Axborot turli-tuman ko‘rinishda bo‘lib, ularni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
MATNLI AXBOROT;
GRAFIKLI AXBOROT;
TOVUSHLI AXBOROT;
VIDEOLAVHALI AXBOROT;
BELGILI AXBOROT;
RAQAMLI AXBOROT.
Axborotni klassifikatsiyalash (tasniflash) Axborotlarni turli mezonlar bo‘yicha turlarga bo‘lish mumkin:
O’zlashtirish usuli bo‘yicha:
Ko‘rish orqali— ko‘rish organlari orqali qabul qilish.
Eshitish orqali— eshitish organlari orqali qabul qilish.
Sezish orqali— tashqi sezish retseptorlari orqali qabul qilish.
Hid bilish orqali — hid bilish retseptorlari orqali qabul qilish.
Maza bilish orqali— maza bilish retseptorlari orqali qabul qilish.
Taqdim etish shakli bo‘yicha:
Matnli — til leksemalarini ifodalovchi belgilar ko‘rinishida uzatiladi.
Sonli— matematik hodisalarni ifodalovchi raqam va belgilar ko‘rinishida.
Chizmali — tasvirlar, predmetlar, chizmalar ko‘rinishida.
Ovozli— eshitish orqali leksemalarni yozdirish va uzatish yoki og‘zaki ko‘rinishda.
Vazifasi bo‘yicha:
Ommaviy — xalqning katta qismiga tushunarli bo‘lgan tushunalar va bema’ni ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Maxsus — maxsus tushunchalarni o‘z ichiga oladi, ularni qo‘llashda shunday ma’lumotlar ishlatiladiki, ular keng ommaga tushunarli bo‘lmasa ham, ushbu axborot qo‘llaniladigan tor doiradagi ijtimoiy guruhga tushunarli va zarur bo‘ladi.
Maxfiy — tor doiradagi shaxslarga yopiq (himoya qilingan) kanallar orqali uzatiluvchi.
Shaxsiy — biron-bir shaxs haqida ma’lumotlar yig‘indisi, ijtimoiy mavqeini va ijtimoiy munosabatlarni anglatadi.