Tarbiyalash muammolari



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix18.11.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#69819
1   2   3   4   5
inklyuziv-ta-limda-nogiron-bollalarni-o-qitish-va-tarbiyalash-muammolari

MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Inklyuziv ta'lim tizimida quyidagi maqsad va vazifalarning hal etilishi talab 
etiladi: 
- ta'lim muassasasida imkoniyati cheklangan bolalar va usmirlarning ta'lim 
olishlari uchun zaruriy psixologik-pedagogik, korreksion sharoitlarni yaratish, 
ularning imkoniyatiga yunaltirilgan umumta'lim dasturlari va korreksion ishlarni 
amalga oshirish orqali ruxiy rivojlanishi, ijtimoiy moslashtirishni amalga oshirish;
- o’quvchilarning ta'limdagi tenglik xuquqini kafolatlash; 
- jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va saglom bolalarning 
extiѐjlarini qondirish, ijtimoiy xaѐtga erta moslashtirish; 
- imkoniyati cheklangan bolalar va usmirlarni oilalardan ajramagan xolda
yashash xuquqini ruѐbga chiqarish;
- jamiyatda imkoniyatti cheklangan bolalar va usmirlarga nisbatan dustona
va mexr-muxabbatli munosabatni shakllantirishdir. 


Oriental Renaissance: innovative, 
educational, natural and social sciences
 
 
VOLUME 1 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784
 
236 
w
www.oriens.uz
2021
 February 
 
Inklyuziv ta'limning muammolari. Ko‘plab davlatlarda inklyuziv ta'limni joriy 
etish bo‘yicha davlat normativ xujjatlarida qayd qilinmaganligi; Nogiron bolalarga 
nisbattan salbiy munosabat; Imkoniyati cheklangan bolalarning hamjamiyatda 
ko‘rinmaslik muammosi; Imkoniyati cheklangan bolalarning maktabda ko‘rinmaslik 
muammosi; Moddiy mablag‘ muammolari; Ta'lim muassasalarini moslashtirish; 
Sinfda o‘quvchilar sonining ko‘pligi; Kambag‘allik; Jinsiy tafovutlarga qarab 
kamsitish; Imkoniyati cheklangan bolalarning boshqalarga qaramligi; Favqulodda 
vaziyatlar , mojarolar, qochoqlar; Kadrlar masalasidagi muammolar. Haqli savol 
tug‘iladi, nima uchun imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta'lim tizimiga jalb 
etish kerak? Yuqorida keltirilgan dalillarni hal etib inklyuziv ta'lim tizimiga o‘tishga 
qanday zaruriyat bor?
Darhaqiqat, bu ta'lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish oson kechmaydi. 
Ammo bu ta'lim tizimining nafli jixati juda ko‘p ular sirasiga qo‘yidagilar kiradi:
 
Inklyuziv ta'lim qashshoqlik iskanjasidan qutilishga imkon beradi;
 
Inklyuziv ta'lim barcha uchun ta'lim sifatini yaxshilaydi;
 
Kamsitishlarni oldini oladi;
 
Inklyuziv ta'lim yanada inklyuzivlikka olib keladi.
1
Inklyuziv ta'limning prinsiplari: 1. Insonning qadr qimmati, uning qobiliyati va 
yutug‘iga bog‘liq emas. 2. Har bir inson o‘ylash va xis qilish qobiliyatiga ega. 3. Har 
bir kishi eshitish va muloqot qilish qobiliyatiga ega. 4. Har bir kishi bir\biriga 
muxtoj. 5. Shaxsning to‘liq va haqiqiy ta'lim olishi faqat real hamkorlikda amalga 
oshadi. 6. Hamma kishilar o‘z tengdoshlarini qo‘llab quvvatlashga muxtoj. 7. Hamma 
ta'lim oluvchilarni yutuqga erishishiga ularning nimadir qila olmasligi emas , balki 
nimanidir qila olishidir. 8. Hamkorlik qilish kishi haѐtini har tomonlama 
ko‘chaytiradi. Inklyuziv ta'lim tizimi qo‘yidagi ta'lim muassasalarni o‘z ichiga oladi; 
maktabgacha umuta'lim, umu o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus kasb-xunar va oliy ta'lim. Bu 
ta'lim muassasalarning maqsadi bolalarning ta'lim olishi va kasb-xunarga tayѐrlashda 
ularning o‘rtasidagi to‘siqlikni bartaraf etib ochiq ta'lim muxitini yaratishdan iborat.
Umumta'lim maktablarda alohida dastur va darsliklardan foydalanish imkoniyati 
bo‘lmaydi. Inklyuziv ta'lim tizimi integratsiyalashgan ta'lim tizimidan uzinig
mazmun – moxiyati, maqsadi, vazifalari va xarakat dasturi bilan farqlanadi. 
Bolaning tarbiya va o‘quv faoliyatida orqada qolishi psixik funksiyalarni 
o‘zlashtirmaganligi natijasidir. Masalan, bolaning kiyim kiyishida ketma-ketlikning 
buzilishi uning xotirasi zaifligidan emas, balki ushbu jarayonni amalga oshirish 
uchun zarur bo‘lgan malakalarni egallamaganligi tufayli ro‘y beradi. Bunday psixik 
1
(Maktablar hamma uchun – Save the children – 2002y. 20\23 bet.) 



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin