Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish usullari



Yüklə 28,95 Kb.
səhifə8/8
tarix23.05.2023
ölçüsü28,95 Kb.
#120873
1   2   3   4   5   6   7   8
Akmaral opa

NAZORAT SAVOLLARI:
  1. Respublikamizda badiiy havaskorlik ijodining rivojlangan janri?


  2. Xalq teatrining asosiy turlari?


  3. Xalq og`zaki ijodi qanday vujudga keladi?


  4. O`zbek an`anaviy xalq teatrining turlari?



MAVZU. MADANIY TADBIRLAR DRAMATURGIYASI


REJA:
  1. Askiya – ijodning badiiy shaklidir.


  2. Askiyani insonlarga ta`siri.


  3. Askiya tarixi.


  4. Askiya piri kim?


  5. Askiyaning shakllari.


O`zbek xalqining qadim zamonlardan o`ziga xos, mazmundor, shaklan go`zal, ko`p qirrali, boy madaniyat, urf-odat va san`atga ega ekanligi ma`lum. Ularning orasida askiya - eng sevimli, ta`sirchan va katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan san`at turlaridan biridir. Askiya - bu ijtimoiy ahamiyatga ham ega bo`lib, halqning hayot mazmunini, mehnat va madaniyatini, kishilar o`rtasidagi munosabatlarni, qarama-qarshiliklarni, shuningdek, kishilardagi dunyoqarashni o`zida aks ettiradigan o`zbek san`atining an`anaviy hajviy janridir.


Askiya – eng avvalo, hajviy xarakterga ega bo`lib, original ijodiy janrdir. CHunki u inson tafakkurining hozirjavobligini, zehni, fikrining mantiqiyligini o`zida yaqqol ifoda etadi.
Askiya - ijodning badiiy shaklidir. CHunki uning negizida nutq madaniyati, til boyligi, badiiy-obrazli talqin etiladigan mazmun - tema (payrov), g`oya, voqealar xarakteri o`z o`rnini topadi.
SHunday ekan, aytish mumkinki, askiya ijtimoiy hayotni o`zida aks ettiradigan, badiiy ijodining original shaklidir.
Bulardai tashqari, askiya - inson sog`ligi, kayfiyati uchun ham eng ta`sirchan «dori»dir.
Xalqimizning «Bir marta dildan kulgan kishining umri bir kunga uzayadi» deyishi bejiz emas, albatta. Joylarda soatlab, ba`zan esa butun oqshom davom etadigan kulgi-askiya kechalarining kishi salomatligiga nechog`lik foyda keltirishini tasavvur etishning o`zi kifoya.
Askiya – mazmunga boy bo`lgan eng qiziqarli dam olish shakllaridan biridir. CHunki u kishilarning mehnatdan bo`sh vaqtida, bayramlarda, sayillarda, to`ylarda va boshqa xalq yig`inlarida ijro etiladi. Askiya va kulgi kechalari bo`lib o`tadigan joylarda xalq ko`p yig`iladi. Masalan, Toshkentdagi A. S. Pushkin nomli madaniyat va istirohat bog`ida askiya bo`lgan kuni tomoshabinlar nihoyatda ko`p bo`ladi. Andijon shahar parkida esa ochiq maydonlar u yoqda tursin, daraxtlarning ustida ham bo`sh joy qolmaydi. Bu askiyaga bo`lgan xalqning qiziqishidan, uning ta`sirchanligi, samarasi kuchli ekanligidan dalolat beradi. SHuning uchun ham askiyadan foydalanish yo`llarini izlash muhim masaladir.

Yüklə 28,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin