Tarbiyachi o'qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi o'zaro hamkorlik


O’qituvchining pedagogik takti



Yüklə 25,92 Kb.
səhifə3/4
tarix07.01.2024
ölçüsü25,92 Kb.
#205090
1   2   3   4
Tarbiyachi o\'qituvchi va o quvchi o rtasidagi o\'zaro hamkorlik-fayllar.org

2.O’qituvchining pedagogik takti
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, aynan pedagogik takt mavjudligi o’qituvchiga ijobiy his–tuyg’ularga asoslangan muomalani qurishga, bolalar bilan psihologik aloqani o’rnatish va saqlab turishga yordam beradi.

Pedagogik takt talablariga amal qilgan holda o’qituvchi o’zida muomalaning demokratik uslubini shakllantirishi, o’quvchilar bilan o’zaro muomala madaniyatini egallashi mumkin.


Pedagogik takt ustida ish olib borgan tadqiqotchilar bu tushunchaning hajmi va sig’imini alohida ta’kidlashadi hamda uning yagona aniq ta’rifi yo’qligini aytishadi. Pedagogik takt mohiyatini ochib berish murakkabligi uning umumiy qabul qilingan ”takt” tushunchasiga nisbatan o’ziga hos hususiyatga ega ekanligi bilan belgilanadi.
Takt so’zi aynan tarjima qilinganda ”ta’sir ko’rsatish” degan ma’noni bildiradi. Bu ahloqiy kategoriya bo’lib odamlar o’rtasidagi o’zaro munosabatni boshqarib turadi. Insonparvarlik printsiplariga tayangan holda hulq–atvor taktikasi eng murakkab ziddiyatli holatlarda ham insonga nisbatan hurmatni saqlab qolishni talab etadi. Hulq–atvor taktikasiga ega bo’lish, ya’ni taktikali bo’lish, har bir insonga nisbatan, ayniqsa, o’qituvchiga nisbatan qo’yiladigan ahloqiy talabdir. Pedagogik takt – o’qituvchining kasbiy sifatlaridan biri, mahoratining bir qismidir. Pedagogik takt umumiy qabul qilingan takt tushunchasidan shunisi bilan farq qiladiki, u faqat o’qituvchining shahsiy sifati bo’libgina qolmay, balki o’quvchiga nisbatan to’g’ri munosabatni tanlay olishi hamdir.
Demak, pedagogik takt – bu o’qituvchining o’quvchilarga nisbatan pedagogik maqsadga yo’naltirilgan ta’siri me’yori, samarali muomala uslubini o’rnata olish qobiliyatidir.
Ta’sir ko’rsatish me’yori tarbiya vositalarini qo’llashda ham namoyon bo’ladi. Huddi dorishunoslikda dorilarning qabul qilish miqdori va vaqti, bemorlarning yoshi va individual hususiyati aniq belgilab berilganidek, o’qituvchi so’zi ham, uning ish usullari ham, o’quvchining ensasini qotirmaydigan, samarali va salohiyatli bo’lishi kerak. Ma’lum bir ta’sir usulini me’yoridan oshirib yuborish o’quvchiga teskari ta’sir ko’rsatishi mumkin. Masalan, me’yoridan ortiq talabchanlik – quloqsizlikka; haddan ziyod yumshoqlik – qo’pollikka olib kelishi mumkin. O’quvchilarni hurmat qilib turib, o’qituvchi o’zining umuman bolalarga nisbatan hurmatini namoyon etishi lozim.
O’zaro hurmat va bolalarga nisbatan mehr talabchanlikni chetlab o’tmaydi, aksincha uni qayd qiladi. Hurmat va talab dealektik jihatdan o’zaro bog’liq tushunchalardir. O’quvchining tarbiyalanganlik darajasiga qarab o’qituvchi o’zining ularga bo’lgan munosabati shaklini tanlaydi, (qiziqish va hayrihohlik yoki befarqlik, samimiylik yoki hech qanday hissiyotsiz quruq munosabat, yumshoqlik yoki qattiqqo’llik va h.k.). Bolaga nisbatan e’tibor va mehribonlik munosabatlar ifodasi ularning yoshiga qarab o’zgartirilishi kerak. Masalan, kichik maktab yoshidagi bolalar bilan muomala qilganda ularni quchoqlash, boshini silash yoki ismini erkalab chaqirish mumkin. Katta maktab yoshidagi o’quvchilarga nisabatan bunday munosabat faqat ba’zi alohida holatlarda (masalan, o’quvchining tug’ilgan kuni bo’lsa, fan olimpiadalarida yoki sportda ma’lum bir muvaffaqiyatlarga erishsa va sh.k.) ko’rsatilishi mumkin. O’smirlar bilan munosabatda jiddiylik va oddiy muomalani qo’llangan ma’qul. CHunki ular katta kishi bo’lishni istaydilar va har qanday bolalarcha munosabat ularning g’ashiga tegishi mumkin.
Pedagogik takt o’qituvchi hulq-atvorining mo’’tadilligida namoyon bo’ladi. U o’quvchiga ishonch bilan qarashni ko’zda tutadi, hatto tavakkal qilib bo’lsa ham. O’quvchiga ishonchsizlik bilan qaraydigan va o’zining shunday munosabatini har bir qulay fursatda bildirib turadigan o’qituvchi pedagogik taktga ega emas deyish mumkin. O’qituvchi ishonchi o’quvchi faoliyati uchun turtki bo’lishi kerak. Bunda o’quvchi o’zining urinishlari va muvaffaqiyati zavqini to’yishi uchun uni ataylab ko’proq maqtash, erishgan yutug’i kichkina bo’lsa ham, bo’rtiribroq ko’rsatish maqsadga muvofiq bo’ladi.
O’qituvchining muomala madaniyati, takti uning o’quvchilar bilan birgalikdagi turli faoliyati ko’rinishlarida namoyon bo’ladi. Masalan, darsda, sinfdan tashqari ishlar jarayonida yoki kundalik hayotda.
Darsda pedagogik takt. O’quvchilarning o’qituvchilar bilan kelishmovchiliklari tahlili shuni ko’rsatadiki buning asosiy sababi o’qituvchining o’quvchilarga nisbatan qo’pol munosabatlarida namoyon bo’ladigan taktsizligidir. Ba’zi o’qituvchilar: ”Nega muncha qimirlaysan, stulning mihi bormi?” kabi tanbehlarni odatiy, oddiy tanbeh deb hisoblashadi. Ba’zan jahli chiqib, jazavaga tushgan o’qituvchi butun sinf oldida o’quvchini ko’chada qaerda va kim bilan ko’rganini eslab qoladi. Ko’pincha, mana shunga o’hshash holatlar natijasida kelishmovchilik va ziddiyatlar kelib chiqadi.
Takt o’qituvchiga darsning har bir bosqichida zarur. Ayniqsa, o’quvchilar bilimini tekshirish va baholash jarayonida o’qituvchi o’z muomalasiga e’tibor berishi kerak. Bu o’rinda o’quvchini eshita olish qobiliyatiga qarab o’qituvchi takti namoyon bo’ladi. YA’ni o’quvchi javoblari mazmuni va shaklini diqqat bilan kuzatish, sabr–toqatli bo’lish shular jumlasidandir. Bunda, albatta, ”Bu narsa shart emas!”, “O’tir, har doimgidek, hech narsani bilmaysan!” kabi luqmalar o’rinsiz hisoblanadi.
SHunday voqealar ham bo’lganki, duduq bolalar mahoratli o’qituvchining darslarida o’z kamchiliklarini unutib yuborganlar, taktsiz, qo’pol o’qituvchi darsda esa faqat duduqlanaverganlar.
Barcha o’quvchilar diqqat va e’tibor bilan, munosabat bildirib etisha oladigan o’qituvchini yahshi ko’radilar. SHuning uchun ham o’quvchi javob berayotganda ochiq chehra bilan ma’qullab turish, qo’llab – quvvatlash lozim. O’quvchining javobini turli izohlar bilan bo’lib turish maqsadga muvofiq emas.
O’quvchilar bilimini baholash jarayoni ham o’qituvchi taktining namoyon bo’lishi uchun muhim bosqich hisoblanadi. Ba’zan baholash jarayonida o’qituvchi bahoni shunday izohlaydiki, go’yo yahshi bahodan ham qoniqmaganday: “Sen meni hayron qoldirding. Senga yahshi baho qo’yishga majburman”. Vaholangki, bunday paytda o’qituvchi bo’sh o’zlashtiradigan o’quvchisining yahshi javobidan chin dildan quvonishi uning uchun haqiqatda qayg’urishi lozim. Ahir bu ham muomala san’atini belgilaydi.
Psihologik va didaktik tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, bo’sh javoblarni baholash jarayonidagi motivlashtiruvchi izohlarning berilmasligi natijasida bunday o’quvchilar uch oy mobaynida o’qituvchi savolini tushunmaydigan bo’ladilar. O’zlaridagi ishonchsizlik sababli qayta–qayta so’rash, o’ziga takror savollar berilganda jim turishga odatlanadilar. SHuning uchun hatto qonaqarli yoki yomon baho ham ijobiy mazmun kasb etishi va istiqbolli yo’naltiruvchi hususiyatga ega bo’lishi kerak. Masalan, ”Agar mana bu eri asoslanganda, to’g’ri bo’lar edi...”, “SHoshma, ulgurasan”.
Takt va taktika. Pedagogik takt o’qituvchi hulq–atvori mo’’tadilligi, ya’ni taktikani ham ko’zda tutadi. CHunki pedagogning o’quvchilari oldida turli rollarda namoyon bo’lishi undan har hil pedagogik taktdan foydalanishni talab etadi.
Darsda, agar o’quvchilar tayyorlanmagan bo’lsalar, aniqlik, jiddiylik, qat’iylik mazmunidagi munosabat, sinfdan tashqari ishlar jarayonida erkinlik, samimiyli, ochiqlik, (ayniqsa, yakka suhbat, sayohat, turli hil o’yinlar jarayonida) mazmunidagi munosabat juda muhim. SHuning uchun ham munosabatning turli shakllari (yig’ilish, bahs – munozara, sinfdan va darsdan tashqari ishlar jarayonidagi munosabat) o’qituvchidan muomalaning turli uslublaridan foydalanishni talab etadi.
Muomala taktikasini tanlash roli pozitsiyalardan foydalana olish ko’nikmalariga bog’liq. Psiholog olimlar shunday pozitsiyalarning 4 turini ajratadilar: ”yuqoridan qurish”, “pastdan qurish”, “yonma–yon qurish”, “betaraflik pozitsiyasi”.
“YUqoridan qurish” (muomalani) pozitsiyasida o’qituvchi o’zining mustaqqilligini va butun mas’uliyatni o’z zimmasiga olganligini namoyish etadi. Bu pozitsiya ”ota - onalar” pozitsiyasi deyiladi.
Muomalani ”pastdan qurish” esa tobe, bo’ysunuvchi, o’ziga ishonmaydigan shahs pozitsiyasi hisoblanadi. Bu pozitsiya ”bolalar” pozitsiyasi deyiladi.
“YOnma–yon qurish” pozitsiyasida hulq–atvordagi hushmuomalalik, sipolik, vaziyat bilan hisoblashish, boshqalarning qiziqishlarini tushunishi va mas’uliyatni o’zaro bo’lishish ko’nikmalari namoyon bo’ladi. Bu ”kattalar” pozitsiyasi deyiladi.
Vaziyatga ko’ra o’qituvchi u yoki bu pozitsiyani tanlashi mumkin. Zero, muomala ikki tomonlama jarayon bo’lganligidan o’qituvchi boshqa kishining roliga qarab o’z pozitsiyasini belgilaydi, odatda pedagogning, ya’ni hamkorlikda ish yuritayotgan katta kishi pozitsiyasi muomalaning ishchan darajasini nazarda tutadi. Bu pozitsiya o’quvchida o’zaro hamkorlik jarayonidagi teng huquqli sherikni loyihalashtiradi. Bu pozitsiyani amalga oshirish usuli quyidagicha bo’lishi mumkin: “Men sen (sizlar) bilan maslahatlashmoqchiman”, “Kelinglar, birgalikda o’ylab, masalani hal qilamiz”.
SHuningdek, pedagog o’z muomalasida ba’zan “bolalar” pozitsiyasini ham qo’llaydi. Masalan, qoidaga ko’ra o’qituvchi jamoaviy ijodiy ishlarni tashkil etish bosqichlaridan birida muvaffaqiyatga shubha qilish, ikkilanish hissini namoyon etadi va bu bilan yuqori sinf o’quvchilariga bu ishning asosiy mas’uliyatini o’z zimmalariga olish imkonini yaratadi. Muomalani ”pastdan qurish” pozitsiyasi o’quvchi mustaqil faoliyatni namoyon etishiga mo’ljallangan.
Muomalaning ”yuqoridan qurish”, ya’ni “ota - onalar” pozitsiyasi pedagogik faoliyat uchun hos hususiyat bo’lsada, butun ta’lim-tarbiya ishida yagona va bir hil pozitsiya bo’la olmaydi. Zero, bu pozitsiya agar o’quvchi ”bolalik” rolidan chiqa olmasa, va faqat shu vaziyatda dialogik o’zro ta’sirni amalga oshirishga qaratiladi. Muntazam ”yuqoridan qurish” pozitsiyasida turish shahs rivojlanishining to’htatib qo’yishi yoki muomalada ziddiyatlarga olib kelishi mumkin.
Demak, rolli pozitsiyalar tahlili shuni ko’rsatadiki, pedagog uchun o’quvchilar bilan o’zaro hamkorlik qila olish ko’nikmasiga ega bo’lish, pedagogik taktga rioya qilish, muomala taktikasini bilish juda muhim.



Yüklə 25,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin