Axborot resurslari – bu insoniyat g‘oyalari va ularni amalga oshirish mumkin bo‘lgan shakldagi ko‘rsatmalar
AXBOROT RYESURSLARI - bilimlarni (fanda, ta’limda, iqtisodiyotda) qo‘llash bilan bog‘liq faoliyat olib boruvchi foydalanuvchilarga saqlash (elektron va qog‘ozli hujjatlar, kitoblar, filmlar va b.), to‘plash, qayta ishlash va taqdim qilishga mo‘ljallangan shakldagi axborot (mattnli, grafikli, audio, video va b.)
Axborot resurslari, uni yaratganlar ishtirokisiz, bir necha marotaba qo‘llanilishi mumkin. Bilimlarni saqlash ob’ekti bo‘la turib, axborot resurslari bir vaqtda yangi bilimlarni egallashda boshlang‘ich manba vazifasini o‘tashi mumkin, o‘z navbatida, ular axborot resurslari shaklida taqdim etilishi mumkin. Axborot resurslarini qo‘llash yoki inson tomonidan yoki kompyuter dasturlari tomonidan talqin qilinishi mumkin. Axborot resurslari elektron shaklda (masalan, elektron hujjat fayllari) va boshqa shakllarda (qog‘oz shaklidagi kataloglangan matnlar va tasvirlar, kinoplyonkadagi kinofilmlar) mavjud. Axborot resurslari davlat va boshqa hujjat arxivlarida, kutubxonalarda (elektron shaklda ham), axborot tizimlari serverlarida saqlanadi. Har bir axborot resursi uning joyi, qo‘llanish sohasi va boshqa ma’lumotlarga ega tasnifi bilan beriladi. Masalan, XX asr o‘rtalarida kutubxonalarda bunday tasniflash katalog yashiklarida joylashtirilgan kartochkalarda aks etgan. Zamonaviy kutubxonalarda, arxivlarda, odatda, elektron kataloglar va qidiruv tizimlari qo‘llaniladi. Elektron axborot resurslarini saqlashda qattiq disklar, optik disklardan foydalaniladi. Elektron axborot resurslari kompyuter axborot tizimlarida qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Elektron to‘plagichlarning ixchamligi, katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlay olishi, tez ishlashi hamda u bilan ishlashning qulayligi turli axborot resurslarini elektron shaklga (hujjatlarni va kitoblarni skanerlash, foto-, videokameralar yordamida tasvirga olish) o‘tkazishni taqozo etdi. Elektron shakldagi axborot resurslari (elektron ensiklopediyalar, elektron kitoblar) tezlik bilan an’anaviy ko‘rinishdagilarni siqib chiqarmoqda. XX asr oxiri XXI asr boshlarida axborot resurslari ahamiyati jihatidan davlatning mehnat, energetik resurslaridan kam emas hamda milliy boylik sifatida qaraladi.