Tarbiyada oilaviy udumlar va an`analar Reja: Kirish Asosiy qism



Yüklə 56,17 Kb.
səhifə1/6
tarix19.04.2023
ölçüsü56,17 Kb.
#100811
  1   2   3   4   5   6
Tarbiyada oilaviy udumlar va an`analar Reja Kirish Asosiy qism




Tarbiyada oilaviy udumlar va an`analar


Reja:



  1. Kirish

  2. Asosiy qism

  1. Tarbiya jarayonida udumlar va an’analarning mazmuni

  2. Oila tarbiyasida urf-odatlar, an'analardan foydalanish

  1. O’zbеk xalqining mеhmondo’stligi, turmush kеchirish 
    tartib - qoidalarining tabiyada aks etishi 

  2. Xulosa

  3. Foydalanilgan adbiyotlar ro`yhati





Kirish



Kurs ishining dolzarbligi. Oila tarbiyasi — oilada otaona, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy taʼsirchan kuch — oilada ruhiy xotir-jamlik, samimiy munosabat, ota-ona obroʻsining yuqori boʻlishi, bolalarga talab qoʻyishda oila kattalari oʻrtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida eʼtibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qoʻyish, oilada qatʼiy rejim va kun tartibini oʻrnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlari-nl hisobga olish, boladagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qoʻllabquvvatlash va h.k. Oila qanchalik tartibli, uning aʼzolari oʻrtasidagi munosabat samimiy boʻlsa, Oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli boʻladi. Oila tarbiyasida ota-ona obroʻsi, ularning kuzatuvchanligi, sezgirligi, hozirjavobligi muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Oila tarbiyasida tarbiya jarayoni zerikarli, quruq nasihatgoʻylikdan iborat boʻlib qolmasligi lozim. Bola hayotining koʻp qismi oilada oʻtadi. Shu boisdan mavjud anʼanalar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy taʼsirida bola asta-sekin ka-mol topib boradi. Anʼana va marosim Oila tarbiyasining qudratli qurolidir. Oila tarbiyasi ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada boʻlsagina, kutilgan natijalarga eri-shish mumkin. Oila tarbiyasida yutuklarga erishish ota-onalarning pedagogik bilimlarga egaligi, Oila tarbiyasi boʻyicha tajribalar alma-shishi, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga qizgʻin jalb qilishga ham bogʻliqdir. Har bir ota-ona Oila tarbiyasida oʻzlarining burch va masʼuliyatlarini chuqur anglashlari lozim. Normal oilaviy muhit, bolani kitob oʻqishga, mehnat qilishga oʻz vaqtida jalb etish ham Oila tarbiyasining muvaffaqiyati garovidir. Oilada ota yoki onaning yoʻqligi yoki ulardan birining ketib qolishi Oila tarbiyasiga katta zarar yetkazadi. Ularning bolaga beradigan tarbiyaviy taʼsir kuchi yoʻqoladi, Oila tarbiyasidagi muvozanat buziladi. Bunday sharoitda bola qalbi qat-tiq jarohatlanadi, u tajang, serjaxl, qoʻpol, dagʻal boʻlib qoladi, kattalarga ishonmay qoʻyadi, oʻqishi pasayib ketadi. Oila tarbiyasida otaning obroʻsi katta ahamiyatga ega. Bolalarni barkamol inson qilib yetishtirishda maktabni oila bilan bogʻlamasdan muvaffaqiyatga erishib boʻlmaydi. Shuning uchun Oila tarbiyasida maktab va ota-onalar oʻrtasidagi taʼlimtarbiyaga oid birgalikdagi ishlari katta ahamiyatga ega. Otaonalarning oʻqituvchilar bilan boʻlgan uchrashuvlarida aytilgan fikrlar, ayniqsa qimmatlidir. Chunki ular oʻz farzandlari toʻgʻrisida koʻproq narsalarni bilib oladilar. Shuning uchun bola tarbiyasining tub mohiyatini tushungan har bir ota-ona oila bilan maktab oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga intiladi. Bola maktabni tamomlagunga qadar otaona maktab bilan yaqin aloqa oʻrnatishi, farzandining darslarini oʻzlashtirishi, xulq-atvoridan xa-bardor boʻlib turishi, tarbiya masalalarida oʻqituvchi, sinf rahbari bilan maslahatlashib turishi, bolaning darsdan soʻng nima bilan mashgʻulligi haqida oʻqituvchi va sinf rahbarini xabardor qilib turishi lozim. Uz navbatida oʻqituvchi va sinf rahbari ham bolaning oʻqishi, odobi, xulqi, maktabda oʻzini tuta bilishi haqidagi maʼlumotlarni ota-onaga yetkazishi, zarurat tugʻilganda paydo boʻlgan muam-molarni birgalikda hal qilishi zarur. Farzandi maktabga borgan ota-ona maktab jamoasining aʼzosi boʻlib qolishi kerak. Oʻqituvchi va sinf rahbari ham oʻz oʻquvchisining oilasi bilan mustahkam ham-korlikni yoʻlga qoʻymogʻi lozim. Oila tarbiyasida ota-onalarning mahalla faollari, mehnat faxriylari bilan hamkorliklari ham muhim. Oila tarbiyasi farzandlarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratilsagina muvaffaqiyatli boʻlishi mumkin. Oila tarbiyasida har bir oila oʻziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi. O’zbek xalqi barcha zamonlarda o’zining rang-barang va yuksak madaniyati, urf-odat va an’analari bilan ajralib turgan. Ma’lumki, milliy, urf-odat, an’analar va udumlar ming yillar davomida yara­tilgan va xalqning turmush tarziga aylanib ketgan. Ular millatning hayot tomiri, mustahkam ildizlaridir.
Barcha davrlarda bosqinchi-mustamlakachilar xalq­ning ustidan hukmronlik qilish uchun ularni mil­liy urf-odatlari, an’analari, qadriyatlari, tili, dini, umuman, milliy o’zligidan ayirishga harakat qilganlar. Bizning xalqimiz ham o’zining uzoq ta­rixiy taraqqiyoti davomida mana shunday harakatlarni boshidan o’tkazdi. Birgina qadimgi yunon sarkardasi Aleksandr Makedonskiy yurtimizga bostirib kelgan vaqtida ajdodlarimizning ma’naviy boyligi bo’lgan «Avesto» kitobini yoqib, yo’q qilishi bunga yorqin misol bo’la oladi.
Xalqimizni milliy an’ana va urf-odatlaridan mahrum qilish siyosati sho’rolar mustamlakachiligi davrida ham yaqqol namoyon bo’ldi. Ular xalqimiz turmush tarzining tarkibiy qismiga aylanib ketgan udumlar, urf-odat va an’analari, turli bayramlari, marosimlari, hattoki, do’ppisi, sumalagi, beshigini cheklab qo’yish uchun turli bahonalarni o’ylab topdilar va ustalik bilan amalga oshirdilar.



Yüklə 56,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin