Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish usullari



Yüklə 28,95 Kb.
səhifə3/8
tarix23.05.2023
ölçüsü28,95 Kb.
#120873
1   2   3   4   5   6   7   8
Akmaral opa

Tanqid qilish metodi. Pedagogikada bu metod jazolash deb ham yuritiladi. Jazolash metodi ko`proq muntazam ishlaydigan kollektivlarda: o`quv yurtida, ishlab chiqarishda qo`llanadi. Madaniy-ommaviy tadbirlar vaqtincha yig`ilgan auditoriya bo`lgani uchun unda tanqid qilish metodidan o`ziga xos yo`l bilan foydalaniladi.
Tadbirlarda faqat ilg`or mehnatkashlarning faoliyatini targ`ib qilish bilan bir qatorda, kollektivni orqaga tortadigan shaxslarga qarshi kurashiladi. Tanqid ob`ektiga hayotning rivojiga xalaqit beruvchi barcha «salbiy qahramonlar» kirishi mumkin. Dangasalar, ichkilikbozlar, byurokratlar, ig`vogarlar, poraxo`rlar, egoistlar, meshchanlar va hokazolarnnng tadbirlarda satira va yumor orqali tanqid qilinishi, ularning omma o`rtasida fosh etilishi, birinchidan, ularni o`zi haqida chuqur o`ylashga olib keladi, ikkinchidan, xalqni bunday shaxslarga qarshi kurashishga undaydi.


Ma`rifiy metodlar. Madaniy-ommaviy tadbirlarning asosiy vazifalaridan biri ommaga yangi axborot va bilim berishdan iboratdir. Bu jarayonda ham pedagogikadagi ma`rifiy metodlardan ijodiy foydalanish katta samara beradi. Tadbirlarda keng qo`llanilishi mumkin bo`lgan ma`rifiy metodlar – bu bayon etish va namoyish qilishdir.

Bayon etish metodi. Bu metodning asosiy maqsadi shundan iboratki, u tadbirning g`oyasi, mazmuni, axborot va faktlarini auditoriyaga jonli so`z orqali bayon qilish shaklida etkazib beradi. Ommaviy tadbirlar tarkibida ko`pincha shunday faktlar va ma`lumotlar bo`ladiki, ular albatta batafsil tushuntirishni talab qiladi. Xuddi shunday daqiqalarda bayon etish metodi katta yordam beradi. Bu metod yordamida ma`lumotlarning mohiyati ochiladi, xususiyatlari yoritiladi va to`liq bilim beriladi. Bayon qilish metodi, ayniqsa, og`zaki jurnallarda, tematik kechalarda ko`proq qo`llaniladi.

Namoyish qilish metodi. Bu metod tadbir mazmunidagi voqealarshshg obrazli tasvirini ko`rgazmali shaklda auditoriyaga etkazishga yordam beradi. Bunda barcha ma`lumotlar obrazli kuzatish (ko`rish) orqali qabul qilinadi. Namoyish qilish metodi, asosan, ta`sirchan vositalar orqali bajarilib, unda voqealar yoki kecha qahramonlarining hayotiga oid ma`lumotlar hujjatli, real aks ettiriladi. Masalan, portret kechasida ma`lum kishining hayoti va mehnati suratlar, fil’mlar, hujjatlar orqali ko`rgazmali namoyish qilinadi. Bu esa berilgan ma`lumotlarni emotsional-obrazli idrok etishga yordam beradi va ular haqidagi taassurotlarni uzoq vaqt esda saqlab qolishga imkon beradi. «YUz marta eshitgandan bir marta ko`rgan yaxshi», degan maqol namoyish qilish metodi uchun shior bo`la oladi.

Yüklə 28,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin