Dolzarb — ushbu vaqtda qimmatli bo‘lgan axborot.
Ishonchli — xatolarsiz olingan axborot.
Tushunarli —yo‘naltirilgan insonga tushunarli bo‘lgan tilda berilgan axborot.
To‘liq —to‘g‘ri yechim qabul qilish uchun yoki tushunish uchun yetarli bo‘lgan axborot.
Foydali—qo‘llanilish imkoniyatlarining hajmiga bog‘liq axborotni olgan sub’ekt orqali axborotning foydaliligi aniqlanadi.
Axborot izlash Zamonaviylik cheksiz ma’lumotlar ummoniga o‘xshaydi, unda bizning talablarimizni qondiruvchi axborotlarni topish talab etiladi. Axborotni izlash jarayonini strukturalash maqsadida hatto alohida fan yaratilgan. Uning otasi Kelvin Mauers hisoblanadi. Axborot izlash, tadqiqotchining fikriga ko‘ra, zarur ma’lumotlarga ega, bizning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarimizni qondira oladigan cheksiz miqdordagi hujjatlarni aniqlash jarayonidir.
Harakatlar algoritmi so‘ralgan ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, va taqdim qilish bo‘yicha operatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Axborotni samarali izlash uchun quyidagi rejaga amal qilish kerak:
Ø so‘rovni shakllantirish (topmoqchi bo‘lgan ma’lumotlarni); Ø zarur ma’lumotlarning manbalarini topish; Ø kerakli materiallarni tanlash; Ø olingan bilimlar bilan tanishib chiqish va bajarilgan ishni baholash. Ushbu algoritm ta’lim jarayoni va ilmiy maqola yozishga tayyorgarlikni yengillashtiradi. U axborot – atrofimizdagi cheksiz borliq ekanligini anglash orqali yaratilgan.
Quyidagi harakatlarga alohida e’tibor qaratidai: kerakli axborotni ajratib olish, asosiy va ikkinchi darajali axborotlarni aniqlash. Ta’kidlash joizki, bilim ko‘rinishidagi istalgan axborotni olish tanishdan notanishga (yangiga), oddiydan murakkabga tomon borishi kerak.
YОDDA TUTING
Ilmda axborot haqqoniy dalillar, ma’lumotlar va isbotlarga tayanishi kerak. Barcha ilmiy nashrlar - bu yangi, haqqoniy dalillar, kuzatishlar, umumlashtirishlar haqidagi xabarlar. Haqqoniy bo‘lmagan axborot ilmda real voqelikka zid bo‘lgan axborot kabi chetlatiladi.