Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari


Milliy qadriyatlar asosida shaxs dunyoqarishining shakllantirish



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə5/55
tarix17.04.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#99111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari

2. Milliy qadriyatlar asosida shaxs dunyoqarishining shakllantirish.
Jamiyatimizning, xalqimizning ming yillik ma’naviy-axloqiy yuksalish tajribasini o’zida jamlagan Islom madaniyatini tiklash o’z taqdirini o’zi belgilash, tarixiy xotiraga, madaniy-tarixiy birlikka ega bo’lish yo’lidagi g’oyat muhim qadam bo’ldi. Ma’naviy qadriyatlarning yana bir qudratli manbayi an’anaviy oila va qarindoshlik munosabatlari odobidan iboratdir. Kattalarni hurmat qilish, o’zaro yordamlashish, kelajak avlod haqida g’amxo’rlik qilish hamisha uning asosiy qoidalari bo’lib kelgan.
“Qadriyat” tushunchasining ilmiy iste’molga olib kirilganiga ko’p vaqt bo’lmagan , ammo uning negizi, insonning ijtimoiy faoliyati ekanligi mudom e’tirof etilgan. Antik davr mutaffakkirlarida “qadriyat” , “qadr”, “qadrlash” tushunchalarini ijtimoiy borliq, inson faoliyatining baxosi, baxolanishi boshqalar tomonidan ma’lum bir normalar asosida qadrlanishi tarzida tushunganlar. Masalan Aristotelning fikriga ko’ra, qadriyat hodisalarga baxo, munosabat, yaxshilik va yovuzlik tushunchalarida talqin qilinadi. Falsafa qomusiy lug’atida “Qadriyat – voqelikdagi muayyan hodisalarning umumiesoniy, ijtimoiy – ahloqiy, ma’naviy – madaniy ahamiyatini ko’rsatish uchun qo’llanadigan falsafiy tushuncha. Qadriyatlar ichida eng birinchisi va eng umumiysi hayotning o’zidir, chunki hayotdan mahrum bo’lish qolgan barcha qadriyatlardan foydalanishni yo’qqa chiqaradi.
Qadriyatlar — inson uchun ahamiyatli bo’lgan millat manfaatlari yo’lida xizmat qiladigan erkinlik, ijtimoiy adolat, tenglik, haqiqat, ma’rifat, go’zallik, yaxshilik, halollik, burchga sodiqlik singari fazilatlarni o’zida mujassamlashtiradi. Qadriyatlar o’zining mazmun-mohiyatiga ko’ra bir necha turlarga bo’linadi, ya’ni:

  • tabiiy qadriyatlar (yashash uchun zarur bo’lgan tabiiy shart-sharoitlar);

  • iqtisodiy qadriyatlar (ishlab chiqarish kuchlari va vositalari);

  • ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar (erkinlik, tenglik, adolat, tinchlik, hamkorlik);

  • ilmiy qadriyatlar (bilimlar, tajribalar, yutuqlar);

falsafiy qadriyatlar (g’oyalar, mafkuralar, konsepsiyalar);

  • badiiy qadriyatlar (san’at, adabiyot, madaniyat);

  • diniy qadriyatlar (iymon, e’tiqod, vijdon. Savob).

SHu bilan birga, qadriyatlarning milliy va umumin­soniy turlarga ajratilishi an’ana tusiga kirgan. Milliy qadriyatlar ma’lurn bir millat, xalq va elatlarning o’z tarixiy taraqqiyotida yaratadigan barcha moddiy va madaniy (ma’naviy) boyliklari yig’indisidan iboratdir.
An’ana- (lotincha trado-uzatish) bu o’ziga xos ijtimoiy hodisa bo’lib, kishilarning ongida, hayotida o’z o’rnini topgan, avloddan-avlodga o’tadigan, takrorlanadigan, hayotning barcha sohalarida (umum yoki ma’lum guruh tomonidan) qabul qilingan tartib va qoidalardir.
Odat (urf-odat) — kishilarning turmushiga singib ketgan, ma’lum muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko’pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari. Masalan:

  • kichiklarning kattalarga salom berishi;

  • katta turar joy,yashash,uy-hovlini tartibga keltirib qo’yish;

  • mehmonlarga alohida hurmatda bo’lish;

  • bayram arafasida kasal, ojiz, qiynalganlardan habar olish;

  • yordam lozim bo’lganlarnikiga hasharga borish, kabilar o’zbek xalqining yaxshi odatlari hisoblangan.

Marosim — an’ana va urf-odatning tarkibiy qismi bo’lib, inson hayotidagi muhim voqealarni nishonlashga qaratilgan rasmiy va ruhiy ko’tarinkilik, tantanavor vaziyatda o’tadigan o’zining umumiy qabul qilingan ramziy harakatlariga ega bo’lgan hayotiy tadbir. Masalan:

  • ism qo’yish marosimi: -nikohdan o’tish marosimi; -xotirlash marosimi;

- urug’ qadash marosimi; - o’rimga kirish marosimi va boshqalar.
Qadriyatlarning mazmuni jamiyaning moddiy ne’matlar ishlab chiqarish jarayonlari bilan boliqdir. U keng ma’noda madaniyat dunyosidir, bu esa inson ma’naviy hayotining hamma faoliyatining qimmatini belgilovchi baxodir.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, qadriyatlarni o’z mohiyati va amal qilish doirasiga qarab bir necha shakllarga bo’lish mumkin:
1. Moddiy qadriyatlar-mehnat va mehnat qurollari, moddiy neьmatlar.
2. Ma’naviy qadriyatlar-maьnaviyat, madaniyat ilmiy falsafa, axloqiy-estetik qarashlar, diniy, tarixiy, badiiy, dunyoviy qimmatli nomoddiy boyliklar.
3. Tabiiy qadriyatlar-insonni o’rab turgan va insoniyat yashashi uchun zarur bo’lgan tabiiy boyliklar, o’simliklar, hayvonot olami, yer osti va yer usti boyliklari, tuproq, suv, havo kabilar.
4. Iqtisodiy qadriyatlar-texnika va texnalogiya, shuningdek, mehnat bozori munosabatlari va hokazo.
5. Ijtimoiy–siyosiy qadriyatlar-davlatchilik, demokratiya. adolat, tinchlik, mustaqillik.
Milliy qadriyatlar umuminsoniy qadriyatlardan muayyan millat yoki elatning manfaatlar yig’indisini tashkil etishi bilan farqlanadi. Bir millat qadriyatlari boshqa millat tomonidan qabul qilinmasligi mumkin SHunga qaramay, har bir millat boshka millat uchun qimmatli bo’lgan qadriatlarni hurmat qilmoi maьnaviyatdir. Zero, maьnaviyatning asasiy o’zagi – milliy, umuminsoniy va shaxsiy qadriyatlardir. Milliy qadriyatlarga to’xtalganda, alohida shaxslar yaratgan qadriyatlarni eьtirof etish lozim. Alohida shaxslarning qadriyatlari ham milliy, ham umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko’tarila olishini xalqimiz tarixidan ko’plab misollar keltirib isbotlash mumkin . Masalan, Faroniyning “Astronomiya negizlari”, Ibn Sinoning “Tib qonunlari”, Xorazmiyning “Algorit”i, Beruniyning “Meneralogiya”si, Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asari, Buxoriy, Termiziy, Naqshbandiy, Kubroviy, Yassaviy kabilarning maьnaviy meroslarini keltirish mumkin.
Milliy madaniyat va qadriyatlarning mazmunini bilish, ularga eьtiqod qilish , yosh avlod ongiga insonparvarlik va vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantiradi. Vatan baxt-saodati va milliy istiqlolimiz yo’lida fidokorona mehnat qilishga, komil inson bo’lib voyaga yetishga undaydi.
Xulosa qilib aytganda, milliy qadriyatlar bir millat aьzolari ming yillar davomida yaratgan moddiy va maьnaviy madaniyat boyliklari, milliy til, milliy adabiyot, uning psixik ifodasi, xarakteri, ijtimoiy-siyosiy qarashlari, SHarqona ahloqiy printsiplari, urf-odatlari, anьanalari kabilardir.
Umuminsoniy qadriyatlar esa jamiyat taraqqiyoti dvvomida takomillashib borib, kishilarga hayotning mazmunini chuqurroq tushinish, o’zlarining xatti-harakatlarini maьnaviy mezonlar talabiga moslashtirish imkonini beradi. Umuminsoniy qadriyat- jamiyat va odamzod nasli uchun eng qadrli va umumijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan narsalar,hodisalar, sifat, faoliyat va boshqalarning ismi yoki nomini emas, balki ularning ijtimoiy qadrini ifodalash uchun ishlatiladigan aksiologik tushunchadir. Yoshlarimiz ongiga singdirilayotgan milliy istiqlol g’oyasi maьnaviy meros asosidagi umuminsoniy qadriyatga tayanadi. Umuminsoniy qadriyatlarqlar alohida xalqlarning, millatlarninggina emas, balki bashariyatning mulkidir. SHu bois, maьnaviy meros, tarixiy tajriba, anьana va urf-odatlar-barkamol avlod O’zbekistonida qadriyatlar darajasiga yetishishi tarbiya institutlarining o’rni beqiyosdir. Zero, millat o’z qadriyatini boshqa millat qadriyatlaridan ayri holda yarata olmaydi. Milliy o’zlikni anglashda milliy g’oya, mafkura va millatga xos bo’lgan yangilanish jarayonlari jadal ruvojlanmog’i lozim.
Yosh avlodga taьlim-tarbiya, bilim berish, uni ijtimoiy hayot va faoliyatga tayyorlashning asosiy mezonlaridan biridir. Taьlim - tarbiya orqali yoshlarning milliy qadriyatlar sirasiga kiruvchi ahloqiy fazilatlari shakllanadi, jamiyatdagi g’oyaviy, mafkuraviy jarayonlarga nisbatan munosabati o’zgaradi va barkamol shaxs bo’lib yetishishida imkoniyatlar paydo bo’ladi. SHaxsning ijtimoiy mavqeini aniqlashda, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy tizimini isloh qilish, ijtimoiy tartib va barqarorlikni qo’llab-quvvtlash, ishtimoiy nazoratni amalga oshirishda taьlim-tarbiya jarayoni muhim ahamiyat kasb yetadi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov oila qadriyatlari yoshlarning barkamol insonlar bo’lib shakllanishiga alohida ahamiyatga egaligi, xalqimiz mustabidlik davrida ham o’z qiyofasini unutmagani, insoniylik o’zbek xalqi qadriyatini asosi ekanligini taьkidlaydi. Har qaysi mamlakat, eng avvalo, o’zining yuksak madaniyati va maьnaviyati bilan qudratlidir. Mustaqilligimizning boshidayoq yurtimizda maьniviy merosga asoslangan qadriyatlarni tiklash, maьnaviy va maьrifat ishlariga alohida ahamiyat bergani muximdir.
O’zbekistonda umuminsoniy qadriyatlarga xurmat, azaliy milliy yondashuv sanaladi. Xalqimizga xos bo’lgan mehmondo’stlik, birodarlik, do’stlik, sadoqat, halimlik umuminsoniy hamjihatlikning asosini tashkil yetadi. Umuminsoniy manfaatlarga milliy tiklanish g’oyasining uyg’unlashuvi istiqlolga erishgan vatanimiz tashqi va ichki siyosatining o’zagini tashkil etadi. Milliy o’zlikka egalik, ozodlik, hurriyatni qo’ldan bermaslik, uni oliy qadriyat deb bilish milliy mentalitetimizning negizidir.
SHu bois, yoshlarni ezgulikka yo’g’rilgan qadriyatlar asosida tarbiyalash, ularga vatanparvarlik g’oyalarini singdirish muhimdir. Vatanparvarlik, eng avvalo, davlatimiz ramzlari bayroq, madhiya. gerbimizda o’z ifodasini topgan. Til orqali esa yurtimizni ululaymiz, yoshlarimizni uning qadriga yetishga chaqiramiz. Ramzlarda xalqimizning orzu-umidlari, hayot yo’li, urf-odatlari, tabiatga bo’lgan munosabati, qadriyatlariga sodiqligi, mehr-muhabbati kabilar o’z aksini topgan. Vatan ona allasiga yo’rilgan beshikdan boshlanib, ota-onani tanlab bo’lmaganidek, Vatan ham tanlanmaydi. U Vatanni sevish, ardoqlash, taraqqiy yetishiga hissasini qo’shish imkoniyatiga ega. SHu orqali u hayotda ham o’ziga, ham oilasiga baxt bera oladi. Xalqimizda ota-ona qanchalik ulug’lanib, ardoqlansa, tug’ulib o’sgan Vatan shunchalik qadrlidir. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat o’zbek mentalitetiga xos xususiyatdir. SHuning uchun ham yoshlar ongiga milligimizga xos bo’lgan or-nomus, milliy g’urur, mehribonlik, vijdonlilik, sadoqat, mehmondo’stlik, ahillik, ota-bobolardan faxrlanish, nasl-nasabini ulug’lash kabilar yoshlarni vatanparvar bo’lishga undaydi.
“O’zbekiston tanlagan yo’l-umuminsoniy va umume’tirof etilgan demokratik qadriyatlarga erishishga qaratilgan, ko’p asrlik madaniyatimizning eng sara yutuqlari, milliy an’analarimiz” ajdodlarimiz diniga bo’lgan sadoqatimiz bilan uyug’nlashib ketgan yo’l-biz uchun o’zgarmasdir. Yoshlar tarbiyasida barqaror qadriyatlarning ahamiyati katta.
Yoshlarimiz orasida ba’zida loqayd, ijtimoiy-taraqqiyotning o’ziga xos tomonlaridan bexabar, xudbin, mustaqil fikrdan yiroqlari ham uchrab turadiki, aynan shular orasidan ommaviy madaniyatga berilib, o’zligini unitayotganlar, giyohvandlar, ichkilikka berilganlar chiqayotgani achinarli holdir.Albatta, yoshlarning bunday yo’llarga kirib ketishi jamiyatimiz va ijtimoiy taraqqiyotimiz uchun katta xavfdir. CHunki yoshlar jamiyatimizning tayanchi ekan, nafaqat ularning jismonan sog’lomligi, balki ruhan ma’naviy sog’lomligi ham katta ahamiyatga egadir. Qadriyatlarni teran anglagan yoshlar ota-onalari yaratib bergan imkoniyatlar va sharoitlardan foydalanibgina qolmay, o’zlari ham kelajaklari uchun harakat qiladilar. Bu borada mukammal bilim olib, uni hayotga tadbiq eta bilish katta ahamiyatga egadir.
Qadriyatlar uyg’unligi insonning komil inson darajasiga yetish uchun intilishida, erkin yashashida, farovon hayot kechirishida alohida vosita hisoblanadi. Qadriyatlarni asrab-avaylash, rivojlantirish ijtimoiy taraqqiyot uchun muhimdir. Demak, hayot tarzini o’zgartirish uchun tafakkurni o’zgartirish kerak. Yoshlar o’z fikrlash tarziga ega bo’la borgan sari o’zligini, ma’naviy merosimizning ahamiyatini anglay boshlaydilar. SHuning uchun avvalo yoshlarda fikrlash qobiliyatini shakllantirishga alohida e’tibor berish kerak. Donolik insonni shahardagi o’nta hukmdordan qudratliroq qiladi. Inson yaxlit bir menga yetishi kerak.O’zlikni tanish degani ana shu. Nafsni yo’lga solgandan keyin ahloqiy me’yorning qadri oshadi.
SHunday qilib, istiqlol davrida erishilgan eng katta ijtimoiy taraqqiyotdagi yutiq bu milliy o’zlikni anglash davri bo’ldi. Ajdodlarimizga xos mehnatsevarlik, adolatparvarlik, halollik, insonparvarlik milliy istiqlol g’oyasi yoshlarga yetkazilmoqda va shakllantirilmoqda. Mustaqillikni asrash va uni taraqqiy ettirish e’tiqodli, elim deb, yurtim deb yashash, har bir insonning yuragidan joy olmoqda. Milliy o’zlikni anglashda yangi qadriyatlarning o’rni muhimdir. Ularni xalqimiz o’zining ehtiyojlariga muvofiq umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’unlashtirilmoqda. Qaysidir xalq uchun qadriyatli bo’lgan voqea, jarayon, narsa predmet boshqa millat uchun ahamiyatsiz bo’lishi mumkin. Ma’naviy madaniyati yuksak o’zbek xalqining qadriyatlari ham ajdodlari merosi kabi yuksakdir. Qadriyatlarni xalqning ijtimoiy ongidan, ma’naviyati va madaniyatidan, hech qachon siqib chiqarish mumkin emas. O’zbekiston jamiyatining ma’naviy yangilanishi jarayonida xalqimiz ongida yuksalish ro’y berdi. Zero, mustaqillikning ma’naviy asoslarini mustahkamlashda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligi muhim ahamiyatga ega.



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin