Tarbiyasining mohiyati maqsad va vazifalari



Yüklə 243,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü243,22 Kb.
#187023
  1   2
\'1111



11-MAVZU. O‘QUVCHILARNING MEHNAT VA IQTISOD 
TARBIYASINING MOHIYATI MAQSAD VA VAZIFALARI 
REJA: 
1.
Mehnat tarbiyasi maqsad va vazifalari.
2.
Mehnat tarbiyasini tashkil etishning pedagogik shart- sharoitlari. 
3.
Iqtisodiy tarbiyaning maqsad va vazifalarini hamda uni amalga oshirish 
yo‘llarini aniqlashtirish. 
Tayanch tushunchalar: mehnat, mehnat tarbiyasi, mehnat turlari. 
1.
Mehnat tarbiyasi maqsad va vazifalari
. Mehnat tarbiyasining maqsadi o‘ 
quvchilarda mehnatga ongli munosabatni shakllantirishdir. Mazkur maqsadga 
erishish yo‘lida quyidagi vazifalarni ijobiy hal etish maqsadga muvofiq: 
yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni zamonaviy ishlab 
chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlash; 
o‘quvchilarda umumjamiyat manfaati yo‘lida mehnat qilish ehtiyojini hosil 
qilish; 
ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish; 
o‘quvchilarning mavjud bilimlarini uzluksiz ravishda takomillashtirib borishlari 
uchun zarur shart-sharoitni yaratish; 
ularda mehnat ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish; 
o‘ quvchilar faoliyatida yuqori madaniyat, maqsadga intilish, tashkilotchilik, 
mehnat intizomi, tadbirkorlik, tejamkorlik, ishni sifatli bajarish, moddiy boyliklarga 
ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, hayotiy faoliyat yo‘nalishini belgilash 
malakalarini shakllantirish; 
o‘quvchilarda davlat iqtisodiy siyosati mazmuniga tayangan holda ular yashab 
turgan hududlar ishlab chiqarish xususiyatlariga muvofiq kasblarni egallashga 
bo‘lgan qiziqishni oshirish; 
o‘quvchilarni kasbga yo‘llash, ularni mehnat faoliyatining barcha turlari
shuningdek, ular yashayotgan hududda ehtiyoj mavjud bo‘lgan mutaxassisliklar 
bilan tanishtirish. 
2.Mehnat tarbiyasini tashkil etishning pedagogik shart- sharoitlari: 
1.
Bolalar mehnatining o‘quv-tarbiyaviy vazifalar bilan bog‘liqligi. 
2.
Ijtimoiy ahamiyatli mehnatni o‘quvchilarning qiziqishlari bilan birga qo‘shib 
olib borilishi. 
3.
Mehnat faoliyatining hamma bopligi va qo‘ldan kela olishi. 
4.
Mehnat faoliyatining majburiyligi va vij doniyligi. 
5.
Mehnat faoliyatini tashkil etishda jamoaviy va individual shakllarini birga 
qo‘shib olib borish. 
Mehnat faoliyatining asosiy turlari quyidagilardir: 


O‘quv mehnati o‘quvchilarning ilmiy bilimlar hamda turli fanlar asoslarini 
o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyati turidir. 
Ijtimoiy-foydali mehnat shaxsni har tomonlama kamol toptirish hamda uning 
muayyan ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan hamda ijtimoiy mehnat 
xarakteridagi faoliyati turidir. 
Hozirgi davrda ta’lim muassasalarida o‘z-o‘ziga xizmat keng yo‘lga 
qo‘yilmoqda. O‘z-o‘ziga xizmat o‘quvchilarning ijtimoiy va o‘quv ehtiyojlarini 
qondirish maqsadida ularning o‘zlari tomonidan amalga oshiriluvchi mehnat 
faoliyati turidir. O‘quvchilarning navbatchiligi o‘z-o‘ziga xizmat qilishni tarkib 
toptirishning muhim shaklidir. 
Ishlab chiqarish mehnati turlari xilma-xildir. Masalan, o‘quvchilarning mehnat 
haftaligi, chorvaga em-xashak tayyorlash va 
shirkat xo‘jaliklarida faoliyat yuritish va boshqalar. Unumli mehnat 
-
o‘quvchilar mehnatining eng ommaviy shakli sanaladi. 
Mehnat tarbiyasini tashkil etish shakllari: mehnat bayrami, o‘quvchilar yasagan 
buyumlar ko‘rgazmasi; hasharlar uyushtirish; qarovchisi yo‘q, bemor, keksa va 
nogiron kishilarga ko‘rsatiluvchi insonparvarlik yordami; ko‘kalamzorlashtirish; 
ta’mirlash (maktab binosini); «Mohir qo‘llar» to‘garagi faoliyati. 
Iqtisodiyot har bir kishining, har bir oilaning, jamoa va umuman jamiyatning 
hayotida muhim o’rin tutadi. Iqtisodiy ahvolga qarab ijtimoiy hayot shakllanadi. 
Xalqimizda ''avval iqtisod, keyin siyosat'' degan iboraning ishlatilishi bejiz emas. 
Iqtisodiyot har qanday jamiyat hayotining birlamchi asosi, unga xos murakkab 
jarayonlarni idrok etmay turib kishilar hayotdagi o’z o’rnini topa olmaydilar. 
Iqtisodiy bilimlarni chuqur egallash va ularga amal qilish yoshlar uchun g’oyat 
muhim, chunki Respublikamizning ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyoti yosh avlodning 
kamolotiga bog’liqdir. Shunday ekan, hozirgi bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida 
jahon talabiga mos keluvchi ijodkor shaxsni tarbiyalashda iqtisodiy tarbiya muhim 
ahamiyatga ega. Ma’rifatparvar pedagog Abdulla Avloniy aytganidek, ,,Iqtisod deb 
pul va mol qadrini bilmoqqa aytilur’’. 
Iqtisodiy tarbiya mazmuni sharq mutafakkirlarining boy ilmiy, ma’naviy-
axloqiy asarlarida, o’zbek xalqi tomonidan yaratilgan xalq og’zaki ijodi 
namunalarida o’z ifodasini topgan."Yetti o'lchab bir kes", "Rejali ish buzilmas", 
"Bugungi ishni ertaga qo'yma" , "Reja-sizning cho'ntagi teshik", "Pul topish qiyin, 
lekin ishlatish undan ham qiyin" kabi iboralarning nutqimizda ishlatilishining 
o'ziyoq bizda tejamkorlik, iqtisodiy tarbiya azaldan mavjud bo'lganligini ko'rsatadi. 
Ulug' allomalarimiz tejamkorlikka katta e'tibor bilan qaraganlar va uni yigit 
kishining muhim bir jihati deb ko'rsatganlar. Al Xorazmiy "Kosa va cho'ntakning 
ikkisini barobar to'ldirishga hukm qilinmagan, kosani to'ldirish uchun cho'ntakni 
bo'shatish kerak" - deb yozsa, Abu Rayhon Beruniy: "Xato sodir bo'lmasligi uchun 


donishmandlar qayta-qayta kuzatishni va ziyon yetish imkoniyatidan saqlanishni 
tavsiya etganlar". Abu Nasr Forobiyning ta’lim-tarbiyaga oid ''Fozil odamlar 
shahri’’, ''Baxt-saodatga erishuv to’g’risida", ,,Ilmlarning kelib chiqishi’’ va boshqa 
asarlarida ijtimoiy-tarbiyaviy, iqtisodiy tarbiya masalalari bayon etilgan.Farobiy 
inson kamolotga yolg’iz erishaolmaydi-u, boshqalar bilan muloqotda bo’lishi, 
ularning munosabatlariga muhtojligini ta’kidlaydi. Bu o’rinda olim iqtisodiy aloqa 
o’rnatish zarurligini ko’rsatib o’tgan edi. Ibn Sino bolalarni hayotga tayyorlash 
uchun ularga hunar o’rgatish kerak deb ko’rsatadi: ,,Inson hunarni puxta o’rganishi 
shart. Chunki hunar unga kelajakda ro’zg’or tebratishi uchun asqotadi. Oilada 
iqtisodiy tarbiya zamirida bolada mehnatsevarlikni shakllantirish yotadi. Bu 
shunday olib borilishi kerakki, bola o’z mehnatining natijalarini ko’ra bilsin. 
Shundagina bola o’z imkoniyatidan to’g’ri yoki noto’g’ri foydalanayotganini 
anglaydi. Hunaregallash yoshlarni mustaqilikka o’rgatadi. Bu jarayonda bola hisob- 
kitob qilishni o’rganadi, ishbilarmonlik va tashabbuskorlik xususiyatlariga ega 
bo’ladi’’. Bundan ko'rinib turibdiki, iqtisodiy tarbiya Sharq xalqlari tarbiyasida 
muhim ahamiyat kasb etgan. 
Iqtisodiy tarbiyaning umumiy maqsadi - jamiyat taraqqiyotini belgilovchi
shaxsni hayotiy faoliyat vositasidan unumli foydalangan iqtisodiy ongini, iqtisodiy 
fikrlashi va iqtisodiy madaniyatlilik darajasini oshirishdan iborat bo’lib, 
o’quvchilarda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik kabi 
fazilatlarni tarkib toptirishga qaratilgan. 
O’quvchilarni iqtisodiy jihatdan tarbiyalashda quyidagi vazifalarni amalga 
oshirish nazarda tutiladi: 
-o’quvchilarda jamiyatga, davlat va hukumat organlariga, jamoaga bo’lgan 
iqtisodiy munosabatlarini shakllantirish; 
-maxsus iqtisodiy bilimlarni tarkib toptirish;
-tejamkorlik, ehtiyotkorlik, ishbilarmonlik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik 
xususiyatlarini shakllantirish; 
- mehnatsevarlikni tarbiyalash, kasbga yo’naltiruvchi iqtisodiy, nazariy va amaliy 
bilimlarni egallashlariga ko’maklashish; 
- mehnatga, jamoa, shirkat va xususiy mulkchilikka shaxsiy munosabatni, 
zamonaviy fuqaroga xos bo'lgan omilkorlik, ishchanlik, jonkuyarlik sifatlariga 
ongli munosabatni tarbiyalash; 
- mustaqil faoliyat asosida shaxsning o’z bilimi, ko’nikma va malakalarini namoyon 
qilishga, davlat iqtisodiy siyosatini anglab yetishga bog’liq bo’lgan iqtisodiy 
savodxonlikka erishish;
- o'quvchilarda ongli talab va ehtiyojlarni shakllantirish, mahorat va qobiliyatlarni 
ularning moddiy imkoniyatlari bilan taqqoslash; 


- ijtimoiy mulkka, mamlakatning tabiiy boyliklari, tabiati, hayvonot va o'simliklar 
dunyosiga nisbatan ijobiy munosabatda bo'lish hissini tarbiyalash; 
- iqtisodiy bilim asoslarini o'rganish, aqliy va jismoniy mehnat madaniyatini 
tarbiyalash; 
- ishdagi tartibsizlik, qaramlik, xo'jasizlik hollariga befarq qaramaslik 
munosabatini tarbiyalash.
Iqtisodiy tarbiyaning vazifalari barcha o’quv fanlari bilan bir qatorda mehnat 
ta’limi, iqtisodiy bilim asoslari, iqtsodiy geografiya darslarida amalga 
oshiriladi.Bolalar xalq farovonligini yuqori darajaga ko’tarish uchun qanday 
iqtisodiy vazifalar bajarilishi lozimligini o’rganadilar.Kimyo, biologiya darslarida 
o’qituvchilar yoshlarga mineral o’g’itning iqtisodiy ahamiyatini yaqol misollar bilan 
ko’rsatishadi. Yangi texnologiyalar nima va u sanoatga qanday joriy qilinadi? Fan 
kashfiyotlari qay darajada iqtisodiy foyda keltirishi mumkin? kabi savollarga bolalar 
o’qituvchilar yordamida dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda javob topadilar.
O’zbekiston davlatining moddiy va ma’naviy o’sish borasidagi iqtisodiy qonunyati 
bilan 
o’quvchilar 
tabiiy 
fanlar 
mazmunida 
tanishadilar.O’zbekistonningiqtisodiygeografiyasi faniga oid o'quv mashg'ulotlarida 
o'quvchilar 
o'lkavao’lkaningtaraqqiyoti,mehnatniilmiyasosdatashkiletish, 
mahsulotsifati, tabiatnimuhofaza qilish asoslari bilan tanishadilar. Bundaybilimlar 
ularning 
kelajakdaqaysisohada 
o'qishnidavomettirishlari 
mumkinliginianiqlashgaimkonberadi.Iqtisodiy tarbiyaning qator vazifalari mehnat 
darslarida amalga oshiriladi. Bu darslar nechog’lik qiziqarli va foydali tashkil etilsa, 
o’quvchilarshunchalik iqtisodiy bilim va malaka oladilar.Mehnat darslari bolalar 
uchun iqtisodiy bilimlar bilan tevarak-atrofdagi hayotni o’ziga xos tarzda bog’lovchi 
omil bo’lib xizmat qiladi. 
Boshlang’ichsinflarda "Iqtisodiyot alifbosi", "Konstitutsiyani o'rganamiz" 
mashg'ulotlari 
bilan 
bir 
qatorda 
o’quvchilarniiqtisodiyjihatdantarbiyalashdaodobnomadarslari ham o'z o'rniga ega. 
II sinf odobnoma dasturidan o'rin olgan ,,Insonuchunmuqaddastuyg’u-
umrqadrinibilish’’, "Ustozotangdayulug“ , "Vaqtingketdi, naqdingketdi" kabi 
mavzularbilantanishishorqalio’quvchilaruchundunyoilmisirlaritilsiminiochgan
ustozni hurmatlash, e’zozlash; insonuchun qadrli umrning, vaqtningqadrigayetish, 
unisamaraliishlargasarflash, bo’shvaqtnito’g’ritashkiletishusullarini o'rganadilar. III 
sinfda "Tejamkorning ishi bejamlik’’, "Isrofgarlik yomon illat" mavzularida 
tejamkorlik, tadbirkorlik kabi fazilatlar ulug’lansa, isrofgarchilik illatining salbiy 
oqibatlari masalan: suvni, tabiiy resurslarni, turli noz -ne’matlarni isrof qilish 
insoniyatni tanazzulga yuz tutishiga olib kelishi mumkinligi tushuntiriladi.IV sinfda 
"Turmush munosabatlari odobi" bo’limida "Mehnat bilan turmush farovon’’, 
“Isrofgar o'zmas, tejamkor to’zimas’’ mavzulari orqali kundalik hayotimizda 


mehnatning ahamiyati, ijtimoiy zarurati haqida bahs yuritilib, ota-ona kasbi, turli 
kasb egalarining mehnat faoliyati farovon turmushimiz kafolati ekanligi, berilgan 
imkoniyatlardan oqilona foydalanish, o'z burchini halol ado etish,halol mehnat 
oilaning ham, mamlakatning ham rivojlanishiga olib kelishi tushuntiriladi. 
"Bozoringnio’zingqil’’ mavzusidakundalik sarf-harajat, oilabudjeti, bozor 
iqtisodiyoti islohatlari, dunyo bozorlari, O'zbekistonning dunyo bozoriga kirib 
borishi, ishlab chiqarishni texnologiyalashtirilishi haqida tushunchalar hosil qilish 
bilan birga, birovning haqiga hiyonat qilmaslik, sharqona savdo-sotiq, xarid odobi 
haqidagi bilimlarni egallaydilar. 
O’quvchilarda 
maxsus 
iqtisodiy 
bilimlarni 
tarkib 
toptirish, 
iqtisodiysavodxonliknioshirish, 
iqtisodiyfikrlashgao’rgatish, 
iqtisodiymadaniyatnishaklantirishmaqsadidatashkiletiladigan 
sinfdanvamaktabdantashqaritarbiyaviyishlarjarayonida-
to’garaklarfaoliyatinitakomillashtirish tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshiradi. 
Sinftarbiyaviysoatlarida ,,Non azizne’mat’’ , "Maktab mulkini saqla", "Inson 
va 
iqtisod", 
"Ishbilarmonlikning 
mohiyati", 
"Bepulnarsaningbahosiqancha?"mavzularidatarbiyaviymashg'ulotlar, 
bahs-
munozaralar, davrasuhbatlarinitashkiletishmumkin. 
O’quvchilarning iqtisodiy tarbiyasi dastlab oilada, maktabda o’quv-tarbiya 
ishining butun tizimida, bolalarning ommaviy tashkilotlari faoliyatida, ishlab 
chiqarish jamoalari mehnatiga munosabatlari orqali amalga oshiriladi. Bolalar 
yoshlik chog’laridan boshlaboq, tevarak-atroflaridagi kishilarning turli-tuman 
ishlariga qiziqadilar, kattalarga dastyorchilik qiladilar, oila moddiy farovonligining 
asosi bilan tanishadilar. Bular o`z navbatida bolaning oilada quyidagi bilimlarni 
egallahlarini talab etadi:
1. Bola o’z ota-onasining qayerda ishlashini va nima ishlab chiqarishini, ishlab 
chiqarishning butun jamiyat uchun qanday ahamiyati borligini bilishi kerak. 
2. Bolani oila byudjeti bilan mumkin qadar ertaroq tanishtirish lozim.
3. Agar oilaning moddiy sharoiti juda yaxshi bo’lsa, bolani o’z tengdoshlari 
oldida bunday yaxshi sharoit bilan g’ururlanish va maqtanishga odatlantirmaslik 
kerak. 
4. Ota-onalar bolalarining halol, rostgo’y va sofdillikka odatlanishlarini diqqat 
bilan kuzatib borishlari kerak. 
5. Oilada tejamkorlik va ehtiyotkorlik tarbiyasini to’g’ri tashkil etib, eskirib 
qolgan narsalarni yaxshilab ta'mir qilib, yangisini sotib olish vaqtini cho’zish va shu 
yo’l bilan ota-onalar yoki oilaning boshqa a'zolari topgan pulning ma'lum qismini 
tejab qolish mumkin bo’ladi. 


6. Bola faqat o’z xonadonidagi buyumlarnigina ehtiyot qilib qolmay, balki 
boshqa kishilarning buyumlarini va ayniqsa, ko’pchilik foydalanadigan buyumlarni 
ham ehtiyot qiladigan bo’lishi lozim. 
7. Tejab-tergab ish ko’rish odatlarini bolada mumkin qadar ertaroq 
tarbiyalamoq kerak. Odat mashq qilish bilan hosil bo’ladi. Shu yo’l bilan bolada 
buyumlarni tejab-tergab tutish istagini doimo rag’batlantirib turish kerak. 
8. Pulni tejab-tergab sarflash, ayniqsa, muhimdir. 
Ta’lim-tarbiya jarayonida iqtisodiy tarbiya berishda oila bilan hamkorlikda 
ishlash muhimdir. Iqtisodiy tarbiyaning dolzarbligini bilgan holda, bu boradagi 
ishlarni izchil olib borish, o’quvchilarga ijobiy ta’sir o’tkazish, bu jarayonga ota-
onalarni ham tortish muhimdir.

Yüklə 243,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin