7 – sinf (34 soat) 1-mavzu: O‘zbekiston yagona Vatan! Mustaqillik kunini nima uchun eng ulug`, eng aziz ayyom sifatida bayram qilinishi,hayotimizdagi bugungi imkoniyatlar qanday paydo bo`lganligi, sobiq mustabid tuzum davrida xalqimiz qanday qiyinchiliklarni boshidan kechirganligi, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning buyuk ma’naviy jasorati va o’tmishni unutmaslik haqida aytgan fikrlari, afg`on qizi nima uchun o`z orzusiga yetolmaganligi, Yurtimizda yoshlarning bilim olishi uchun qanday qulay imkoniyatlar yaratilganligi, dunyoda qanday gunoh kechirilmasligi haqidagi tushunchalar shakllantiriladi.
3-mavzu: Maktab mulki muqaddas, uni ko‘z qorachig‘iday asra. Eng ulug’ maskan. Buyuk insonlarni tarbiyalovchi ilm o’chogi. Maktabdagi har bir kitob va boshqa buyumlarni asrab-avaylash lozimligi, chunki ular xalqimizning mulki ekanligi.
4-mavzu: Tabiat inson qo‘li bilan go‘zallashadi(geografiya fani oyligi doirasida). O‘quvchilar ongida atrof-muhitga, olam va odamga, hayvonot va o‘simlik dunyosiga mehr-muhabbat bilan munosabatda bo’lish, tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, atmosfera va atrof-muhit tozaligini asrash, tarixiy va tabiiy boyliklarni asrash tuyg’ularini shakllantirish.
6-mavzu: Ustozlar – elda aziz (1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan). O`quvchilar qalbiga o`qituvchi va murabbiylarga hurmat tuyg`usini singdirish, ularga ustozlarning ulug`ligini va ularga doimo ehtirom ko`rsatish lozimligini uqtirish.
7-mavzu: Tilga e’tibor – elga e’tibor (filologiya fanlari oyligi doirasida). Fan o’qituvchilari bilan birgalikda fan oyligini yuqori saviyada tashkil etish.
9-mavzu: O‘zbek tili – Davlat tili (O‘z.Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan). O`quvchilarga Ona tili — bu millatning ruhi, til – dil kaliti ekanligi haqidagi hikmatlarni uqtirib, Davlat tiliga bo`lgan hurmatni yanada rivojlantirish bilan bir qatorda o’quvchilar qalbi va ongiga boshqa millat va elatlar tillariga ham hurmat bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini singdirish.