Tarbiyachi o'qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi o'zaro hamkorlik



Yüklə 25,92 Kb.
səhifə2/4
tarix07.01.2024
ölçüsü25,92 Kb.
#205090
1   2   3   4
Tarbiyachi o\'qituvchi va o quvchi o rtasidagi o\'zaro hamkorlik-fayllar.org

Modellashtirish bosqichi o’qituvchidan auditoriyanining o’ziga hos hususiyatlarini, ya’ni o’quvchining o’quv-biluv faoliyati hususiyatlarini, yuz berishi mumkin bo’lgan qiyinchiliklar, ish sur’ati kabilarni bilishni talab etadi. Darsga tayyorlayotgan material bo’lg’usi o’zaro hatti–harakatlar vaziyatida hayolan tasavvur etilishi va faqat o’qituvchi emas, balki o’quvchi nuqtai nazaridan ham o’ylangan bo’lishi kerak.
“Komunikativ hujum” bosqichi nomidan ko’rib turibdiki, sinfni tezgina o’quv ishiga jalb etish texnikasi, o’zini namoyish etish va dinamik ta’sir ko’rsata olish usullarini bilish demakdir.
Muomalani boshqarish bosqichida o’quvchilarning tashabbusini qo’llab–quvvatlash, dialogik muloqotni tashkil etish, aniq yuzaga kelgan sharoitga ko’ra o’z fikrlarini to’g’rilab borish malakalari juda muhimdir.
Va nihoyat, muomalani tahlil qilish maqsad, vosita va nitajaning o’zaro hamohangligiga yo’nalgan bo’ladi.
Tabiiyki, o’qituvchi muomalani va yahlit o’quv–tarbiya jarayonini boshqarishda tashabbuskor va etakchi bo’lishi kerak. Buning uchun o’qituvchi o’z muomalasining boshlang’ich operativligiga e’tibor berishi kerak.
Bularning hammasi muomalaning samaradorligiga halaqit beradigan to’siqlarni engishga yordam beradi. Bunday to’siqlar, ayniqsa, pedagogik faoliyatning boshlanishida tez-tez uchradi. Birinchidan, sinfdan qo’rqish. Bu to’siqni psihologik jihatdan o’zini tayyorlash, diqqatni qurilajak muloqotning qiziqarliligiga qaratish, muomalaning ”hissiy o’zagi”ni topish orqali bartaraf etish mumkin. SHunga o’hshash to’siqlarga yana jismoniy to’siq ham kiradi. YA’ni bunda o’qituvchi o’zini o’quvchilardan ajratadi, stol, stul orqasida yoki burchakda turib, o’zini yashirishga harakat qiladi. Bundan qutilish yo’li bitta – o’ziga ishonch namoyon qilib ochiq pozitsiyada turib ishlash.
Ijtimoiy to’siq o’z pozitsiyasini ”yuqoridan” turib, doimiy ravishda ta’kidlab turish (“Sizning oldingizda o’qituvchi turibdi”) natijasida paydo bo’ladi. YA’ni o’qituvchi o’z nutqini o’quvchilarning tushunish darajalariga moslashtira olmaydi.
Har qanday to’siqlarni engishdan avval, o’qituvchi o’zida muomalaning to’g’ri ko’rinishlarini shakllantirishi kerak bo’ladi. Turli ko’rinishdagi individual muomala shakllari ichida ba’zi umumiy hususiyatga ega bo’lganlari ham ajratiladi. SHunday muomala shakllari majmuasidan bir necha muomala usullari ajratiladi.
O’qituvchi va o’quvchining o’zaro muomalasi jarayonida muomalaning ikki hissiy qutbi shakllanishi mumkin. O’qituvchining ijodiy his–tuyg’ularga asoslangan o’zaro munosabatini tashkil eta olish qobiliyati haqiqiy tarbiyaviy samara berishi mumkin. Salbiy hissiy holat ham paydo bo’lishi mumkin, lekin o’zaro ta’sirning ohirgi maqsadi sifatida emas, balki ijodiy hissiy natijaga erishish uchun mumkin bo’lgan vaziyatli vosita sifatida paydo bo’ladi. (Masalan, o’zgalar oldida hurmatni yo’qotishdan qo’rqish).



Yüklə 25,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin