Tarbiyaviy tadbirlarda xalq rivoyatlaridan foydalanish



Yüklə 182,38 Kb.
səhifə6/8
tarix14.12.2023
ölçüsü182,38 Kb.
#179956
1   2   3   4   5   6   7   8
Ilm ma’rifatining tarbiyaviy ahamiyati

1-boshlovchi:
Rahmat sizlarga:
Bundan keyingi faoliyatingizga omadlar tilab qolamiz.
2-boshlovchi:
Endi ustoz va murabbiylarimizni tabriklash uchun so’z maktabimizning a’lochi o’quvchilariga.
1-o’quvchi:
Bizga saboq bergan dono muallim,
Oliyjanob odob bergan va ta’lim
Sizni ko’rsak qaerda, qilamiz ta’zim,
El baxtiga omon bo’ling muallim.
2-o’quvchi:
To’g’ri yurgin, to’g’ri bo’lgin dedingiz,
Aldama deb, necha bor o’rgatdingiz,
Unitilmas sizdan olingan ta’lim,
El baxtiga omon bo’ling, muallim.
3-o’quvchi:
Savollarga ko’mib bizni bir talay,
Olmay javob bo’lardingiz noqulay.
Kechiribsiz, jilmaydingiz har qalay,
El baxtiga omon bo’ling, muallim.
4-o’quvchi:
Insonlarga ilmu ma’rifat berish,
Savoblar ichra eng oliy savobdir.
Bo’larman siz kabi mashhur muallim,
El baxtiga omon bo’ling, muallim.
5-o’quvchi:
Sizni yo’lingizni yo’llasin taqdir,
Unitilmas sizdan olingan ta’lim.
Sizni ko’rsak qaerda qilamiz ta’zim,
El baxtiga omon bo’ling, muallim.
(5 ta o’quvchi xor bo’lib aytadi oxirgi qatorini)
(Qo’shiq)
1-boshlovchi:
Aziz ustozlar, hozir o’quvchilaringiz sizga sahna ko’rinishi orqali “Muammoli vaziyat”ni ko’rsatib berishadi. Sizlar o’z fikrlaringizni bildirasizlar.
Sahna ko’rinishi: “Kechikkan bola” Davraga 4-5 stol ikkitadan qator qilib qo’yiladi, sinfxonasi tasvirlanadi. O’quvchilar joylashib o’tiradilar. O’qituvchi kirib keladi.
O’qituvchi: Salom, bolalar!
O’quvchilar: Assalomu alaykum!
O’qituvchi davomadni aniqlaydi va darsni boshlaydi. Bir o’quvchi kechikib keladi.
O’qituvchi: Nega kechikding, Anvar?
Anvar: Soatimiz to’xtab qolibdi:
2-kun
O’qituvchi: Bugun nega kechikding?
Anvar: Kelayotgan edim, daftarim uyda qolib ketibdi. Qaytib borib olib keldim.
3-kun
O’qituvchi: Anvar nega sen kechikishni odat qilib olding?
Anvar: Ustoz, uyda kichik ukam bor unga qarab turuvdim. Oyim bir joyga chiquvdi.
O’qituvchi boshini ushlab o’ylanib qoladi.
2-boshdovchi:
Hurmatli ustozlar,o’quvchilarimiz siz bu holatda qanday yul tutishingizni bilishmoqchi. Hozir ular sizlardan “intervyu“
olishmoqchi.
1-o’quvchi chiqib o’qituvchilar fikrini so’rab chiqadi.
( Raqs ijro etiladi)

Yüklə 182,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin