23-mavzu: Sizga talpinaman, onajon! (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan). O`quvchilarga aziz onajonlarimiz va opa-singillarimizga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini singdirish orqali ularni “Ayolga e’tibor – kelajakka e’tibor”, “Ayol baxtli bo’lsa, jamiyat ham baxtli bo’ladi” degan g’oyalarga sadoqat ruhida tarbiyalash.
24-mavzu: O‘zbekistoning noyob tabiati(kimyo, fizika, biologiya fanlari oyligi doirasida). O‘quvchilar ongida atrof-muhitga, olam va odamga, hayvonot va o‘simlik dunyosiga mehr-muhabbat bilan munosabatda bo’lish, tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, atmosfera va atrof-muhit tozaligini asrash, tarixiy va tabiiy boyliklarni asrash tuyg’ularini shakllantirish.
25-mavzu: Navro‘zi olam muborak!(21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan). O`quvchilarda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimizga hurmat tuyg’ularini kuchaytirish orqali ular ongiga mehr-oqibat, insoniylik, milliyligini yo`qotmaslik, boy, asrlardan asrlargacha yetib kelayotgan urf-odatlarimizni saqlab qolish xislatlarini tarbiyalash.
26-mavzu: Amir Temur va temuriylar davri madaniyati(Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan). O`quvchilarning buyuk davlat arbobi va jahongir lashkarboshi, Sohibqiron Amir Temurga bo`lgan cheksiz hurmatlarini yanada rivojlantirish hamda ular ongiga Amir Temur bobomiz faxrimiz-g`ururimiz ekanligini singdirish.
27-mavzu: Intilganga tole yor! (Tasviriy san’at, musiqa, mehnat fan oyliklari doirasida). O`quvchilarga orzu va orzusi bo’yicha tanlagan kasbining mohir ustasi bo’lib yetishishlarida, barcha orzularining ro`yobga chiqishida irodaning , mehnatning, harakatning va ustozlar o’gitining o`rni alohida ahamiyat kasb etishligini tushuntirish.
29-mavzu: Vatanni sevmoq iymondandir (Xotira va qadrlash kuni oldidan). O`quvchilar qalbi va ongiga ajdodlar xotirasiga hurmat, tiriklarni qadrlash tuyg’ularini singdirish orqali ularda hozirgi kunlarimizga shukronalik, tinchlikning qadriga yetish hamda ajdodlarga munosib voris bo’lish xislatlarini tarbiyalash.