Tarbiya tizimida samaradorlikka erishishda sinf rahbarining pedagogik faoliyati



Yüklə 102,1 Kb.
səhifə1/5
tarix02.06.2023
ölçüsü102,1 Kb.
#123143
  1   2   3   4   5
6-TARBIYA TIZIMIDA SAMARADORLIKKA ERISHISHDA SINF RAHBARINING PEDAGOGIK FAOLIYATI

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Kirish

TARBIYA TIZIMIDA SAMARADORLIKKA ERISHISHDA SINF RAHBARINING PEDAGOGIK FAOLIYATI



REJA



Kirish 2
I.Bob.Tarbiya tizimida samaradorlikka erishishda sinf rahbarining pedagogik faoliyati 4
1.1. Tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda sinf rahbarining oʻrni 4
1.2. Sinf rahbari ish faoliyatinig maqsad va vazifasi 5
II.Bob.Sinf rahbarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari 7
2.1 . Sinf rahbarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari 7
2.2 Sinf rahbaring o’quvchilarni o’rganish metodikasi. 18
Xulosa 30
Adabiyotlar 31


Kirish


Mavzuning dolzarbligi:Sinf rahbarining oʻquvchilarga koʻrsatadigan tarbiyaviy ta’sir kuchi koʻp jihatdan uning ma’naviy qiyofasi oʻquvchilar ongi va xulq-atvorning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Maktab hayotida, talim -tarbiya jarayonini boshqarishda sinf rahbarining oʻziga xos oʻrini bor. U maktabda juda muhim va mas'uliyatli vazifani bajaradi. Sinf rahbari faoliyatining aksariyat qismi tarbiyaviy jarayon bilan bogʻliqdir.
Sinf rahbari deganda - oʻquvchilarni bir xil saviyada, bir xil yoshda, bilmi jihatidan ham teng boʻlgan jamoani boshqarib turuvchi pedagog (sinf rahbari) tushuniladi.
Sinf rahbarining asosiy maqsadi, oʻquvchilarni toʻgʻri tarbiyalash jarayonida oʻquvchi va sinf rahbari bilan bir-birini tushuna olish va sinf rahbari tomonidan oʻquvchilarga e’tiborliroq boʻlishdir. Boshlangʻich sinf maktab ta’limining dastlabki bosqichi boʻlib, unda bolalar oʻqituvchi rahbarligida birinchi qadam qoʻyadilar. Oʻquv faoliyatida bilim, koʻnikma va malakalarni egallaydilar. Oʻqituvchi sinf bilan yolgʻiz ishlaydi va koʻpincha tarbiyachi sifatida ish yuritadi.
Oʻqituvchilik faoliyati bolalarga munosabatda, katta mehribonligi bilan gʻamhoʻrligi bilan xarakterlanadi. Bular esa katta talabchanlik bilan olib boriladi. Oʻquvchilar bilan olib boriladiga oʻzaro munosabatlarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish hamda oʻquvchilarning oʻsishi va rivojlanishiga qarab ularni tarbiyalash sinf rahbari uchun muhim ahamiyatga ega. Bunda oʻqituvchi oʻquvchilarga pedagogik talablar berishga erishadi, ota-onalar, kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachilari jamoatchilik bilan doimo aloqa bogʻlab turadi. Sinf jamosini tashkil etishda sinf rahbarining oʻrni katta hisoblanadi. Sinf rahbari sinf jamoasini jipslashtirishda ota-onalar va jamoatchilik bilan ham korlikni yoʻlga qoʻyadi. Hamkorlik shakllaridan biri sinf ota-onalar majlisi oʻtkazishdir. Sinf majlisi oʻtkazish uchun, avvalo, jamoani jipslashtirish zarur. Sinf rahbari majlisda koʻplab bolalar tarbiyasiga oid masalalarni koʻradi. Sinf majlisida 3-4 ta masalalar koʻrilib, muammoli tomonlar tahlil qilinadi va oʻz yechimini topishi kerak boʻladi.

Yüklə 102,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin