“Tarbiya” fanini o’qitishning inklyuziv ta’lim shakli



Yüklə 107,72 Kb.
tarix06.04.2023
ölçüsü107,72 Kb.
#94117
“Tarbiya” fanini o’qitishning inklyuziv ta’lim shakli


OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
BOSHLANG’ICH TA’LIM YO‘NALISHI
20/11 GURUH TALABASI
SHERMATOVA FERUZANING
TARBIYA FANINI O’QITISH METODIKASI FANIDAN
MUSTAQIL ISH

“Tarbiya” fanini o’qitishning inklyuziv ta’lim shakli

Reja:

  • Inklyuziv ta’lim xususiyatlari
  • “Tarbiya” fanini o’qitishda inklyuziv ta’lim asoslari
  • Inklyuziv ta’lim asosida “Tarbiya” fanini o’qitishning ahamiyati

Inklyuziv ta’lim o’qituvchi bilan o’quvchining o’zaro munosabatlarida tenglikka asoslanadi. Shu jihatdan inklyuziv ta’lim jismoniy va ruhiy imkoniyati cheklangan ta’lim oluvchilarga va to’liq imkoniyatga ega o’quvchilarga teng ta’lim berish bilan o’ziga xos xususiyatga ega hisoblanadi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan sobiq “Mehribonlik uylari” o’quv-tarbiya muassasalari deb nomlandi. Shu sababli o’quv-tarbiya muassasalarida amalga oshiriladigan ta’lim ham inklyuziv ta’lim shakli hisoblanadi.

  • Inklyuziv ta’lim o’qituvchi bilan o’quvchining o’zaro munosabatlarida tenglikka asoslanadi. Shu jihatdan inklyuziv ta’lim jismoniy va ruhiy imkoniyati cheklangan ta’lim oluvchilarga va to’liq imkoniyatga ega o’quvchilarga teng ta’lim berish bilan o’ziga xos xususiyatga ega hisoblanadi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan sobiq “Mehribonlik uylari” o’quv-tarbiya muassasalari deb nomlandi. Shu sababli o’quv-tarbiya muassasalarida amalga oshiriladigan ta’lim ham inklyuziv ta’lim shakli hisoblanadi.

jismoniy va ruhiy jihatdan imkoniyati cheklangan o’quvchilarni maxsus o’qitish;
sensor tarbiyani amalga oshirish;
ta’lim va tarbiya olish huquqini teng ta’minlash;
mashg’ulotlarga maxsus yondashish;
mashg’ulotlarni tajribali o’qituvchilar tomonidan olib borilishi.
Inklyuziv ta’limning quyidagi xususiyatlariga e’tibor berish lozim:
Dunyo mamlakatlarida inklyuziv ta’limga alohida e’tibor beriladi. Bu borada YUNESKO 1989 yili dunyo mamlakatlariga murojaat bilan chiqib, inklyuziv ta’lim vositasida shaxsni ta’lim va tarbiyasini amalga oshirishni so’radi. Chunki inklyuziv ta’lim shakli shaxsning ta’lim va tarbiyaga oid huquqini to’liq ro’yobga chiqarish imkonini beradi. Misol uchun, to’liq nogironligi bo’lgan bolalarni individual tarzda oilada maxsus o’qitish aynan inklyuziv ta’limning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Inklyuziv ta’limning imkoniyatlaridan foydalanish uchun o’qituvchi faol bo’lishi kerak. Ta’lim oluvchiga muntazam ravishda topshiriq berib borilishi, imkon qadar topshiriqlarning yozma bo’lishi va topshiriq natijalarini nazorat qilib borish asosida inklyuziv ta’lim samaradorligiga erishiladi. Bularning barchasi inklyuziv ta’lim imkoniyatlaridan foydalanish uchun maxsus tayyorgarlikka ega bo’lishini taqozo etadi.
Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilariga inklyuziv ta’limning asoslari, metodlari va o’ziga xos xususiyatlarini mustaqil ta’lim vositasida chuqur o’rganish tavsiya etiladi. Chunki inklyuziv ta’lim shaklini bilish davlatning ta’lim siyosatini hammaga bir xil tatbiq etishda qo’l keladi.
Inklyuziv ta’limning tez va qisqa muddatda amalga oshirish xususiyati uning imkoniyatlarini kengaytiradi. Shu sababli bugungi kunda o’quv-tarbiya muassasalari uchun inklyuziv ta’limni tadbiq etish zaruriyat bo’lib turibdi.
Interfaol ta’lim texnologiyalariga asoslanish. Bu borada “Tarbiya” fanini o’qitishda imkon qadar o’quvchilar guruhlarga bo’lib o’qitilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunda quyidagi texnologiyalardan foydalanish tavsiya etiladi:
axborot-kommunikatsion texnologiyalar (multimediya, televideniya, virtual aloqa va hakozo); kompyuterli texnologiya (darslar kompyuter vositasida o’qitiladi); mustaqil ta’lim texnologiyasi (bunda o’quvchiga topshiriq beriladi va topshiriqning ijodiy bajarilganligiga ahamiyat qaratiladi). Bu interfaol texnologiyalar boshlang’ich ta’limda “Tarbiya” fanini maqsadli o’qitish imkonini beradi.
imkon qadar o’quvchilar guruhlarga bo’linadi;
har bir guruhga mavzular topshiriq sifatida beriladi;
bajarilgan topshiriqlarning ijodiy yondashilganlik asosida baholash;
guruhdagi o’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini nazorat qilib borish.
Tabaqalashtirilgan o’qitish. Inklyuziv ta’limning bu asosidan boshlang’ich ta’limda “Tarbiya” fanini o’qitishda quyidagicha foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi:

Individuallashtirilgan o’qitish. Boshlang’ich ta’limda “Tarbiya” fanini o’qitishda individuallashtirilgan o’qitish shakli quyidagi imkoniyatlarni beradi:


har bir o’quvchi bilan alohida ishlash;
har bir o’quvchining jismoniy va aqliy layoqatlarini rivojlantirish;
jismoniy va ruhiy imkoniyati cheklangan o’quvchilar bilan alohida ishlash;
har bir o’quvchining teng darajada tarbiyalanib borishini nazoratga olish.

“Tarbiya” fani umumiy o’rta ta’lim o’quv fanlarining ichida muhim o’rin tutadi. Shu sababli bu fanni o’qitishda ta’limning turli shakllariga asoslanish taqozo etiladi. Inklyuziv ta’lim mazkur fanni butun jamiyatning yosh avlodini qamrab olish imkonini beradi. Bizning yondashuvimizga ko’ra, mamlakatimizning inklyuziv ta’lim bo’yicha o’qituvchilarining tajribalarini ommlashtirish taqozo etiladi.

  • “Tarbiya” fani umumiy o’rta ta’lim o’quv fanlarining ichida muhim o’rin tutadi. Shu sababli bu fanni o’qitishda ta’limning turli shakllariga asoslanish taqozo etiladi. Inklyuziv ta’lim mazkur fanni butun jamiyatning yosh avlodini qamrab olish imkonini beradi. Bizning yondashuvimizga ko’ra, mamlakatimizning inklyuziv ta’lim bo’yicha o’qituvchilarining tajribalarini ommlashtirish taqozo etiladi.

Yüklə 107,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin