REJA: 1. Tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari. 2. Tarbiya jarayonining xususiyatlari. 3. Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli. 4. Tarbiya qoidalari va ularning mohiyati insonparvarlashtirish uning mohiyatini va mazmunini qayta tafakkur etishni ko’zda tutadi. Shaxsning rivojlanishi va o’zligini anglashni ta’minlaydi.
Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi qoidasi. O’quvchilarni Vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyati bilan tanishtirish, madaniy va diniy bilimlarini egallashga bo’lgan talablarini shakllantirish malakalarini oshirib, tobora boyitish, estetik tushunchalarni shakllantirish juda muhim. Xalqimizning ko’p asrlik qadriyatlarini ulkan boy va madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o’zlikni anglash, milliy g’urur tuyg’usini qaror toptirish mumkin emas. U yaratgan madaniy boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Buyuk mutafakkirlarning asarlari orqali o’kuvchilar go’zal axloq, baxt, insof, poklik, mehr - shavqat, ota - onani hurmat qilish qoidalari haqida keng tasavvurga ega bo’ladilar. Insoniylik - o’z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy xususiyatlarini, do’stlik, ota - onaga sadoqatlilik, mehnatsevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlarni qamrab oladi. Shu sababli insondagi eng yaxshi fazilatlar avloddan - avlodga ko’chib kelgan.
Tarbiyada izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta’sirlarning uyg’unligi va uzluksizlik qoidasi. Tarbiya ishida izchillik juda muhim. Tarbiyachi avvaliga bolalardan biror narsani talab qilib, so’ngra o’zi bu talabni unutib qo’ysa, bu hol tarbiyaga yomon ta’sir qiladi. O’qituvchi subutli, o’z lafziga sobit bo’lmog’i kerak. O’quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishda izchillikka rioya qilish va bir xil talab qo’yish muvaffaqiyat qozonishning eng muhim shartlaridan biridir. Tarbiya uzoq davom etadigan jarayon, unda ota - ona, o’qituvchi, jamoatchilik qatnashadilar. Shu sababli ularning ishida izchillik va davomiylik bo’lishiga rioya qilish kerak. Bu qoida tarbiyani amalga oshiradigan barcha bo’g’inlarni (oila, maktab, o’quvchilar jamoasi, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, keng jamoatchilikni) birgalikda ish ko’rinishlarini nazarda tutadi. Chunki tizimlilik faqat yoshlarni emas, balki aholining barcha qatlamlarini qamrab olishi kerak.
Bola o’qishni, tarbiya olishni ulg’ayib jamiyat hayotida faol ishtirok etishni xohlaydi. Pedagog uni qay usulda, qanday munosabatlar sharoitida, qanday pedagogik jarayonda tarbiyalash lozimligini bilishi kerak, shu bilan birga bola o’zini o’zgartirishda faol ishtirokchi ekanligini ham unutmasligi lozim.