Asosiy harakat turlarini mustahkamlash – ushbu qism barcha bolalar uchun emas balki, ayrim sakrash, yugurish, tirmashib chiqish, uloqtirish, irgʻitish, turli usullarda yurishda kamchiliklar boʻlgan bolalar bilan olib boriladi va qaysi harakat mustahkamlanishi kerak bo’lsa o’sha harakat qayd etiladi va mustahkamlanadi.
Ixtiyoriy oʻyinlar – bolalarning hoxish-istaklariga koʻra deb qayd etiladi.
Kunning ikkinchi yarmini rejalashtirish
(taxminan 13:00 dan 15:00gacha, takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi asosida katta va tayyorlov guruhlarda bolalarning uyqusiz vaqtida).
Toʻgarak ishlari – (MTTning Kuzatuv kengashi qaroriga koʻra turli toʻgaraklar kunning ikkinchi yarmida tashkil etiladi.
Badiiy adabiyot – hafta mavzusiga koʻra tanlanadi.
Pedagoglarning bolalar bilan yakka ishlashlari – pedagoglar (psixolog, musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yoʻriqchisi) hamkorligi asosida rivojlanish xaritasining indikatorlari boʻyicha yakka tartibda ishlash tashkil etilib, tarbiyalanuvchi oʻzlashtirmagan rivojlantiruvchi sohalar indikatorlari boʻyicha ishlar rejalashtirilib, tarbiyalanuvchining familiyasi va ismi qayd etiladi.
Kechki davra suhbati oʻtilganmavzu taxlili (refleksiya)– ushbu suhbat jarayonida bolalarning kun davomida olgan bilim, koʻnikma va malakalari (bola kompetensiyasi) tahlil qilinadi va umumlashtiriladi hamda bolalarni qiziqishlarini inobatga olgan holda, ertangi kunda faoliyat yuritadigan markazlar haqida maʼlumot beradi (refleksiya).
Kechki soat (taxminiy vaqti 16:30 dan 18:00 gacha. 10,5 soatli MTT uchun) Ikkinchi sayrda – ixtiyoriy oʻyinlar, ota-onalar bilan suhbat rejalashtiriladi (tarbiyalanuvchining oʻzlashtirishi, taʼlim jarayondagi ishtiroki, uyga vazifasi, bolaning rivojlanish xaritasi bajarilmagan indekatori boʻyicha (bola shaxsiga tegishli maʼlumot yakka holatda oʻtkaziladi) mavzularda).
Ikkinchi sayrdagi jadvalning izoh qatoriga bir nechta ixtiyoriy oʻyinlar tanlanganda jadvalning birinchi qatoriga yoziladi. Ikkinchi qatoriga ota-onalar bilan oʻtkazilgan suhbat mavzusiga izoh talab etilganda va birdan ortiq mavzular tanlanganda mazkur qator toʻldiriladi.