18-mavzu: O‘zlikni anglash (Tarix fani oyligi doirasida). Fan o’qituvchilari bilan birgalikda fan oyligini yuqori saviyada tashkil etish.
19-mavzu: Ilm va zakovat tushunchasi. O`quvchilarga orzu va orzusi bo’yicha tanlagan kasbining mohir ustasi bo’lib yetishishlarida, barcha orzularining ro`yobga chiqishida irodaning , mehnatning, harakatning va ustozlar o’gitining o`rni alohida ahamiyat kasb etishligini tushuntirish.
20-mavzu: Buyuk allomalar hayoti– ibrat namunasi (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan). O`quvchilarda avliyolar avliyosi, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoirlar sultoni Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bo’lgan hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga mehr-oqibat, insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik tuyg'u’larini singdirish. SHuningdek, ularda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga ona Vatanga mehr-muhabbat, millatlararo hamjihatlik, dinlararo bag’rikenglik g’oyalarini singdirish.
22-mavzu:Fan, texnika – sirli tilsim (matematika, informatika fanlari oyligi doirasida). Fan o’qituvchilari bilan birgalikda fan oyligini yuqori saviyada tashkil etish.
23-mavzu: Qadriyatlar beshigisan mahallam. O`quvchilarda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimizga hurmat tuyg’ularini kuchaytirish orqali ular ongiga mehr-oqibat, insoniylik, milliyligini yo`qotmaslik, boy, asrlardan asrlargacha yetib kelayotgan urf-odatlarimizni saqlab qolish xislatlarini tarbiyalash.
24-mavzu: Jannat onalar oyog‘i ostidadir (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan). O`quvchilarga aziz onajonlarimiz va opa-singillarimizga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini singdirish orqali ularni “Ayolga e’tibor – kelajakka e’tibor”, “Ayol baxtli bo’lsa, jamiyat ham baxtli bo’ladi” degan g’oyalarga sadoqat ruhida tarbiyalash.
25-mavzu: Ilmiy – texnikaviy yangiliklarning inson hayotidagi o‘rni (fizika, kimyo, biologiya fanlari oyligi doirasida). Fan o’qituvchilari bilan birgalikda fan oyligini yuqori saviyada tashkil etish.