15-mavzu: Buyuk ma’naviyat egasimiz (MIG‘ fani oyligi doirasida).
O`quvchilarning vatanimiz hududidan yetishib chiqqan buyuk allomalar ma’naviy merosini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytirish orqali ularda mehr-oqibatlilik, insoniylik, vatanparvarlik, rostgo’ylik, halollik, ilmlilik, or-nomuslilik, samimiylik, ajdodlar merosiga hurmat va sadoqatlilik fazilatlarini tarbiyalash.
Ma’naviy jasorat. Hayotimizdagi bugungi imkoniyatlar qanday paydo bo`lganligi, sobiq mustabid tuzum davrida xalqimiz qanday qiyinchiliklarni boshidan kechirganligi, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning buyuk ma’naviy jasorati va o’tmishni unutmaslik haqida aytgan fikrlari, buyuk vatandoshlarimizning ma’naviy jasoratlari ibrat namunasi ekanligi.
16-mavzu: Yangi yil tilaklarim sizga, do‘stlar! (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan).
O`quvchilarda yangi yil bayramida ezgu orzular bilan yangi yilga qadam qo’yish, maktabning odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish, yangi yilda tashkil etilgan bayram tadbirlarida namunali ishtirok etish xislatlarini tarbiyalash hamda o’quvchilar ongiga yangi yilda inson qalbi ham qor kabi oppoq bo`lishi lozimligini singdirish.
17-mavzu: Vatan – sajdagoh kabi muqaddasdir (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan).
O‘quvchilar qalbi va ongiga Vatan muvaffaqiyatida o‘zlarining ham shaxsiy burchlari va mas’uliyatlari borligini chuqur singdirish, ularda ona yurtga mehr-oqibatli bo`lish, Milliy armiyamiz haqida ma’lumotlarga ega bo`lish, Vatan muammolarini o‘zinikidek qabul qilish, Vatan yukini o‘z elkasiga olish, mumkin qadar ona yurtiga foyda keltiradigan shaxs bo‘lib ulg‘ayish xislatlarini tarbiyalash.
18-mavzu: Ulug‘ ajdodlarimiz merosini chuqurroq o‘rganaylik! (Tarix fani oyligi doirasida).
O`quvchilarning vatanimiz hududidan yetishib chiqqan buyuk allomalar ma’naviy merosini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytirish orqali ularda mehr-oqibatlilik, insoniylik, vatanparvarlik, rostgo’ylik, halollik, ilmlilik, or-nomuslilik, samimiylik, ajdodlar merosiga hurmat va sadoqatlilik fazilatlarini tarbiyalash.
Dostları ilə paylaş: |