pedagogik faoliyatda tarbiya turlari va usullaridan foydalanish imkoniyatlari
Topshirdi: Qadamboyeva Asaloy
Tarbiya tushunchasi ikki ma’noda ishlatiladi: tor va keng.
Keng ma’nodagi tarbiya tushunchasi o`z ichiga bolaga ta’sir qiladigan hamma narsani, bola shakllanishini, uni hayotga ijtimoiy, madaniy, ishlab chiqarish tayyorlash barcha qirralarini o`z ichiga oladi. Buni nafaqat maktab oila va maktabdan tashqari tarbiya muassasalari ishlari, balki jamiyatning hayot tarzi undagi g‘oyalar, adabiyot va san`at, tashviqot vositalari radio, televideniye, gazeta va jurnallar ta’lim va ma’lumot ham kiradi.
Tor ma’nodagi tarbiya tushunchasi-bu yoshlarda dunyoqarashni shakllantirish, xulq-atvorni shakllantirish, ularning estetik dinini rivojlantirish va jismoniy kamolotga yetishtirishdir.
Biror bir maksadga karatilgan tarbiya jarayonining moxiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi:
A) Talabaning qaysi hislatini shakllantirish yoki yo‘qotish maqsadida rejalashtiriladi.
B) Shu hislatlarni tarbiyalash yoki yo‘qotish uchun xizmat qiluvchi manbalarni izlab topiladi.
V) Belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy manbalarni qaysisini va qayerda ishlashni rejalashtiriladi. Bunday rejaga solinib olib borilgan tarbiya moxiyatini ta’lim-tarbiya tizimi, jamiyat va insonlarning intellektual va jismoniy faoliyati tashkil kiladi.
Tarbiya turlari turli sohalarga ko’ra tasnif etiladi.
Ta’lim muassasalaridagi tarbiyaviy ishlarning turli yo’nalishlari bilan bog’liqlikda
fuqarolik,
siyosiy,
baynalmilal,
axloqiy,
estetik,
mehnat,
jismoniy,
huquqiy,
ekologik,
iqtisodiy tarbiyaga bo’linadi.
AXLOQIY TARBIYA MAZMUNI
Axloq tarbiyasi insonlarga eng muhim, ziyoda-sharif, baland daraja beruvchi tarbiyadir.
Axloq tarbiyasining maqsadi shaxsni Axloqiy shakllantirishdir.
Shaxsning muhim ma’naviy sifatlari bo`lgan Axloqiy ong, xissiyot va xulqni shakllantirish, Vatanparvarlik, Vatanga muhabbat, O`zbekiston gerbi, bayrog‘i madhiyasiga hurmat, insonparvarlik, ongli intizom va boshqa tuyg‘ularni kamol toptirish Axloqiy tarbiyaning asosiy vazifalarini tashkil qiladi.