Tarbiyaviy soat


-mavzu: Til – dil kaliti (Xorijiy tillar fanlari oyligi doirasida)



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə42/54
tarix13.05.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#113234
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54
Tarbiyaviy soat

31-mavzu: Til – dil kaliti (Xorijiy tillar fanlari oyligi doirasida).
Fan o’qituvchilari bilan birgalikda fan oyligini yuqori saviyada tashkil etish.
32-mavzu: Kitob eng yaxshi do‘st.
Kitobdan yaxshiroq do’st yo’q jahonda. O`quvchilarda kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosi, hayotni o’rgatuvchi murabbiy ekanligi haqida tushunchalar hosil qilish orqali ularning qalbi va ongiga kitob o’qishga bo’lgan munosabat, kitobni asrab-avaylash va kitobga mehr-muhabbat tuyg`ularini singdirish.
33-mavzu: Yozgi ta’tildagi rejalarim.
O`quvchilarga yozgi ta’tilni mazmunli o`tkazish bo’yicha tavsiyalar berish, ularga yozgi oromgohlarga yoki cho`milish havzalariga borganda ehtiyot bo`lishlikni uqtirish.
9 – sinf
(34 soat)
1-mavzu:Mustaqil O‘zbekiston farzandlarimiz.
Mustaqillik kunini nima uchun eng ulug`, eng aziz ayyom sifatida bayram qilinishi,hayotimizdagi bugungi imkoniyatlar qanday paydo bo`lganligi, sobiq mustabid tuzum davrida xalqimiz qanday qiyinchiliklarni boshidan kechirganligi, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning buyuk ma’naviy jasorati va o’tmishni unutmaslik haqida aytgan fikrlari, afg`on qizi nima uchun o`z orzusiga yetolmaganligi, Yurtimizda yoshlarning bilim olishi uchun qanday qulay imkoniyatlar yaratilganligi, dunyoda qanday gunoh kechirilmasligi haqidagi tushunchalar shakllantiriladi.
2-mavzu: Bozor iqtisodiyoti nima? Tejamkorlik oila boyligidir (Iqtisod fani oyligi doirasida).
Bozor iqtisodiyoti tushunchasi. Tejamkorlik – koni boylik. Gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi milliy boyligimiz. O`quvchilarni tejamkorlikka o`rgatish, ularga ortiqcha isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslikni uqtirish orqali o’quvchilarning iqtisodiy savodxonligini, iqtisodiy ongini, iqtisodiy fikrlashi va iqtisodiy madaniyatlilik darajasini oshirish.
3-mavzu: Umummilliy boylik (geografiya fani oyligi doirasida).
Fan o’qituvchilari bilan birgalikda fan oyligini yuqori saviyada tashkil etish.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin