Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu: Shaxsni tarbiyalashda oila, maktab va mahallaning hamkorligi. Qabul qildi


Ota-onalar bilan ishlashning shakl va metodlari



Yüklə 33,69 Kb.
səhifə4/6
tarix04.01.2023
ölçüsü33,69 Kb.
#78416
1   2   3   4   5   6
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu

3. Ota-onalar bilan ishlashning shakl va metodlari.
Sinf rahbari ota-onalar bilan ish olib borishda ishlashning xilma-xil shakl va metodlaridan foydalanishi lozim. Ota-onalar bilan ishlashga shaxsiy ishlar jamoa bilan birgalikda olib borilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Biz quyida ota-onalar bilan ishlashning asosiy shakllari bilan tanishib chiqamiz :
1. O’quvchilarning uylariga borish – bu oila bilan aloqa qilishning eng samarali shakllaridan biridir. Bunda sinf rahbari o’quvchining ota-onasi, uning yashash sharoiti, moddiy imkoniyatlari bilan tanishishga imkon topadi.
2. Ota-onalarni maktabga chaqirish. Bundan maqsad, faqatgina o’quvchilarning xulqi, savodliligi va boshqa xususiyatlari bilan ota-onani tanishtirish emas, balki shu bilan birgalikda ota-onalarga pedagogik va ruhiy maslahatlar berib, ularga o’quvchini oilada tarbiyalashlariga yordam ham qilishdir.
3. Ota-onalar bilan ishlash. Bu esa o’quvchiga chaqiriqlar yoki maxsus da’vatnomalar orqali amalga oshiriladi.
4. Ota-onalar sinf majlisini o’tkazish. Bu shakldagi aloqa maxsus ish rejasi orqali amalga oshiriladi.
5. Ota-onalarni maxsus pedagogik va psixologik bilimlar bilan qurollantirish maqsadida ular bilan suhbat va ma’ruzalar o’tkaziladi.
6. Savol-javoblar kechasi. Ishning bu shakli sinf o’quvchilarning xususiyati, xarakterini yaxshiroq o’zlashtirish imkonini beradi.
7. Ota-onalarning tarbiya borasidagi ilg’or tajribalar bilan fikr almashish, o’rtoqlashish. Bu narsa quyidagi mavzuda bo’lishi mumkin:
a) yoshlarni qanday qilib mehnatga tayyorlash mumkin?
b) o’quvchining kundalik rejimi haqida.
v) “Ota-onalarning obro’si” haqida, “Oilada yoshlarga axloqiy tarbiya berish” va hokazolar to’g’risida anjumanlar o’tkazish.
8. Maktab qoshida ota-onalar universitetlarini tashkil etish va bu universitetlardan tizimli ish olib borish:
a) ota-onalarni tarbiya sohasidagi adabiyotlar bilan tanishtirish.
b) “Ota-onalar, sizlar uchun” degan mavzuda og’zaki jurnal.
v) faol ota-onalarning tarbiyaviy ish tajribalari bilan boshqa sinf rahbarlarini tanishtirish kabi ishlar olib borilishi lozim.
Sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari g’oyat keng, ko’p qirrali bo’lib, bu ishlar faqat sinf va maktab miqyosi bilan cheklanmaydi, aksincha turar joylardagi va o’quvchining ota-onasi ishlab turgan korxonadagi jamoatchilik bilan ham yaqin aloqada bo’lishni taqozo etadi.
Bizning yosh avlod xalqimizniig inqilobiy, mehnat, jangovar an’analarini o’zlashtirib, o’ziga katta avlodning eng yaxshi fazilatlarini — g’oyaviy e’tiqod va matonatni, Vatanga muhabbatni, uning iqtisodiy, siyosiy va jangovar qudratini mustahkamlashda ishtirok etishga intilishni singdiribgina o’z bobolari va otalari ishini davom ettira va ko’paytira oladi. Bu ishda ota-onalar ayniqsa muhim o’rin tutishlari kerak.
Buni barcha sinf rahbarlari nazarda tutishlari muhimdir, Bunda shaxsning huquqiy yetukligi shaxs ijtimoiylashuvining mahsuli ekanligini har bir oilaga tushuntirish g’oyat muhimdir. Oila shaxs uchun uning ijtimoiylashuv jarayoni ro’y beradigan, uning axloqi, dunyoqarashi asoslari va hokazolar tarkib topadigan dastlabki va nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo’lgan jamoadir.
Oila boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli pavishda odamning butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta’sir ko’rsatishga qodirdir va odatda ta’sir ko’rsatadi. Oila tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning mafkuraviy va psixologik ta’sir ko’rsatiishning chuqur o’ziga xosligi bilan uyg’unlashib ketadi. Bu esa uni oliy darajada ta’sirchan qilibgina qolmay, shu bilan birga shaxsni shakllantirish jarayonining zarur bo’g’iniga ham aylantiradi.
Oilaning yuksak tarbiyaviy imkoniyati shaxslar va ota-onalarning o’ziga xos xususiyatlari: qon-qarindoshligi, muhabbati, yaqinligi, ishonchi, burch hissi, obro’liligi va hokazolar bilan ta’minlanadi. O’z farzandining barcha zaif va kuchli tomonlarini yurgakdagi chog’idan biladigan, uning qalbidagi eng kichik harakatni ham sezadigan va tushunadigan, unga ta’sir etishni biladigan onadan va otadan yaxshiroq kim ham ularni ezgulikka, mehnatsevarlikka, do’stlikka, muhabbatga o’rgata oladi!
Ma’lumki, xilma- xil faoliyat sharoitida shaxsning qobiliyatlari eng samarali rivojlanadi, uning ijodiy imkoniyatlari ochiladi, shaxsni oiladan boshqa qaerda ham faoliyatning xilma- xil turlariga jalb etish mumkin. Oilaviy tarbiyaning qimmatliligi va ahamiyati yana shundaki, kichik shaxslik paytida oilada egallangan narsalar bir umr saklanib qoladi. Xuddi shuning uchun otaonalarning shaxslarni har tomonlama tarbiyalash majburiyati qonuniy tarzda belgilab qo’yilgan
Sinf rahbarlari ota-onalar bilan birgalikda tarbiyaviy ishni tashkil etar ekanlar, eng yangi psixologik-pedagogik tadqiqotlar ma’lumotlarini e’tiborga olishlari ham muhimdir, ularga ;muvofiq o’sib kelayotgan kishi shaxsini shakllantirishga oilaning qo’shadigan hissasi turli yosh bosqichlarida turlicha bo’ladi va to’lqinsimon o’zgaradi. Dastlabki 3 yil ichida u ayniqsa kuchli bo’ladi, shundan keyin oilaviy ta’sirning muayyan darajada barqarorlashuvi davri boshlanadi. Uning navbatdagi odatda maktabgacha yosh tugaydigan paytga to’g’ri keladi, shundan keyin taxminan o’smirlik davrigacha u zaiflashgandek bo’ladi. Yana ota-onalariing ta’siri ota-ona oilasidan ajralib, o’z oilasini tuzguncha ancha kuchayadi.
Psixologik-pedagogik tadqiqotlarning ma’lumotlari ba’zan shaxsning imkoniyatlari to’grisidagi barqaror tasavvurlarni o’zgartirib yuboradi. Masalan, ych yillik shaxslar olimlar bir necha yil muqaddam taxmin qilganlariga nisbatan ancha chuqur idrok etish qobiliyatiga ega, uch yoshli shaxs hozir faqat olti yoshli shaxslar qilgan va qilmagan narsalarni bilishi va qilishi mumkinligi kichkintoyni yurishdan oldin suzishga, ona tili bilan deyarli baravar chet tilida gapirishga o’rganish mumkinligi va hokazolar ma’lum bo’ldi.
Vaholanki, tajribaning ko’rsatishicha, ota-onalar ko’pincha o’zlarini tarbiyaviy ishga to’la tayyor deb biladilar va maxsus pedagogik bilimlarni egallashni zarur deb hisoblamaydilar. Ota-onalarning bu xusuiyatini taniqli pedagog va psixolog K. D. Ushinskiy o’z davrida ta’kidlagan edi. «Tarbiya san’ati, — deb degan edi u, — shunday xususiyatga egaki, deyarli barchaga tanish va tushunarli, ba’zilarga esa juda oson ish bo’lib tuyuladi — odam bu ish bilan nazariy va amaliy jihatdan qanchalik kam tanish bo’lsa, unga bu shunchalik tushunarli va oson bo’lib ko’rinadi. Deyarli hamma tarbiya sabr-toqatni talab etishini e’tirof qilishadi, ayrimlar buning uchun tug’ma qobiliyat va malaka, ya’ni ko’nikma kerak, deb o’ylaydilar; lekin juda kam odam sabr-toqat, tug’ma qobiliyat va malakadan tashqari yana maxsus bilimlar kerakligi haqida ishonch hosil qilish.
Bunday bilimlarning yo’qligi oilaviy tarbiyada ko’plab xatolarga olib keladi, guruh rahbari ota-onalar bilan ishlashda buni hisobga olmay iloji yo’q. Bu jihatdan ota-onalarning shaxslarni tarbiyalashdagi quydagi qiyinchiliklari va xatolarini ajratib ko’rsatish mumkin:
1. Ota-onalarning shaxslar bilan muomalasining yetishmasligi. Ular o’zlari, ishlari haqida kam so’zlab beradilar, o’quv bilim yurti o’quvchilar jamoasining hayoti, o’z shaxssining qiziqishlari, uning jamoat ishlari, bu ishga munosabati va hokazolar bilan kam qiziqadilar. Muomalaning yetishmasligi shaxslarning otaonadan uzoqlashishiga olib keladi, kattalarni shaxsga yanada faolroq ta’sir ko’rsatish imkoniyatidan mahrum etadi.
2. Shaxslarni mehnat jarayonlariga jalb etish orqali ularning mehnat tarbiyasini tashkil qila bilmaslik ona ishga ko’milib ketgan paytda shaxslar oilaviy ishlardan, turar joylardagi ishlardan va hokazolardan ozod etiladilar. Buning natijasida mehnatga mensimay munosabatda bo’ladilar.
3. Ota-onalar turmushida salbiy misollarning mavjudligi o’quv muassasasining pedagogik kuch-g’ayratini yo’qqa chiqaradi.
4. Ota-onalar tarbiyaviy ta’sirining izchil emasligi — onda-sonda o’qishini tekshirish, biror nojo’ya ish uchun jazolash va hokazolar axloqiy immunitet hosil bo’lishiga yordam bermaydi.
5. Oilaviy tarbiyaning asosi sifatida taqiqlashlar sistemasi — ijobiy namuna asosida tarbiyalay bilmaslik, shaxs hayotini u har doim turli hatti-harakatni mashk kiladigan tarzda tashkil eta olmaslik natijasidir. Bu sistema shaxsning kattalar xohishiga salbiy munosabatini tug’diradi, mustaqillikning rivojlanishini susaytiradi.
6. Harakatlarning o’quv yurti bilan muvofiqlashtirilmaganligi yoki u bilan kelishmovchilik. Tarbiyalanuvchida pedagogga, o’quv bilim yurtiga ishonchsizlik paydo bo’ladi va o’sib boradi, bu esa uning kamchiliklarini tuzatishni qiyilanshtiradi, pedagogik jihatdan qarovsizlik holatiga olib keladi.
7. Ayrim ota-onalarning shaxslar ulg’ayib borishi bilan tarbiyaviy faollikni susaytirib yuborishlari, bu esa shaxslarning ota-onalardan uzoqlashuviga, o’quv bilim yurtiga qiziqishi pasayishiga va hokazolarga olib keladi.
8. Qarorlar qabul qilishda kechikish. SHaxs katta bo’lgandan keyin aqli kirib, tuzaladi deb o’ylash odatda o’zini oqlamaydi, ko’pincha qayta tarbiyalashni talab etadigan pedagogik jihatdan qarovsizlik holatiga olib keladi.
Ko’rsatib o’tilgan kamchiliklar qatoriga ota-onalarning tarbiya usullarini bilishlarini, shaxslar ulg’ayishi bilan ularni o’zgartirishni bilmaslik yoki istamaslik ota bilan onaning talablari birligining, pedagogik odob, chidamning yo’qligi, ota-onalarning turmushning ma’naviy tomoniga zid tarzda moddiy tomoniga qiziqib ketishi va boshqalarni qo’shish mumkin.
Ota-onalar bilan ish shakllari va usullarini tanlashni odatda sinf rahbari o’z shaxsiy xususiyatlari tajribasini, o’quvchilarning oilalarida vujudga kelgan o’ziga xos xususiyatlarni, ota-onalarning bilim va tajribasini, tarbiyalanuvchilarni tarbiyalashda yuqorida ko’rsatib o’tilgan xatolar va qiyinchiliklarni, fe’l-atvor xususiyatlarini, o’quv muassasasi pedagoglar jamoasidagi muhitni, ota-onalar bilan ish olib borishda tarkib topgan an’analarni va hokazolarni hisobga olib belgilaydi, tajribaning ko’rsatishicha, sinf rahbarining ota-onalar bilan hamkorligining ommaviy, sinf. tarzidagi va yakka tartibdagi ish shakllarini oqilona birga qo’shib olib borish, bunda uning mazmunida izchillikka rioya etish orqali erishiladi.
Ko’rsatilgan shakllar ta’rifi va ularni qo’llashning eng yuqori natija berishini ta’minlaydigan shart-sharoitlarga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
O’quvchilarni tarbiyalashda oilaning bir qancha vazifalari mavjud bo’lib ular quydagilardir:
—oilada sog’lom muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini hisobga olish, farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o’rnak bo’lishi, farzandlarning otaonasiga, Vatanga muhabbat tuyg’usini shakllantirish, o’zaro g’amxo’p bo’lishni ta’minlash;
—oilada huquqiy tarbiyani yaxshilash, oila a’zolarining o’z huquq va burchlarini anglab yetishlarini va ularga rioya qilishlarini ta’minlash;
—farzandlariga chuqur dunyoviy bilim asoslarini berish, ma’rifatli va ma’naviyatli kishilar bo’lib yetishishlarini ta’minlash;
—bozor munosabatlariga mos bo’lgan kasb-hunar o’rgatish, iqtisodiy tushunchalarni farzandlar ongiga singdirish;
- shaxslarning ma’naviy barkamol va jismonan sog’lom bo’lishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhitni yaratish;
- shaxslarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, istiqlol g’oyalari va milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;
- shaxslarning bo’sh vaqtlarini pedagogik nuqtai nazardan kelib chiqib unumli tashkil qilish, ularga qo’shimcha ta’lim berish;
- farzandlarida mavjud bo’lgan iste’dod kurtaklarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish;
- o’z farzandlarining o’quv muassasasi, mahalla, davlat va jamiyat oldidagi burchlarini to’la ado etishlari uchun oilada mas’uliyatli bo’lish;
- ota-onalar o’zlarining pedagogik va psixologik bilim saviyalarini doimo oshirib borishi;
- shaxslarda tejamkorlik va ishbilarmonlikning ma’naviy axloqiy tomonlarini shakllantirish;
- oilada milliy va umuminsoniy tarbiyaning barcha yo’nalishlarini uyg’un holda bosqichma-bosqich amalga oshirishga mas’ullikni ta’minlash;
- sanitariya-gigiyenik, ekologik ko’nikmalarni singdirish, diniy aqidaparastlik, ichkilikbozlik, giyohvandlikka qarshi tarbiyani amalga oshirish;
- oila, o’quv bilim yurti va mahalla oldida o’z farzandlarining barcha hatti-harakatlari uchun javobgardir;
- sog’ligida va aqlida nuqsonlari bo’lgan farzandlariga hayot talablariga mos ravishda bilim va kasb-kor o’rgatishdan iborat.
Ota-onaning farzand oldidagi burchi, o’zbekona ta’bir bilan aytganda, farzandga yaxshi nom qo’yish, yaxshi muallim qo’liga topshirib savodini chiqarish, ilmli, kasb-hunarli qilish, oilali va uyli-joyli qilishdan iboratdir.

Yüklə 33,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin