Tarbiya metodlari


Mashq va o`rgatish metodlari



Yüklə 27,57 Kb.
səhifə4/7
tarix11.02.2023
ölçüsü27,57 Kb.
#83906
1   2   3   4   5   6   7
2 5409328030172587342

Mashq va o`rgatish metodlari
Mashq bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq ravishda va har tomonlama tashkil qilish, ularni axloq mezonlari va xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantirishdir. Odatlar bolalikda tarkib topadi va keyin mustahkamlanib boradi. O`qituvchilar, ota-onalar bolalarda ijobiy odatlar shakllanishini kuzatib borishlari kerak. O`quvchilar odatlarni yaqinlaridan meros qilib olmaydi, balki ular orqali hosil qiladi. Odat ehtiyojga aylanadi. Mashq muayyan xatti-harakatlarni ko`p marotaba takrorlashni o`z ichiga oladi. Mashq va odatlantirish o`quvchi uchun ongli, ijodiy jarayondir. Mashq natijasida ko`nikma, odat, yangi bilimlar hosil qilinadi, o`quvchining aqliy qobiliyati rivojlanadi, axloqiy tajribasi kengayadi. Odatsiz tarbiya-poydevorsiz binoga o`xshaydi, odat esa muntazam mashq orqali mustahkamlanadi.
O`rgatish-ijtimoiy xulq-atvorning odatiy shakliga aylantirish maqsadida tarbiyalanuvchilarning bajarishlari uchun rejali va izchil tarzda tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlardir.
O`rgatish bir necha izchil harakatlar yig’indisidir. O`qituvchi bu harakatlarni ko`rsatib berishi, tushuntirishi, kuzatishi lozim (sinfda navbatchilik qilish).
Tarbiya amaliyotida mashq qilishning turli xillari mavjud: faoliyatda mashq qilish; kun tartibi mashqlari, maxsus mashqlar.
Faoliyatda mashq qilish mehnat, ijtimoiy faoliyat, jamoadagi faoliyat va o`zaro munosabat odatlarini tarbiyalashga qaratilgandir. Kun tartibi mashqlari maktabda, oilada o`rnatiladigan kun tartibiga amal qilish, shu bilan bog’liq o`z istak va harakatlarni boshqarish, ish va bo`sh vaqtdan to`g’ri foydalanish odatiga o`rgatadi. Maxsus mashqlar madaniy xulq, malaka va ko`nikmalarini hosil qiladi va mustahkamlaydi.
A.S.Makarenkoning ta’kidlashicha, tarbiya - to’g’ri xatti-harakatga o’rgatuvchi mashqdan boshqa narsa emas. Mashq - bolalar hayotini oqilona bir maqsadga qaratiladi, har taraflama faoliyatini jamiyatda qabul qilingan normalar va qoidalarga muvofiq, tashkil etishdir. Mashq muayyan harakatlar va ishlarni ko’p marta takrorlashni o’z ichiga oladi. Bola uchun mashq - ongli ijodiy jarayondir. Mashqlar natijasida malaka va ko’nikmalar, odatlar, yangi bilimlar hosil qilinadi, aqliy qobiliyat rivojlantiriladi. “O’yin sinchkovlik va qiziquvchanlik olovini o’t oldiruvchi uchqundir», - degan V.A.Suxomlinskiy. O’quvchilar hayotida, ayniqsa boshlang’ich sinflarning o’quvchilari hayotida o’yin faoliyati katta o’rin tutadi. «Bola uchun o’yin – voqelik, - deb yozgan edi K.D.Ushinskiy, - binobarin, uning tevarak atrofidagi voqelikdan ko’ra qiziqarliroq voqelikdir. U bolaga, xususan tushunarli bo’lgani uchun qiziqdir, o’yin bolaga shuning uchun tushunarliki, unda qisman bolaning o’zi yaratgan narsa bor». Bola o’yinda qanday bo’lsa, u katta bo’lganida ishda ham ko’p hollarda o’shanday bo’ladi, deb bildirgan. Makarenkoning so’zlarida katta pedagogik mazmun bor. O’yin - bolalar jamoaini jipslashtiradigan va rivojlantiradigan faoliyat turlaridan biridir. Bolalar o’yiniga e’tibor bilan razm solinsa, ularning o’yinlarida kattalar dunyosi qanday aks etishini qanday bilib olayotganliklarini ko’rish mumkin.
Bola uchun mashq - ongli, ijodiy jarayondir. Mashqlar natijasida malaka va ko’nikmalar, odatlar, (tajriba) bilimlar hosil qilinadi, aqliy qobiliyat rivojlantiriladi. K.D.Ushinskiy tarbiyaning vazifasi xarakterni shakllantirishdan hamda hayotda hosil qilingan e’tiqod va odatlardan tarkib toptirish deb hisoblagan. Odat, Ushinskiyning fikricha, E’tiqodni maylga aylantiradigan va fikrni ishga aylantiradigan jarayondir. Odat - odamning ikkinchi tabiati, lekin tarbiya san’atiga bo’ysunadigan tabiatdir.

Yüklə 27,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin