Tarbiya metodlari



Yüklə 27,57 Kb.
səhifə3/7
tarix11.02.2023
ölçüsü27,57 Kb.
#83906
1   2   3   4   5   6   7
2 5409328030172587342

Hikoya. O`quvchilar odatda hayotdan va badiiy adabiyotdan olingan aniq misollar bilan to`liq hikoyalarni qiziqib tinglaydilar. Ularga axloq mezonlari, tarix qoidalari, Vatanimizning tabiiy boyliklari, ajoyib mehnatkash kishilari, tarix, adabiyot, san`at haqida hikoya qilib berish mumkin. Badiiy adabiyot, radio, televidenie, gazeta va jurnallardagi maqolalar ham qimmatli manba bo`ladi. Suhbat ham, hikoya ham o`quvchilarning yoshiga mos mavzularda, ular tushunadigan so`zlar orqali o`tkazilishi kerak. Eng yaxshisi, suhbat va hikoya mavzusini o`quvchilarning o`zlari tanlasin, bunda suhbatning zavqliligi ta`minlanadi, o`quvchilar mavzuga befarq qaramaydilar. O`qituvchi suhbat mavzusini oldindan e`lon qilib, masalan: mehnatsevarlik yoki rostgo`ylik, halollik mavzularida suhbat o`tkazish uchun mavzuga oid maqolalar, matallar va maqolalar to`plashni topshiradi, bunda o`quvchilarning o`tkaziladigan tadbirda faolliklari yanada ortadi.
Namuna. O`quvchilar o`z atrofidagi kishilarda hamma yaxshi axloqiy sifatlarni ko`rishlari, o`qituvchilari, ota-onalari, oilaning katta yoshli a`zolari va boshqalarning fe`l-atvor, yurish-turishida bolalarga yetarli darajada namuna ko`rsatishlari nihoyatda muhimdir.
O`qituvchining shaxsan o`zi namuna bo`lishi, ayniqsa, katta ta`sir ko`rsatadi. Ular o`qituvchining darsda va hayotda o`zini qanday tutishini, atrofdagi kishilar bilan qanday muomala qilishini, o`z vazifalarini qanday bajarishini kuzatib yuradilar.
O`quvchilar yaqin kishilarining xulq-atvoriga taqlid qiladilar. Xulq-atvorlar bolalarda yaxshi sifatlarning, ba`zan esa yomon sifatlarning ham tarkib topishiga ta`sir ko`rsatadi. Shuning uchun o`qituvchi va ota-onalar har qanday holatda ham o`zlarini tuta bilishlari kerak, chunki qayerda bo`lishmasin, atroflarida bolalar borligini his etishlari lozim. Kattalarning so`zi bilan yurish-turish va xatti-harakatlarida tafovut bo`lmasligi kerak. Katta yoshdagi kishilarning, o`qituvchi va tarbiyachilarning bolalarga yaqin bo`lishlari, ularni o`zlariga moyil qila bilishlari, ular bilan yaqin aloqaga ko`nika olishlari ham ularning o`rnak bo`lishdagi kuchini oshirishga yordam beradi.
Respublikamizdagi ilg’or kishilarning hayoti va faoliyatidan olingan yorqin ma`lumotlar, adabiy asarlardagi, kinofil’mlardagi va spektakllardagi qahramonlar xatti-harakatidagi yaxshi namunalar bolalarning ongiga kuchli ta`sir qiladi.
Maktablarda ishlab chiqarish ilg’orlari bilan uchrashuvlar o`tkaziladi.O`quvchilar o`z otalari va onalarining ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyatlari bilan faxrlanadilar, ularga taqlid qilishga intiladilar.
Namunadan xalq pedagogikasida ham keng foydalanilgan. Ota-bobolarimiz o`z farzandlarini hamma yaxshilardan, donolardan, ulug’ kishilardan ibrat olishga da`vat qilib kelganlar. Masalan: «Qush uyasida ko`rganini qiladi». Juda oddiy ibora ostida qancha fikrlar jamlanib yotganligini hamisha ham faxmiga boravermaymiz. Bu bilan xalq, uyingda tartibli bo`l, aks holda bolang ko`chada tartibsiz bo`ladi. Bola oldida birovlarning g’iybatini qilma, bolang g’iybatchi bo`ladi, demoqchi.
Faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirish metodlari.
Bola rivojlanishining, uning o`zligini belgilashning asosiy omili-bu faoliyatdir. Faoliyat nuqtai nazaridan yondoshish qoidasi maktab hayotining hamma jabhalarida ta`lim-tarbiya jarayonlariga singib ketadi.
Faoliyat o`quvchilarning bilimlarini mustaqil egallashga undaydi, ularni qaysi ixtisosga moyilliklarini aniqlashga, ijodiy faoliyat tajribasini, hissiy qadriyat munosabatlarini o`zlashtirishga yordam beradi, ularning mustaqilliklarini oshiradi.
O`quvchilarni birinchi sinfdan boshlab qo`llaridan kelgan ijtimoiy foydali mehnat bilan shug’ullanishlariga erishish lozim. Bunday mehnat ko`pchilik, jamoa bo`lib bajarilganida yaxshi natija beradi.

Yüklə 27,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin