11-MAVZU. O‘QUVCHILARNING MEHNAT VA IQTISOD
TARBIYASINING MOHIYATI MAQSAD VA VAZIFALARI
REJA:
1.
Mehnat tarbiyasi maqsad va vazifalari.
2.
Mehnat tarbiyasini tashkil etishning pedagogik shart- sharoitlari.
3.
Iqtisodiy tarbiyaning maqsad va vazifalarini hamda uni amalga oshirish
yo‘llarini aniqlashtirish.
Tayanch tushunchalar: mehnat, mehnat tarbiyasi, mehnat turlari.
1.
Mehnat tarbiyasi maqsad va vazifalari
. Mehnat tarbiyasining maqsadi o‘
quvchilarda mehnatga ongli munosabatni shakllantirishdir. Mazkur maqsadga
erishish yo‘lida quyidagi vazifalarni ijobiy hal etish maqsadga muvofiq:
yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni zamonaviy ishlab
chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlash;
o‘quvchilarda umumjamiyat manfaati yo‘lida mehnat qilish ehtiyojini hosil
qilish;
ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish;
o‘quvchilarning mavjud bilimlarini uzluksiz ravishda takomillashtirib borishlari
uchun zarur shart-sharoitni yaratish;
ularda mehnat ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish;
o‘ quvchilar faoliyatida yuqori madaniyat, maqsadga intilish, tashkilotchilik,
mehnat intizomi, tadbirkorlik, tejamkorlik, ishni sifatli bajarish, moddiy boyliklarga
ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, hayotiy faoliyat yo‘nalishini belgilash
malakalarini shakllantirish;
o‘quvchilarda davlat iqtisodiy siyosati mazmuniga tayangan holda ular yashab
turgan hududlar ishlab chiqarish xususiyatlariga muvofiq kasblarni egallashga
bo‘lgan qiziqishni oshirish;
o‘quvchilarni kasbga yo‘llash, ularni mehnat faoliyatining barcha turlari,
shuningdek, ular yashayotgan hududda ehtiyoj mavjud bo‘lgan mutaxassisliklar
bilan tanishtirish.
2.Mehnat tarbiyasini tashkil etishning pedagogik shart- sharoitlari:
1.
Bolalar mehnatining o‘quv-tarbiyaviy vazifalar bilan bog‘liqligi.
2.
Ijtimoiy ahamiyatli mehnatni o‘quvchilarning qiziqishlari bilan birga qo‘shib
olib borilishi.
3.
Mehnat faoliyatining hamma bopligi va qo‘ldan kela olishi.
4.
Mehnat faoliyatining majburiyligi va vij doniyligi.
5.
Mehnat faoliyatini tashkil etishda jamoaviy va individual shakllarini birga
qo‘shib olib borish.
Mehnat faoliyatining asosiy turlari quyidagilardir:
O‘quv mehnati o‘quvchilarning ilmiy bilimlar hamda turli fanlar asoslarini
o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyati turidir.
Ijtimoiy-foydali mehnat shaxsni har tomonlama kamol toptirish hamda uning
muayyan ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan hamda ijtimoiy mehnat
xarakteridagi faoliyati turidir.
Hozirgi davrda ta’lim muassasalarida o‘z-o‘ziga xizmat keng yo‘lga
qo‘yilmoqda. O‘z-o‘ziga xizmat o‘quvchilarning ijtimoiy va o‘quv ehtiyojlarini
qondirish maqsadida ularning o‘zlari tomonidan amalga oshiriluvchi mehnat
faoliyati turidir. O‘quvchilarning navbatchiligi o‘z-o‘ziga xizmat qilishni tarkib
toptirishning muhim shaklidir.
Ishlab chiqarish mehnati turlari xilma-xildir. Masalan, o‘quvchilarning mehnat
haftaligi, chorvaga em-xashak tayyorlash va
shirkat xo‘jaliklarida faoliyat yuritish va boshqalar. Unumli mehnat
-
o‘quvchilar mehnatining eng ommaviy shakli sanaladi.
Mehnat tarbiyasini tashkil etish shakllari: mehnat bayrami, o‘quvchilar yasagan
buyumlar ko‘rgazmasi; hasharlar uyushtirish; qarovchisi yo‘q, bemor, keksa va
nogiron kishilarga ko‘rsatiluvchi insonparvarlik yordami; ko‘kalamzorlashtirish;
ta’mirlash (maktab binosini); «Mohir qo‘llar» to‘garagi faoliyati.
Iqtisodiyot har bir kishining, har bir oilaning, jamoa va umuman jamiyatning
hayotida muhim o’rin tutadi. Iqtisodiy ahvolga qarab ijtimoiy hayot shakllanadi.
Xalqimizda ''avval iqtisod, keyin siyosat'' degan iboraning ishlatilishi bejiz emas.
Iqtisodiyot har qanday jamiyat hayotining birlamchi asosi, unga xos murakkab
jarayonlarni idrok etmay turib kishilar hayotdagi o’z o’rnini topa olmaydilar.
Iqtisodiy bilimlarni chuqur egallash va ularga amal qilish yoshlar uchun g’oyat
muhim, chunki Respublikamizning ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyoti yosh avlodning
kamolotiga bog’liqdir. Shunday ekan, hozirgi bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida
jahon talabiga mos keluvchi ijodkor shaxsni tarbiyalashda iqtisodiy tarbiya muhim
ahamiyatga ega. Ma’rifatparvar pedagog Abdulla Avloniy aytganidek, ,,Iqtisod deb
pul va mol qadrini bilmoqqa aytilur’’.
Iqtisodiy tarbiya mazmuni sharq mutafakkirlarining boy ilmiy, ma’naviy-
axloqiy asarlarida, o’zbek xalqi tomonidan yaratilgan xalq og’zaki ijodi
namunalarida o’z ifodasini topgan."Yetti o'lchab bir kes", "Rejali ish buzilmas",
"Bugungi ishni ertaga qo'yma" , "Reja-sizning cho'ntagi teshik", "Pul topish qiyin,
lekin ishlatish undan ham qiyin" kabi iboralarning nutqimizda ishlatilishining
o'ziyoq bizda tejamkorlik, iqtisodiy tarbiya azaldan mavjud bo'lganligini ko'rsatadi.
Ulug' allomalarimiz tejamkorlikka katta e'tibor bilan qaraganlar va uni yigit
kishining muhim bir jihati deb ko'rsatganlar. Al Xorazmiy "Kosa va cho'ntakning
ikkisini barobar to'ldirishga hukm qilinmagan, kosani to'ldirish uchun cho'ntakni
bo'shatish kerak" - deb yozsa, Abu Rayhon Beruniy: "Xato sodir bo'lmasligi uchun
donishmandlar qayta-qayta kuzatishni va ziyon yetish imkoniyatidan saqlanishni
tavsiya etganlar". Abu Nasr Forobiyning ta’lim-tarbiyaga oid ''Fozil odamlar
shahri’’, ''Baxt-saodatga erishuv to’g’risida", ,,Ilmlarning kelib chiqishi’’ va boshqa
asarlarida ijtimoiy-tarbiyaviy, iqtisodiy tarbiya masalalari bayon etilgan.Farobiy
inson kamolotga yolg’iz erishaolmaydi-u, boshqalar bilan muloqotda bo’lishi,
ularning munosabatlariga muhtojligini ta’kidlaydi. Bu o’rinda olim iqtisodiy aloqa
o’rnatish zarurligini ko’rsatib o’tgan edi. Ibn Sino bolalarni hayotga tayyorlash
uchun ularga hunar o’rgatish kerak deb ko’rsatadi: ,,Inson hunarni puxta o’rganishi
shart. Chunki hunar unga kelajakda ro’zg’or tebratishi uchun asqotadi. Oilada
iqtisodiy tarbiya zamirida bolada mehnatsevarlikni shakllantirish yotadi. Bu
shunday olib borilishi kerakki, bola o’z mehnatining natijalarini ko’ra bilsin.
Shundagina bola o’z imkoniyatidan to’g’ri yoki noto’g’ri foydalanayotganini
anglaydi. Hunaregallash yoshlarni mustaqilikka o’rgatadi. Bu jarayonda bola hisob-
kitob qilishni o’rganadi, ishbilarmonlik va tashabbuskorlik xususiyatlariga ega
bo’ladi’’. Bundan ko'rinib turibdiki, iqtisodiy tarbiya Sharq xalqlari tarbiyasida
muhim ahamiyat kasb etgan.
Iqtisodiy tarbiyaning umumiy maqsadi - jamiyat taraqqiyotini belgilovchi
shaxsni hayotiy faoliyat vositasidan unumli foydalangan iqtisodiy ongini, iqtisodiy
fikrlashi va iqtisodiy madaniyatlilik darajasini oshirishdan iborat bo’lib,
o’quvchilarda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik kabi
fazilatlarni tarkib toptirishga qaratilgan.
O’quvchilarni iqtisodiy jihatdan tarbiyalashda quyidagi vazifalarni amalga
oshirish nazarda tutiladi:
-o’quvchilarda jamiyatga, davlat va hukumat organlariga, jamoaga bo’lgan
iqtisodiy munosabatlarini shakllantirish;
-maxsus iqtisodiy bilimlarni tarkib toptirish;
-tejamkorlik, ehtiyotkorlik, ishbilarmonlik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik
xususiyatlarini shakllantirish;
- mehnatsevarlikni tarbiyalash, kasbga yo’naltiruvchi iqtisodiy, nazariy va amaliy
bilimlarni egallashlariga ko’maklashish;
- mehnatga, jamoa, shirkat va xususiy mulkchilikka shaxsiy munosabatni,
zamonaviy fuqaroga xos bo'lgan omilkorlik, ishchanlik, jonkuyarlik sifatlariga
ongli munosabatni tarbiyalash;
- mustaqil faoliyat asosida shaxsning o’z bilimi, ko’nikma va malakalarini namoyon
qilishga, davlat iqtisodiy siyosatini anglab yetishga bog’liq bo’lgan iqtisodiy
savodxonlikka erishish;
- o'quvchilarda ongli talab va ehtiyojlarni shakllantirish, mahorat va qobiliyatlarni
ularning moddiy imkoniyatlari bilan taqqoslash;
- ijtimoiy mulkka, mamlakatning tabiiy boyliklari, tabiati, hayvonot va o'simliklar
dunyosiga nisbatan ijobiy munosabatda bo'lish hissini tarbiyalash;
- iqtisodiy bilim asoslarini o'rganish, aqliy va jismoniy mehnat madaniyatini
tarbiyalash;
- ishdagi tartibsizlik, qaramlik, xo'jasizlik hollariga befarq qaramaslik
munosabatini tarbiyalash.
Iqtisodiy tarbiyaning vazifalari barcha o’quv fanlari bilan bir qatorda mehnat
ta’limi, iqtisodiy bilim asoslari, iqtsodiy geografiya darslarida amalga
oshiriladi.Bolalar xalq farovonligini yuqori darajaga ko’tarish uchun qanday
iqtisodiy vazifalar bajarilishi lozimligini o’rganadilar.Kimyo, biologiya darslarida
o’qituvchilar yoshlarga mineral o’g’itning iqtisodiy ahamiyatini yaqol misollar bilan
ko’rsatishadi. Yangi texnologiyalar nima va u sanoatga qanday joriy qilinadi? Fan
kashfiyotlari qay darajada iqtisodiy foyda keltirishi mumkin? kabi savollarga bolalar
o’qituvchilar yordamida dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda javob topadilar.
O’zbekiston davlatining moddiy va ma’naviy o’sish borasidagi iqtisodiy qonunyati
bilan
o’quvchilar
tabiiy
fanlar
mazmunida
tanishadilar.O’zbekistonningiqtisodiygeografiyasi faniga oid o'quv mashg'ulotlarida
o'quvchilar
o'lkavao’lkaningtaraqqiyoti,mehnatniilmiyasosdatashkiletish,
mahsulotsifati, tabiatnimuhofaza qilish asoslari bilan tanishadilar. Bundaybilimlar
ularning
kelajakdaqaysisohada
o'qishnidavomettirishlari
mumkinliginianiqlashgaimkonberadi.Iqtisodiy tarbiyaning qator vazifalari mehnat
darslarida amalga oshiriladi. Bu darslar nechog’lik qiziqarli va foydali tashkil etilsa,
o’quvchilarshunchalik iqtisodiy bilim va malaka oladilar.Mehnat darslari bolalar
uchun iqtisodiy bilimlar bilan tevarak-atrofdagi hayotni o’ziga xos tarzda bog’lovchi
omil bo’lib xizmat qiladi.
Boshlang’ichsinflarda "Iqtisodiyot alifbosi", "Konstitutsiyani o'rganamiz"
mashg'ulotlari
bilan
bir
qatorda
o’quvchilarniiqtisodiyjihatdantarbiyalashdaodobnomadarslari ham o'z o'rniga ega.
II sinf odobnoma dasturidan o'rin olgan ,,Insonuchunmuqaddastuyg’u-
umrqadrinibilish’’, "Ustozotangdayulug“ , "Vaqtingketdi, naqdingketdi" kabi
mavzularbilantanishishorqalio’quvchilaruchundunyoilmisirlaritilsiminiochgan
ustozni hurmatlash, e’zozlash; insonuchun qadrli umrning, vaqtningqadrigayetish,
unisamaraliishlargasarflash, bo’shvaqtnito’g’ritashkiletishusullarini o'rganadilar. III
sinfda "Tejamkorning ishi bejamlik’’, "Isrofgarlik yomon illat" mavzularida
tejamkorlik, tadbirkorlik kabi fazilatlar ulug’lansa, isrofgarchilik illatining salbiy
oqibatlari masalan: suvni, tabiiy resurslarni, turli noz -ne’matlarni isrof qilish
insoniyatni tanazzulga yuz tutishiga olib kelishi mumkinligi tushuntiriladi.IV sinfda
"Turmush munosabatlari odobi" bo’limida "Mehnat bilan turmush farovon’’,
“Isrofgar o'zmas, tejamkor to’zimas’’ mavzulari orqali kundalik hayotimizda
mehnatning ahamiyati, ijtimoiy zarurati haqida bahs yuritilib, ota-ona kasbi, turli
kasb egalarining mehnat faoliyati farovon turmushimiz kafolati ekanligi, berilgan
imkoniyatlardan oqilona foydalanish, o'z burchini halol ado etish,halol mehnat
oilaning ham, mamlakatning ham rivojlanishiga olib kelishi tushuntiriladi.
"Bozoringnio’zingqil’’ mavzusidakundalik sarf-harajat, oilabudjeti, bozor
iqtisodiyoti islohatlari, dunyo bozorlari, O'zbekistonning dunyo bozoriga kirib
borishi, ishlab chiqarishni texnologiyalashtirilishi haqida tushunchalar hosil qilish
bilan birga, birovning haqiga hiyonat qilmaslik, sharqona savdo-sotiq, xarid odobi
haqidagi bilimlarni egallaydilar.
O’quvchilarda
maxsus
iqtisodiy
bilimlarni
tarkib
toptirish,
iqtisodiysavodxonliknioshirish,
iqtisodiyfikrlashgao’rgatish,
iqtisodiymadaniyatnishaklantirishmaqsadidatashkiletiladigan
sinfdanvamaktabdantashqaritarbiyaviyishlarjarayonida-
to’garaklarfaoliyatinitakomillashtirish tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshiradi.
Sinftarbiyaviysoatlarida ,,Non azizne’mat’’ , "Maktab mulkini saqla", "Inson
va
iqtisod",
"Ishbilarmonlikning
mohiyati",
"Bepulnarsaningbahosiqancha?"mavzularidatarbiyaviymashg'ulotlar,
bahs-
munozaralar, davrasuhbatlarinitashkiletishmumkin.
O’quvchilarning iqtisodiy tarbiyasi dastlab oilada, maktabda o’quv-tarbiya
ishining butun tizimida, bolalarning ommaviy tashkilotlari faoliyatida, ishlab
chiqarish jamoalari mehnatiga munosabatlari orqali amalga oshiriladi. Bolalar
yoshlik chog’laridan boshlaboq, tevarak-atroflaridagi kishilarning turli-tuman
ishlariga qiziqadilar, kattalarga dastyorchilik qiladilar, oila moddiy farovonligining
asosi bilan tanishadilar. Bular o`z navbatida bolaning oilada quyidagi bilimlarni
egallahlarini talab etadi:
1. Bola o’z ota-onasining qayerda ishlashini va nima ishlab chiqarishini, ishlab
chiqarishning butun jamiyat uchun qanday ahamiyati borligini bilishi kerak.
2. Bolani oila byudjeti bilan mumkin qadar ertaroq tanishtirish lozim.
3. Agar oilaning moddiy sharoiti juda yaxshi bo’lsa, bolani o’z tengdoshlari
oldida bunday yaxshi sharoit bilan g’ururlanish va maqtanishga odatlantirmaslik
kerak.
4. Ota-onalar bolalarining halol, rostgo’y va sofdillikka odatlanishlarini diqqat
bilan kuzatib borishlari kerak.
5. Oilada tejamkorlik va ehtiyotkorlik tarbiyasini to’g’ri tashkil etib, eskirib
qolgan narsalarni yaxshilab ta'mir qilib, yangisini sotib olish vaqtini cho’zish va shu
yo’l bilan ota-onalar yoki oilaning boshqa a'zolari topgan pulning ma'lum qismini
tejab qolish mumkin bo’ladi.
6. Bola faqat o’z xonadonidagi buyumlarnigina ehtiyot qilib qolmay, balki
boshqa kishilarning buyumlarini va ayniqsa, ko’pchilik foydalanadigan buyumlarni
ham ehtiyot qiladigan bo’lishi lozim.
7. Tejab-tergab ish ko’rish odatlarini bolada mumkin qadar ertaroq
tarbiyalamoq kerak. Odat mashq qilish bilan hosil bo’ladi. Shu yo’l bilan bolada
buyumlarni tejab-tergab tutish istagini doimo rag’batlantirib turish kerak.
8. Pulni tejab-tergab sarflash, ayniqsa, muhimdir.
Ta’lim-tarbiya jarayonida iqtisodiy tarbiya berishda oila bilan hamkorlikda
ishlash muhimdir. Iqtisodiy tarbiyaning dolzarbligini bilgan holda, bu boradagi
ishlarni izchil olib borish, o’quvchilarga ijobiy ta’sir o’tkazish, bu jarayonga ota-
onalarni ham tortish muhimdir.
Dostları ilə paylaş: |