Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu: Shaxsni tarbiyalashda oila, maktab va mahallaning hamkorligi. Qabul qildi


Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda "Oila, mahalla, maktab hamkorligi" Kontseptsiyasining o’rni va ahamiyati



Yüklə 33,69 Kb.
səhifə2/6
tarix04.01.2023
ölçüsü33,69 Kb.
#78416
1   2   3   4   5   6
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu

Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda "Oila, mahalla, maktab hamkorligi" Kontseptsiyasining o’rni va ahamiyati.
Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa’y- harakatlarini birlashtirish maqsadida "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligi" Kontseptsiyasi yoshlarni istiqlol g’oyalariga sadoqatli, ma’naviy barkamol, vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish borasida ma’lum dasturilamal bo’ldi.
Respublikamizda keyingi yillarda qabul qilingan ta’lim va tarbiya to’g’risidagi qator me’yoriy hujjatlar, jumladan O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim to’g’risida"gi qonuni, bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi yosh avlodni tayyorlashda oila, mahalla va o’quv yurti nufuzini yanada yuqori pog’onaga ko’tarishni taqzo etadi.
Zero, ta’lim-tarbiyani takomillashtirishda ham davlat bosh islohotchidir, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, birinchidan, yosh avlodga o’zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash tuyg’ularini, xalqimizning ko’p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo’yilgan oliy maqsad va vazifalarni singdirish;
ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo’lgan hurfikrlikdan qat’iy nazar yoshlarni jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng yuksak maqsadlar sari chorlaydigan yagona g’oya — milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;
uchinchidan, yoshlarni baynalmilal jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda O’zbekistonga munosib hurmat tug’dirish uchun intilish ruhida tarbiyalash;
to’rtinchidan, yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, yuksak odamiylik va insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash;
beshinchidan, yosh avlodni ulug’ ajdodlarimizning munosib vorislari ekanliklari, ayni vaqtda jahon va zamonning umumbashariy yutuqlarini egallash ruhida tarbiyalash O’zbekistonda o’quvchi-yoshlarni tarbiyalashning eng dolzarb masalasidir.
Davlatimiz rahbari ko’rsatib berganidek, ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar:
birinchidan, ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta’sir ko’rsatishga, umuman mamlakatdagi mavjud muhitni butunlay o’zgartirishga;
ikkinchidan, insonning hayotda o’z o’rnini topishini tezlashtirishga;
uchinchidan, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirishda;
to’rtinchidan, insondagi mavjud salohiyatni to’la ro’yobga chiqarishga;
beshinchidan, umumiy va maxsus bilimlarga ega, ongli, tafakkuri ozod, zamonaviy dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris bo’lgan, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etadigan komil insonlarni tarbiyalashga qaratilgan.
Mazkur Kontseptsiyada taraqiyotimizning ma’naviy-axloqiy negizi milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligi ekanligi e’tirof etildi, milliy va umuminsoniy tarbiyaning quyidagi o’zaro aloqalari, uyg’un yo’nalishlari belgilab olindi.
Milliy tarbiya yo’nalishi orqali yoshlarda o’zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g’urur, millatlararo muloqot madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik, milliy odob, fidoyilik fazilatlari shakllantiriladi.
Umuminsoniy yo’nalishda huquqiy, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik, ekologik, gigityenik va boshqa tarbiya yo’nalishlari amalga oshiriladi. Bu Kontseptsiya milliy davlatchilik va jamiyat qurilishi talablari asosliligini ta’minlaydi.
Qayd etilgan masalalar jamiyatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri va uning dunyo miqyosidagi syosiy, iqtisodiy, ijtimoiy salohiyatini shakllantirishda g’oyat katta ahamiyatga ega ekanligiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar SHuningdek, O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim to’g’risida"gi qonunining 30-moddasida "Voyaga yetmagan shaxslarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari shaxsning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, o’quv muassasasigacha, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishlari uchun javobgardirlar", deb belgilab qo’yilgan.
Bu "Oila, o’quv bilim yurti, mahalla hamkorligi" bugungi kunning ma’naviy, ma’rifiy, mafkuraviy, tarbiyaviy zarurati ekanligini bildiradi. Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy, madaniy, tarixiy an’analariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyaning ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi, shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini ta’minlash; umumiy hamda milliy pedagogik madaniyatni oshirish; mamlakatimiz fuqarolari orasida milliy mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillashtirish "Oila, mahalla, o’quv yurti hamkorligi" Kontseptsiyasining asosiy maqsadidir.
O’zbekistonda ruy berayotgan o’zgarishlar "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligi" yo’nalishidagi shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, o’quv bilim yurtining asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqozo qiladi.

Yüklə 33,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin