Oriental Renaissance: innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 1
ISSN 2181-1784
236
w
www.oriens.uz
2021
February
Inklyuziv ta'limning muammolari. Ko‘plab davlatlarda inklyuziv ta'limni joriy
etish bo‘yicha davlat normativ xujjatlarida qayd qilinmaganligi;
Nogiron bolalarga
nisbattan salbiy munosabat; Imkoniyati cheklangan bolalarning hamjamiyatda
ko‘rinmaslik muammosi; Imkoniyati cheklangan bolalarning maktabda ko‘rinmaslik
muammosi; Moddiy mablag‘ muammolari; Ta'lim
muassasalarini moslashtirish;
Sinfda o‘quvchilar sonining ko‘pligi; Kambag‘allik; Jinsiy tafovutlarga qarab
kamsitish; Imkoniyati cheklangan bolalarning boshqalarga qaramligi; Favqulodda
vaziyatlar ,
mojarolar, qochoqlar; Kadrlar masalasidagi muammolar. Haqli savol
tug‘iladi, nima uchun imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta'lim tizimiga jalb
etish kerak? Yuqorida keltirilgan dalillarni hal etib inklyuziv ta'lim tizimiga o‘tishga
qanday zaruriyat bor?
Darhaqiqat, bu ta'lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish oson kechmaydi.
Ammo bu ta'lim tizimining nafli jixati juda ko‘p ular sirasiga qo‘yidagilar kiradi:
Inklyuziv ta'lim qashshoqlik iskanjasidan qutilishga imkon beradi;
Inklyuziv ta'lim barcha uchun ta'lim sifatini yaxshilaydi;
Kamsitishlarni oldini oladi;
Inklyuziv ta'lim yanada inklyuzivlikka olib keladi.
1
Inklyuziv ta'limning prinsiplari: 1. Insonning qadr qimmati, uning qobiliyati va
yutug‘iga bog‘liq emas. 2. Har bir inson o‘ylash va xis qilish qobiliyatiga ega. 3. Har
bir kishi eshitish va muloqot qilish qobiliyatiga ega. 4. Har bir kishi bir\biriga
muxtoj. 5. Shaxsning to‘liq va haqiqiy ta'lim olishi faqat
real hamkorlikda amalga
oshadi. 6. Hamma kishilar o‘z tengdoshlarini qo‘llab quvvatlashga muxtoj. 7. Hamma
ta'lim oluvchilarni yutuqga erishishiga ularning nimadir qila olmasligi emas , balki
nimanidir qila olishidir. 8. Hamkorlik qilish kishi haѐtini har tomonlama
ko‘chaytiradi. Inklyuziv ta'lim tizimi qo‘yidagi ta'lim muassasalarni o‘z ichiga oladi;
maktabgacha umuta'lim, umu o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus kasb-xunar va oliy ta'lim. Bu
ta'lim muassasalarning maqsadi bolalarning ta'lim olishi va kasb-xunarga tayѐrlashda
ularning o‘rtasidagi to‘siqlikni bartaraf etib ochiq ta'lim muxitini yaratishdan iborat.
Umumta'lim maktablarda alohida dastur va darsliklardan
foydalanish imkoniyati
bo‘lmaydi. Inklyuziv ta'lim tizimi integratsiyalashgan ta'lim tizimidan uzinig
mazmun – moxiyati, maqsadi, vazifalari va xarakat dasturi bilan farqlanadi.
Bolaning tarbiya va o‘quv faoliyatida orqada qolishi psixik funksiyalarni
o‘zlashtirmaganligi natijasidir. Masalan, bolaning kiyim kiyishida ketma-ketlikning
buzilishi uning
xotirasi zaifligidan emas, balki ushbu jarayonni amalga oshirish
uchun zarur bo‘lgan malakalarni egallamaganligi tufayli ro‘y beradi. Bunday psixik
1
(Maktablar hamma uchun – Save the children – 2002y. 20\23 bet.)