Tarbiyaviy soat



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə8/54
tarix20.09.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#146058
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54
Tarbiyaviy soat

Jami:

34 soat






10-sinf



O‘tiladigan mavzular

Soat

1

Jonim fido senga Hur O‘zbekiston.

1

2

“Nаmunаli хulq vа оdоb – insоn ko‘rki”

1

3

Xalq boyligi (geografiya fani oyligi doirasida).

1

4

Notiqlik madaniyati.

1

5

Ustoz otangdek ulug‘ (1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan).

1

6

Tilga e’tibor elga e’tibor (filologiya fanlari oyligi doirasida).

1

7

Halollik.

1

8

Onati tili – qalb ko‘zgusi (O‘z.Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan).

1

9

Sog‘liging o‘z qo‘lingda.

1

10

Til bilgan el biladi (Rus tili fani oyligi doirasida).

1

11

Befarqlik va uning oqibatlari.

1

12

Vatan oldidagi burch va mas’uliyat.

1

13

Konstitutsiya – huquqlarimiz kafolati (8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan).

1

14

Milliy qadriyatlarimizda huquqiy madaniyat.

1

15

Ma’naviy jasorat (MIG‘ fani oyligi doirasida).

1

16

Mening kelajakdan maqsadim! (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan).

1

17

Tinchlik uchun barcha mas’ul (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan).

1

18

Jahon axborot tarmog‘idagi tahdidlar! (Tarix fani oyligi doirasida).

1

19

Korrupsiyasiz – jamiyat quramiz.

2

20

Buyuk qadriyatlar yaxshilikka yetaklar. (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan).

1

21

Kiber makon va biz. (Matematika, informatika fanlari oyligi doirasida).

1

22

Axborot asri tahlikalari.

1

23

Ayolga ehtirom! (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan).

1

24

Buyuk mutafakkirlarimizning tabiiy fanlar rivojiga qo‘shgan hissasi (Kimyo, biologiya fanlari oyligi doirasida).

1

25

Milliy qadriyatlar va an’analarimiz (21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan).

1

26

Amir Temur va jahon madaniyati.(Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan).

1

27

Xalq amaliy san'ati – milliy boyligimiz (Tasviriy san’at, musiqa, mehnat fan oyliklari doirasida).

1

28

Kompyuter o‘ynlari manqurtlik vositasi (Fuqarolik muhofazasi kuni munosabati bilan).

1

29

Kashandalik ham o‘z joniga qasd qilish hisoblanadi.

1

30

Xotira abadiy, inson qadri buyukdir (9 may – Xotira va qadrlash kuni oldidan).

1

31

O‘zbekiston va jahon hamjamiyati (Chet tillar fanlari oyligi doirasida).

1

32

Men sevib o‘qigan kitob.

1

33

Men tanlagan kasb.

1




Jami:__34_soat____11-sinf'>Jami:

34 soat



11-sinf



O‘tiladigan mavzular

Soat

1

Biz tanlagan yo‘l. O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar yurti.

2

2

Nаmunаli хulq vа оdоb – komil inson fazilati.

1

3

Yoshlar va jinoyatchilik.

1

4

“Dehqon boy bo‘lsa xalq boy bo‘ladi”.

1

5

Ustoz otangdek ulug‘.

1

6

Ona tili – qalb ko‘zgusi.

1

7

Yoshlar orasida jinoyatchilikka qarshi kurash jamiyat tinchligining omili.

1

8

Jamoat joylarida o‘zini tutish odobi.

1

9

Salomatlik tuman boylik.

1

10

Til bilgan el biladi (Rus tili fani oyligi doirasida).

1

11

Befarqlik va loqaydlik.

1

12

Vatan oldidagi burch va mas’uliyat hissi.

1

13

Qonun – ustuvorligi jamiyat farovonligining garovi.

1

14

Terrorizm, ekstremizm va axborot tahdidlariga qarshi kurash.

1

15

Eng buyuk jasorat.

1

16

Mening kelajakdan maqsadim!

1

17

Xalq tinchligi uchun barcha mas’ul.

1

18

Din va axborot iste’moli madaniyati.

1

19

Korrupsiyasiz – jamiyat quramiz.

2

20

Buyuk qadriyatlar yaxshilikka yetaklar.

1

21

Kiber makon va biz.

1

22

Axborot asri tahlikalari.

1

23

Ayolga ehtirom!

1

24

Jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘luvchi illatlarga qarshi kurash.

1

25

Milliy urf-odat va an’analar.

1

26

Amir Temur va jahon madaniyati.

1

27

Inson qalbiga yo‘l.

1

28

Kompyuter o‘yinlari manqurtlik vositasi.

1

29

Oila-muqaddas dargoh!

1

30

Mardlik va jasorat.

1

31

Vaqt qadri.

1

32

Men sevib o‘qigan kitob.

1

33

Men tanlagan kasb.

1




Jami:

34 soat

Tarbiyaviy soat” mashg‘ulotlarining o‘quv dasturi


(1-11 sinflar uchun)


1 – sinf
(33 soat)
1-mavzu: Ona yurtim – oltin beshigim! (1 soat)
Vatan – tug‘ilgan makon. Har bir inson uchun eng ulug‘, eng aziz maskan, ajdodlari hoki yotgan muqaddas tuproq, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Vatan hamda o‘tmishni unutmaslik haqida aytgan fikrlari, yurtimizda yoshlarning bilim olishi uchun qanday qulay imkoniyatlar yaratilganligi, dunyoda qanday gunoh kechirilmasligi.


2-mavzu: Maktabimiz qoidalari. (1 soat)
O‘quvchilar qalbi va ongiga odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish tuyg‘ularini singdirish, ularda maktabning ichki tartib-qoidalariga amal qilish, maktab mulkini asrab-avaylash ko‘nikmalarini shakllantirish.


3-mavzu: Mening kun tartibim. (1 soat)
Kundalik tartib-qoidalar. O‘quvchining kun tartibi. Kun tartibiga rioya etish intizomlilik belgisi.


4-mavzu: Xavfsizlik nima? (1 soat)
O‘quvchilarda bugungi murakkab globallashuv davrida butun dunyoga tarqalib solayotgan din niqobidagi ekstremizm va terrorizmning yoshlar hayoti va kelajagiga solayotgan tahdidlari haqida tushunchalar hosil qilib, ularda ogohlik, hushyorlik va jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish xislatlarini tarbiyalash, ularni zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlardan himoya qilish, o‘quvchilarda ichkilikbozlik, giyohvandlik va «ommaviy madaniyat» kabi bizga yot illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish.


5-mavzu: Ustozga ta’zim! (Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan) (1 soat)
O‘quvchilar qalbiga o‘qituvchi va murabbiylarga hurmat tuyg‘usini singdirish, ularga ustozlarning ulug‘ligini va ularga doimo ehtirom ko‘rsatish lozimligini uqtirish.


6-mavzu: Tabiatni muhofaza qilish. (1 soat)
O‘quvchilar ongida atrof-muhitga, olam va odamga, hayvonot va o‘simlik dunyosiga mehr-muhabbat bilan munosabatda bo‘lish, tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, atmosfera va atrof-muhit tozaligini asrash, tarixiy va tabiiy boyliklarni asrash tuyg‘ularini shakllantirish.


7-mavzu: Tejamkorlik haqida suhbat. (1 soat)
O‘quvchilarni tejamkorlikka o‘rgatish, ularga ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikni uqtirish orqali o‘quvchilarning iqtisodiy savodxonligini, iqtisodiy ongini, iqtisodiy fikrlashi va iqtisodiy madaniyatlilik darajasini oshirish.


8-mavzu: Ona tilim – jonu dilim. (O‘z.Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan). (1 soat)
O‘quvchilarga Ona tili — bu millatning ruhi, til – dil kaliti ekanligi haqidagi hikmatlarni uqtirib, Davlat tiliga bo‘lgan hurmatni yanada rivojlantirish bilan bir qatorda o‘quvchilar qalbi va ongiga boshqa millat va elatlar tillariga ham hurmat bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘ularini singdirish.


9-mavzu: Oltin kuz ertaklari. (1 soat)
Ertaklar – yaxshilikka yetaklar. Har doim yaxshilikning g‘alaba qozonishi, ko‘p ertak o‘qigan bolalar aqlli, odobli va mehnatsevar bo֥‘lishi.


10-mavzu: Ta’til taassurotlari. (1 soat)
O‘quvchilarning ta’til davomida nima ishlar bilan shug‘ullanganliklari tinglanadi, boshqalarga ibrat bo‘ladigan yumush bilan shug‘ullangan bolalar rag‘batlantiriladi.


11-mavzu: Bayrog‘imiz – faxrimiz (18 noyabr - O‘z.Res. Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan). (1 soat)
O‘quvchilarda davlat ramzlariga bo‘lgan hurmatni rivojlantirish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarishda ularning o‘rni kattaligini uqtirish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i o‘zga yurtlarda ko‘tarilganda g‘urur va iftixor tuyg‘usini oshirishini singdirish.


12-mavzu: Ertaklar yaxshilikka – yetaklar. (1 soat)
O‘quvchilarga orzu va orzusi bo‘yicha tanlagan kasbining mohir ustasi bo‘lib yetishishlarida, barcha orzularining ro‘yobga chiqishida irodaning , mehnatning, harakatning va ustozlar o‘gitining o‘rni alohida ahamiyat kasb etishligini va bu jarayonda ertaklarning ahamiyatini tushuntirish.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin