Economic Development and Industry



Yüklə 5,38 Mb.
səhifə1/3
tarix20.11.2023
ölçüsü5,38 Mb.
#165058
  1   2   3
4-mavzu

4-BOB. TO‘LOV BALANSINING IQTISODIY TAHLILI

Ma`ruzachi:

RE`JA

  • 1. To‘lov balansining tarkibiy tuzilishi
  • 2. Importni tahlil qilish
  • 3. Eksportning tahlil qilish

1. To‘lov balansining tarkibiy tuzilishi

  • . To‘lov balansida norezidentlarga amalga oshirilgan to‘lovlar va ulardan tushgan tushumlar qayd etildi.
  • To‘lov balansi qo‘llanmasiga muvofiq (TBQ, 1993 y.), «to‘lov balansi unda tizimlashtirilgan ko‘rinishda ushbu iqtisodiyotning tashqi dunyo bilan muayyan davrda amalga oshirilgan iqtisodiy operatsiyalari haqidagi ma’lumotlar keltiriladigan statistika qaydnomasini o‘zida namoyon etadi».
  • To‘lov balansi hisobot davri mobaynida tashqi savdo qanday rivojlanganligini, chet eldan qancha miqdorda daromadlar olinganligini va chet elga qancha miqdorda mablag‘ to‘langanligini ko‘rsatadi.
  • U xorijiy investitsiyalarni jalb qilish qanday kechganligini va mamlakat xalqaro zaxiralarining darajasi qanday o‘zgarayotganligini kuzatish imkonini beradi. To‘lov balansining makroiqtisodiy ahamiyati quyidagilardan iborat.
  • 1. To‘lov balansi – bu mamlakatning xorijiy sheriklari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarini aks ettirishning ixcham (lo‘nda) shakli.
  • 2. To‘lov balansi davlat tashqi iqtisodiy aloqalarining ko‘lamlari, tarkibi va xususiyatini miqdoriy va sifat jihatdan ifodalashni o‘zida namoyon etadi.
  • 3. To‘lov balansi kredit-pul, valyuta, byudjet-soliq, savdo siyosatining vositalari hamda yo‘nalishlarini tanlash va davlat qarzini boshqarishning muhim indikatori hisoblanadi. Quyida to‘lov balansida moddalarni aks ettirishning umumiy qabul qilingan qoidalarini ko‘rib chiqamiz.
  • To‘lov balansini tuzishda amal qilinadigan asosiy qoida – ikki marta yozish tizimini qo‘llash. Har bir operatsiya bir xil ma’noga, lekin debet bo‘yicha (-) va kredit bo‘yicha (+) qarama-qarshi belgilarga ega bo‘lgan ikkita yozuv shaklida aks ettiriladi, ya’ni ayrim moddalar debet moddalari, boshqalari esa kredit moddalari sifatida aks ettiriladi, masalan

Tovarlar va xizmatlar eksporti Kredit (+)
Tovarlar va xizmatlar importi Debet (-)
Moliyaviy majburiyatlarning oshishi Kredit (+)
Moliyaviy aktivlarning oshishi Debet (-)
Majburiyatlarning kamayishi Debet (-)
Aktivlarning kamayishi Kredit (+).


Yüklə 5,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin