Tarbiya usullari, shakllari va metodlari-azkurs.org
Tushuntirish bilan bir qatorda sinfga toʻgʻri kirib kelishga, ularni oʻqituvchi va oʻquvchilar bilan salomlashishga, tartib-intizomni saqlashga mashq qildirib boradi. Shuning bilan birgalikda birinchi sinf oʻquvchilarini yuqoridagi jarayonlarga dars vaqtida odatlantirib boradi. Bu jarayonda ularning amalga oshirgan ijobiy ishlari, oʻquv ishi natijalari ragʻbatlantirib borishni taqozo etadi. Koʻrinib turibdiki, oʻqituvchi oʻquvchilar bilan tarbiya jarayonini olib borganda turli xil usul va metodlarni qoʻllaydi. Tarbiya metodlarining xilma-xilligi ularni turlarga ajratish, tasnif qilish zarurligini koʻrsatadi. Shuning uchun ularning alohida xususiyatlarini hisobga olib guruhlarga ajratish mumkin. Tarbiyaviy natijalarga erishishni istagan har bir oʻqituvchi (tarbiyachi) tarbiya metodlari va ularning mohiyatini puxta oʻzlashtirib olish maqsadga muvofiqdir.

Tarbiya metodlari
Ijtimoiy ongni shakllantirishga xizmat qiluvchi metodlar
Hikoya, tushuntirish, o’qitish, ma’ruza, axloqiy (ma’naviy) suhbat va bahs
Odatlantirish va faoliyatga mashqlantirish metodlari
Pedagogik talab, o’rgatish, mashq qilish, tarbiyalovchi vazifalar, musobaqa, jamoatchilik fikri, na’muna ko’rsatish
Tarbiyada rag’batlantirish va jazolash metodlari
Rag’batlantirish: ma’qullash, dalda berish, tashakkur bildirish. Jazolash: tanbeh berish
Birinchi guruh metodlarining vazifasi oʻquvchining ijtimoiy ongiga hayot, axloq, mehnat qilish munosabatlari qoida va me’yorlari haqida tushuncha hosil qilish va bilim berishdan iborat. Tarbiya jarayonida ushbu qoida va me’yorlar shaxsning e’tiqodi, ishonchi va hayotiy qarashlariga aylanadi. Ushbu guruhga ma’naviy, axloqiy, estetik, mafkuraviy, huquqiy, jismoniy, ekologik, iqtisodiy va h.k. mazmundagi suhbatlar hamda namuna koʻrsatish metodlarini kiritish mumkin.
Ikkinchi guruh metodlari yordamida oʻquvchida ma’naviy mazmunga oid odatlar hosil qiladi. Oʻquvchi xulqida ijtimoiy tarbiyaning mazmuniga muvofiq ma’naviy odatlar asosida, faoliyat zaminida tarkib topadi.
Faoliyat oʻquvchilarning ijtimoiy munosabat va ijtimoiy xulq-atvor tajribasi bilan boyituvchi muhim manba boʻlib hisoblanadi. Ikkinchi guruh metodlari orasida pedagogik talab metodi ahamiyatlidir. Pedagogik talab turli vazifalarni bajarilishi, ya’ni ijtimoiy xulq-atvor me’yorini ifodalash, u yoki bu faoliyatda qatnashib bajarilishi zarur boʻlgan aniq bir vazifani amalga oshirish, u yoki bu harakatni olib borishga undovchi boʻlishi mumkin.
Talablar bevosita yoki bilvosita qoʻyilishi mumkin. Bevosita talablar qat’iy buyruq yoki koʻrsatma, ishchanlik, yoʻl-yoʻriq beruvchi tavsifdagi koʻrinishda boʻladi. Bilvosita talablar kechinma, intilish tuygʻusini uygʻotishi koʻzda tutilgan holda maslahat, iltimos, ta’na qilish, faoliyatiga nisbatan qiziqish uygʻotish tarzida namoyon boʻladi. Talablar oʻquvchida u yoki bu darajaja ong, asos, maqsad hamda e’tiqod mavjudligini nazarda tutadi. Ayni vaqtda oʻqituvchi oʻquvchilarga nisbatan qoʻyiladigan talablarning me’yorida boʻlishiga qat’iy ahamiyat berishi lozim.
Foydali faoliyat va maxsus tashkil qilinadigan vazifalar jarayonida ijobiy xulq-atvor va xarakterlarga oʻrgatib boriladi.
Oʻrgatish – bu ijtimoiy xulq-atvorni odatiy shakliga aylantirish maqsadida oʻquvchilar tomonidan rejali va tizimli tarzda tashkil etiladigan turli harakatlar, tashkil etiladigan amaliy ishlarga undovchi faoliyatdir.
Oʻrgatish oʻquvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishning barcha bosqichlarida samarali vosita sanaladi. Faoliyatda mashqlar mehnat, ijtimoiy faoliyat, jamoa faoliyati hamda oʻzaro munosabat odatlarini tarbiyalashga qaratilganligidir. Mashq qilish oʻrgatish bilan yaqin aloqada boʻladi. Agar oʻrgatib borish negizida bolaning faoliyat jarayonini egallashi yotsa, u holda mashq qilish faoliyati shaxs uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Mashqlantirish oʻrgatib borishga suyangan holda koʻp bora takrorlashni, mustahkamlashni va takomillashtirib borishni nazorat qiladi, bular esa bora-bora ijtimoiy xulq-atvorning asosi boʻlib qoladi.
Tarbiyaviy amaliyotda koʻpincha maxsus pedagogik vaziyatlarni yuzaga keltirish zaruriyati tugʻiladi, bunda mustaqil tanlash uchun imkon boʻladi. Pedagogik vaziyatlarda oʻquvchilar oʻz fikri va xulq-atvorini qayta oʻzgartirishi lozim boʻlgan sharoit yaratiladi.