rinda yo’l qo’yilmaydi. Topshriq bajarildi. Javob 
variantlari yozilgan qog’oz o’qituvchida. U o’sha variantlarni sanab o’tadi. Variantlar 
sanab o’tilar ekan, ularning biri muhokama qilib boriladi: Insondagi tug’ma qobiliyatni 
qanday izohlaysiz? Bolani o’rab turgan ijtimoiy muhit deganda nimani tushunasiz? Va 
hokazo. «Ruchka stol o’rtasida» metodi bir qancha afzalliklarga ega. Jumladan, 
o’qituvchi mashg’ulotga kim tayyor, kim tayyor emasligini ko’rib turadi: 
– mashg’ulotga tayyorlanmagan talaba og’zaki muhokama paytida ko’rib 
chiqilayotgan mavzu yuzasidan anchagina foydali bilimlar olishi mumkin
– bu guruhda olib boriladigan ish bo’lib, talabalar intizomini mustahkamlaydi va 
ularni jipslashtiradi, chunki o’z variant ustida juda uzoq o’ylab o’tiradigan talaba 
butun guruhga ajratilgan vaqtni sarflaydi. Shuningdek, talaba mashg’ulotga tayyor 
bo’lmasa, bunda ham u guruhga pand beradi, chunki guruh uning uchun ishlashi 
kerak bo’ladi; 
– talabalar o’z javoblarini ikki marta: yozma ish paytida va og’zaki muhokama 
vaqtida tahlil qilib borishadi. Shunday qilib, ta'lim jarayonida qo’llaniladigan 
mazkur interfaol usullar o’quvchi-talabalarning mustaqilligi, ishchanligi, 
uyushqoqligi, xushmuomalaligi, ijodiy fazilatlarini kamol toptirishga yordam 
beradi. 
Interfaol usullarni yana boshqaca ta‘riflaydigan bo‘lsak interfaol ta’lim jarayonida dars 
o’quvchilarning o’zaro muloqotlari asosida amalga oshiriladi.Interfaol metod — ta’lim 
jarayonida o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi faollikni oshirish orqali ularning o’zaro 
harakati, ta’siri ostida bilimlarni o’zlashtirishni kafoiatlash, shaxsiy sifatlarni 
rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu usullarni qo’llash dars sifati va samaradorligini 
oshirishga yordam beradi. Uning asosiy mezonlari — norasmiy bahs-munozaralar 
o’tkazish, o’quv materialini erkin bayon etish, mustaqil o’qish, o’rganish, seminarlar 
o’tkazish, o’quvchilarni tashabbus ko’rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik 
guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriq, vazifalar berish, yozma 
ishlar bajarish va boshqalardan iborat.Interfaollik, bu — o’zaro ikki kishi faolligi, ya’ni, 
bunda o’quv-biluv jarayoni o’zaro suhbat tariqasida, dialog shaklda (kompyuter aloqasi) 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin