Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash – tarbiya jarayoni oʻquvchilarning jamoa boʻlib birlashishlari, ularda manfaatdorlik birligi, oʻzaro yordam tuygʻusini oʻstirishga hizmat qilishi lozim. Tuygʻu tashkil etilgan jamoa a’zolarining qobiliyat va iste’dodini rivojlantirish uchun keng yoʻl ochadi. Jamoada bola har tomonlama rivojlanishi uchun keng imkoniyatga ega boʻladi. Oʻquvchilar ahil jamoa boʻlib uyushganlaridagina tarbiyaviy ishlarini amalga oshirish ancha yengil va muvaffaqiyatli boʻladi, har bir shaxsga ta’sir etadi. Oʻz manfaatini jamiyat manfaaati bilan qoʻshib olib borish, oʻzaro yordam kabi fazilatlar, avvalo, jamoada shakllanadi. Oʻqituvchi hamma vaqt oʻquvchilar jamoasiga tayanmogʻi, ularni jamoa boʻlib turli ishlarni bajarishga odatlantirib, jamoada yashash va ishlashga oʻrgatib borish lozim.
Tarbiyada oʻquvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy xislatlarini yoʻqotib borishga e’tibor qaratish lozim. Mahoratli pedagoglar oʻz oʻquvchilaring shaxsiy fazilatlarini yaxshi biladilar. Tarbiya maqsadini amalga oshirish uchun bola xulqidagi ijobiy sifatlarga suyanib ish koʻradilar. Boladagi ijobiy sifatlarga tayanish uning salbiy sifatlarini yoʻqotish, yomon odatlardan qaytarishning eng yaxshi vositasidir. Tarbiya muvaffaqiyati mazkur masalaning toʻgʻri hal etilishiga koʻp jihatdan bogʻliq.
Tarbiya jarayonini tashkil etishda oʻqituvchi (tarbiyachi) tomonidan qoʻllaniladigan metodlar ham muhim ahamiyatga egadir.
Tarbiyaviy texnologiyada uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning oʻz-oʻzini tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, oʻqituvchining tarbiyalash maqsadlarini toʻgʻri belgilashi va yoʻlga qoʻya olishiga nisbatan gʻoyaviy yondashuv ijtimoiy buyurtma asosida belgilanib, amalga oshirilishida mavjud shart-sharoitlarni yaratish talab etiladi.
Barcha ta’lim muassasalarida pedagoglar 3 asosiy jihatlarga ahamiyat berishlari lozim: nazariy, ruhiy, amaliy.
Nazariy jihati - bu tarbiyachining pedagogik va psixologik bilimlarini tizimiy ravishda oʻz mehnat faoliyatiga moslash;