Mavzu: “Tarbiya” fanini o’qitishning inklyuziv ta’lim shakli .” Bajardi: Tekshirdi:
Angren 2023
Tarbiya fanini o’qitishning inklyuziv ta’lim shakli
Reja:
Inklyuziv ta’lim xususiyatlari
“Tarbiya” fanini o’qitishda inklyuziv ta’lim asoslari
Inklyuziv ta’lim asosida “Tarbiya” fanini o’qitishning ahamiyati
Inklyuziv ta’lim o’qituvchi bilan o’quvchining o’zaro munosabatlarida tenglikka asoslanadi. Shu jihatdan inklyuziv ta’lim jismoniy va ruhiy imkoniyati cheklangan ta’lim oluvchilarga va to’liq imkoniyatga ega o’quvchilarga teng ta’lim berish bilan o’ziga xos xususiyatga ega hisoblanadi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan sobiq “Mehribonlik uylari” o’quv-tarbiya muassasalari deb nomlandi. Shu sababli o’quv-tarbiya muassasalarida amalga oshiriladigan ta’lim ham inklyuziv ta’lim shakli hisoblanadi.

Inklyuziv ta’limning quyidagi xususiyatlariga e’tibor berish lozim:
interfaol ta’lim texnologiyalariga asoslanadi;
tabaqalashtirilgan o’qitish amalga oshiriladi;
individuallashtirilgan dasturlarga asoslaniladi;
ta’lim oluvchilar guruhlarga bo’lib o’qitiladi.
Inklyuziv ta’limga quyidagi o’ziga xos xususiyatlar mavjud:
jismoniy va ruhiy jihatdan imkoniyati cheklangan o’quvchilarni maxsus o’qitish;
sensor tarbiyani amalga oshirish;
ta’lim va tarbiya olish huquqini teng ta’minlash;
mashg’ulotlarga maxsus yondashish;
mashg’ulotlarni tajribali o’qituvchilar tomonidan olib borilishi.