Mutolaa, kutubxona tizimining mohiyati va uning jamiyatdagi o`rni
O`zbekiston Respublikasida jamiyatning har sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar avvolo inson uchun, uning tinch, osuda-farovon hayoti uchun ekanligini hayotning o`zi ko`rsatib turibdi. Jamiyatdagi ustuvor sohalardan biri, shaxs madaniyati, ma`naviyatini shakllantirish omili bo`lgan kutubxonalar faoliyatidagi so`nggi yillardagi tub islohotlar tufayli yuz bergan o`zgarishlar ushbu faoliyat asoslarini qayta anglash zarurati bilan bog’liq ekanligini namoyon etmoqda. Bu o`zgarishlar tufayli belgilab olingan yangi maqsad va vazifalar axborot–kutubxona sohasida inovatsion faoliyat olib borish, turli toifadagi foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatishning yangidan –yangi shakl-usullarini o`zi olib borayotgan faoliyatning yangicha yo`nalish va vositalarini izlab topish, atrof muhit bilan yangicha o`zaro munosabatlarni shakllantirishni shart qilib qo`yadi. Boshqa tomondan esa kutubxonalar mazmuniy va texnologik yangilanishlar xisobiga o`zgara borishi va rivojlanishi kerak. Ijtimoiy muassasa hisoblangan kutubxona faoliyati muayyan ijtimoiy ahamiyattga ega bo`lgan vazifalarni bajarish bilan o`zaro bog’liq bo`ladi. Boshqa ijtimoiy muassasalar bilan qiyoslaganda kutubxona madaniy voqeiylik unsurlarini o`zida mujassam qilgan hujumlar orqali kishilarning madaniyatga erishtiradi. Kutubxona ishini axborot-komunikatsion texnologiyalar ta`siri nuqtai nazaridan o`rganish kutubxonaning ijtimoiy kommunikatsion tizimdagi o`rnini belgilash harakati bilan bog’liqdir. Jamiyatning kichik bir funktsional tizimini xisoblaganda kutubxonani tizimning xotirasi deb tasavvur etish mumkin. Xotira to`planadigan axborot-ma`lumotlar tizimni yanada rivojlantirish bo`yicha qarorlar qabul qilish uchun kerak bo`ladi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning zaminida ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqorolik jamiyatining barpo qilish kontseptsiyasi mujassamlashgandir.
Huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqorolik jamiyatini barpo etishda axborot manbai sifatida kutubxona ishining ahamiyati beeqiyos darajada kattadir. Mustaqillik davrida bosib o`tgan yigirma besh yillik davr aholimizning keng qatlamlari uchun xizmat qiluvchi axborot kutubxonalar tizimi shakllanish va rivojlanish davri bo`ldi.
Shuningdek, bu o`ta muhim vazifani amalga oshirishda ta`lim – tarbiya tizimi, ijtimoiy–siyosiy, ma`naviy – mafkuraviy masalalar bilan shug’ullanadigan idoralar, davlat va nodavlat tashkilotlar, siyosiy partiyalar o`z hissasini qo`shishi tabiiy, albatta, lekin bu borada ommaviy axborot vositalarining o`rni va ta`sir kuchi beqiyos, desak, hech qanday mubolag’a bo`lmaydi”1Bugungidek, shiddat bilan jadallashib borayotgan globallashuv jarayoni, milliy g’oyaga bo`lgan ehtiyojning ortib borish sharoitida axborot tizimi, xususan kutubxona ishini elektronlashtirish, zamonaviy yangi texnologiyalar bilan ta`minlash asnosida fuqorolarni iste`moli darajasidagi axborot manbaini shakllantirish va uni muayyan muddat saqlash vazifalarini bajarishi lozim. Jamiyatning ijtimoiy va axboriy muassasasi bo`lgan kutubxonalar shunday bir axborot va xujjatlar maydonini yaratadi va rivojlantiradiki, unda kishilar axborot bilan o`zaro aloqada bo`lgan holda, o`zining axborotlarga bo`lgan ehtiyojini qondirish va boshqa kishilarning ham ayni shunday ehtiyojlarini ta`minlash maqsadida hilma hil jarayonlarni amalga oshiradilar. Kutubxonalar sohasidagi yangiliklarni anglab etish, ijtimoiy-madaniy faoliyatning qadriyatli tomonlarini hisobga olishni ko`zda tutadiki, u yoki bu yangilikning “foydaliligi” mezonlari bilan tenlashtirib bo`lmaydi. Bunday holatda kutubxonachi bilan kitobxonning o`zaro muloqoti, kutubxona jamoasining ish yuritishi, ayniqsa, rasmiy va norasmiy rahbarlarning o`zaro munosabati va shu kabilarning axloqiy jihati birinchi o`ringa chiqadi. Shu bilan birga kutubxonaning intelektual “maxsuloti”ni himoya qilish bilan bog’liq xuquqiy masalalarni ham esdan chiqarmaslik kerak. Bugungi kunda mamlakatimizning uzoq va davomli manfaatlari taqazo etgan holatlarda va keskin vaziyatlardan chiqish va ular tug’diradigan muammolarni hal etish zarur bo`lganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usullari qo`llandi va bunday yondashuv ohir oqibatda o`zini oqladi.
Bu mamlakat rahbarining boshqaruvda tarix va zamonaviylikni uyg’unlashtirgan holda fuqorolar manfaatlari asosidagi faoliyati natijasi edi.
Mustaqillik sharofati bilan bir qancha afzalliklarga erishildi. Ular qatorida insonni ruxan ulg’ayishiga chorlagan ma`naviyatni shakllantirish omili bo`lgan kitob va kutubxonachilikda ham bir qator yangi izlanishlar, modernizatsiya qilish ishlari olib borildi. Jumladan, elektron hisoblash texnikalari, internetdan foydalanish, elektron kataloglaridan foydalanish, adabiyotlarning elektron versiyalaridan foydalanish kitobxonlarga yangi imkoniyatlarni ochib berdi. Madaniyatlilikning ajralmas tarkibiy qismi-bu kutubxonachilik, ya’ni axborot xizmatidir. Bu xizmat turini amalga oshirilar ekan, kitobning qay darajadagi nodir boylik ekanligini oddiy xalq ongiga singdirish, u ertangi farovon hayotni yaratishda muhim ob`ektiv omil ekanligini uqtirish lozim. Kitob-yuksak darajada rivojlangan ma’lum tuzilmadir. Kitob-jamiyat madaniyatining ajralmas bir qismidir. Buni o`tgan ulug’ allomalar tomonidan aytilgan ibratomuz ibora va maqollar ham tasdiqlaydi.
G’arb faylasufi A. I. Gertsen fikricha, kitoblar bir avlodning boshqa avlodga qoldirgan ma`naviy vasiyati, umri tugagan keksaning hayotga endi qadam qo`ya boshlagan o`smirga pand-nasixati, dam olishga otlangan soqchining navbatchilikka turgan soqchiga bergan buyrug’idir.
Insoniyat madaniyati taraqqiyotining eng to`liq va har tomonlama ifodasi sifatida kitobning shaxsni tarbiyalashda uning aqliy rivojlanishida ahamiyati kattadir.
Kutubxona- jarayonlarning birligini, kutubxona sistemasining boshqaruvini ta’minlash va shu asosda kitobxonlarga xizmat ko`rsatish- markazlashtirish tizimining eng muhim mezonidir. Kitoblar-aholini g’oyaviy,siyosiy va axloqiy jihatdan tarbiyalash hamda ularni umum-ta’lim, madaniyat va kasbiy bilimlarini oshirishda xizmat qiladi. Har bir kutubxona markaziy kutubxona tizimining tarkibiy qismi bo`lib, u tashkilot rahbarligida ishlaydi.
Markaziy kutubxona tizimida abonoment, o`quv zali, kitobxonlarga xizmat ko`rsatish bo`limlari va ixtisoslashgan bo`lim va sektorlar bo`lishi mumkin.
Kitobxonlarga xizmat ko`rsatish bo`limii, adabiyotlarga ishlov berish bo`limi, yagona fond va kutubxonalararo abonomentdan foydalanish bo`limi, markaziy kutubxona tizimining strukturasini hisoblanadi.
Mustaqillik yillarida mamlakatda ijtimoiy, madaniy va xalqaro hayotning deyarli barcha sohalarida ijobiy o`zgarishlar yuz berdi. O`zbekiston jahon hamjamiyatiga qo`shilishi bobida faol va samarali qadamlar qo`yildiki, bu ko`p jihatdan mamlakat fuqorolariga axborotdan erkin foydalanish imkoniyatlarini yaratish darajasi bilan bog’liqdir. Kishilik jamiyati tarixi bilmaslikdan bilishga tomon tutilgan yo`l, hur fikrlikning jaholatparastlikka qarshi kurashi, aql-idrok va ma`rifatning nodonlik va mutaassiblik ustidan g’alabasi tarixidir. Insoniyat uzluksiz ijtimoiy taraqqiyot yo`lidan olg’a qarab bormoqda. Inson tafakkurining buyuk g’alabalarini o`zida saqlab kelayotgan insoniyatning ijtimoiy xotirasi esa ana shu taraqqiyot asosini tashkil etadi. Ijtimoiy xotira hamma davrlarda axborotni qayd qilish yoki ro`yxatga olish, satrlash, qaytadan tiklash va avloddan-avlodga yetkazishning muayyan davrga mos bo`lgan shakllarini topar edi. Odatda bu shakllar ma`lum sifatga ega bo`ladi.Insoniyat tarixining ibtidosida tilning paydo bo`lishi dastlabki tajribalarni o`zlashtirishda, mehnat qurollarini takomillashtirishda, ulardan foydalanishda hal qiluvchi rol’ uynadi. Fikrlarni uzoq vaqt mobaynida saqlashga, ularni bir kishidan ikkinchi kishiga, avloddan-avlodga etkazishga imkon bergan yozuv eng muhim belgilar tuzilmasi bo`lib qoldi.
O`z navbatida kitobning o`zi yuksak darajada rivojlangan ma`lum tuzilmadir. Ko`p asrlar davomida kitobning tashqi ko`rinishi, mujassam holda namoyon bo`lishi,ishlab chiqarilishi uzluksiz ravishda takomillashib keldi. Antik davrning o`rama kitoblari o`rniga, eramizning IV- asrida, hozirda biz foydalanayotgan muqovalangan qo`lyozma kitob paydo bo`ldi. Bizning davrimiz matn va rasmlarlar bilan berilgai axborotlarni qayta ishlashning elektron uslublarini joriy etish yo`li bilan kitob chikarishni tubdan o`zgartirib yubordi.
Kitob jamiyat madaniyatining ajralmas bir qismidir. Insoniyat madaniyati taraqqiyotining eng to`liq va har tomonlama ifodasi sifatida kitob ko`p asrlar mobaynida shaxsni tarbiyalashda va uning aqliy rivojlanishida muhim rol’ o`ynaydi.
Kutubxonalarning tiplari kutubxonashunoslik fanining eng dolzarb va murakkab muammolaridan biridir. Hozirgi kunda ommaviy, madaniy-ma`rifiy va ilmiy axborot muassasalari bo`lmish kutubxonalarning roli uzluksiz o`sib bormoqda. Kutubxonalar madaniyat Yutuqlaridan foydalanish borasida fuqorolarning asosiy insoniy huquqlarini keng ro`yobga chiqarish imkonini beradi, onglilikni oshirishga ko`maklashadi, faol hayotiy dunyoqarashni shakllantiradi.
Yozma axborot manbalari (kitob, gazeta, jurnal va hokozolar) jamiyatning ma`naviy va ijtimoiy-maishiy talab-extiyojlarini qondirishga qaratilgan bo`lib, butun insoniyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida shu vazifani bajarib keldi. Yozma xujjatlar kishilarning o`zaro fikr almashuv imkoniyatlarini kengaytiradigan bo`lsa, kutubxonalar yozma asarlar umrini uzaytirish vositasi xisoblanadi. Boshqa ijtimoiy muassasalar kabi kutubxonalar xam jamiyatning eng zaruriy extiyojlari asosida vujudga keldi va. rivojlandi. Sababi, ma`lumotlarni kayd qilish va uzatish vositasi sifatida ijtimoiy zaruratga javob beradigan yozuvning paydo bo`lishi bilan eng muhim yozuvlarni tanlay oladigan muassasalarni vujudga keltirish extiyoji ham yuzaga kelgan edi. Shunday qilib, kutubxonalar avval boshdanoq, jamiyatning mo`tadil mavjudligini ta`minlaydigan uning ajralmas bir qismi xisoblanadi.
Kutubxona bosma va ayrim yozma asarlardan ommaviy foydalanishni ta`minlovchi madaniy ma`rifiy va ilmiy muassasadir. U muntazam ravishda bosma asarlarni to`plash, saqlash, targ’ib qilish va kitobxonlarga etkazish, shuningdek,axborot-biblografiya ishlari bilan shug’ullanadi.
Kutubxona-bu kitoblar va kishilik jamiyati tarixi majmuasidir,shu ma`noda u insonparvar muassasadir. Kutubxonalarda insoniyat erishgan barcha ilmlar turli fan sohalari bo`yicha kitoblar to`plangan.
Jamiyat tomonidan, uning asosiy ijtimoiy-maishiy extiyojlarini qondirish maqsadida barpo etilgan kutubxonalar zulmatga, nodonlik va jaholatga qarshi kurashdi.U insoniyat borligining buYuk xujjatlashgan guvohi sifatida yashamoqda. Shu sababdan unga zarurat sezgan har bir kishi undan foydalana olishi hamda kutubxonalar hamma uchun ommabop bo`lishi zarur.
Kutubxona tiplari belgilarning umumiyligi bo`yicha kutubxonalarning ilmiy tavsifi bo`lib, u kutubxonalarni tiplari, turlari va xillari bo`yicha taqsimlash imkonini beradi.
Kutubxonalar tiplari va turlarini bilish kutubxonalarni, umuman ularning tarmoqlari va sistemalarini tashkil qilishning umumiy o`ziga xos xususiyatlari, vazifalari, aloqalari, munosabatlari, darajalari to`g’risidagi tasavvurlar asosida ularni tabaqalashtirishga imkon beradi. Bu esa, o`z navbatida,kitob fondlari tarkibi va sistemasini shakllantirish, kitobxonlarning talablarini to`laroq qondirish kabi kutubxonachilik qurilishining dolzarb muammolarini tegishli darajada hal etadi va pirovard natijada kutubxonalar yagona sistemasining samarali ishlashini ta`minlaydi.
Turli tip va xildagi kutubxonalar faoliyatining umumiy va o`ziga xos xususiyatlari shundaki, jamg’armaning tuzilishi va jamg’armaning tarkibi ma’lum bir maqsad sari yo`naltirilgan,mutaxasislar va hamkorlar yordamida kitobxonlar talablarini qondirish, kutubxonalar tizimi shakllarini o`rganish va ish olib borish Bilan kutubxonalar ishini boshqarishning samaradorligini oshirishga qaratilgan bo`ladi.
Kutubxonaning kitob fondidan foydalanish qay darajada bo`lishdan qat’iy nazar, uning bilimlar xazinasi ekanligi xaqiqatligicha qoladi, qaysiki unda insoniyatning ruhiy boyliklari, durdonalari to`plangandir.
Haqiqiy kutubxonachi nashrlar ummonidan zarur kitoblarni to`plab, kutubxonalar fondini boyitadigan, shu kitoblarni tartibga keltiradigan va ularni o`z kitobxoniga etkazadigan shaxsdir.
Kutubxona xodimlari territoriya aholisini kutubxonaga jalb qilish, kutubxona-bibliografiya xizmat ko`rsatish, kitobxonlarning talablarini qondirish, o`z fondidan foydalanish va saqlash uchun javobgardirlar.
1925-1991 yillarda kutubxonachilik qurilishi uchun anchagina moddiy mablag’lar sarflandi. Universal va maxsus kutubxonalarning yangi sistemasi yaratildi. Biroq kutubxonachilik ishini tashkil etish va uni boshqarish umumiy tartibining o`zi nuqsonli edi. Kutubxonalar ustidan yalpi nazorat o`rnatilar, kutubxonachilik ishiga rejali ravishda rahbarlik qilish va uning natijalarini shakllantirish vazifasi quyilar edi.
Jamiyatda insonparvarlik jarayonining kengayib borishi kutubxonalardan kitobxonlarning umummadaniy saviyasini oshirishga ko`proq, e`tibor berishni talab etadi. Bu jamiyatning ma`naviy, ruhiy va axloqiy imkoniyatlarini yangilash zarurligi bilan bog’langandir.
Kitob mutolaasiga rahbarlik qilish va o`qish uchun adabiyotlarni erkin tanlash bir-birini istisno qiladigan tushunchalardir. Lekin bunda aniq bir maqsad - kasb tanlash va uni egallashda, kasbiy jihatdan takomillashishda, o`z-o`zini anglashda, klassik adabiyotga, muayyan muallifning ijodiga, milliy madaniyatga, tilga va hokazolarga bo`lgan qiziqishni rivojlantirishda yordam berish albatta zarurdir.
Madaniy merosning vorisligida, avlodlarning jonli aloqasini amalga oshirishda kutubxonalar katta rol’ o`ynaydi. O`ziga xos qadimiy, madaniy merosimizniig tiklanishida, ona tilimizning saqlanishi va rivojlanishida ular asosiy o`rin egallaydi.
Shunday qilib, jamiyat hayotida kitob, axborot va kutubxonalarning roli keskin ortib bormoqda. Bizlar yer deb nomlangan sayyorada yashovchi barcha kishilar, shunday asrga kirib kelayotirmizki, endilikda biz kuch va qurolga suyanib emas, balki aql-idrokka, inson tafakkuriga tayanib ish ko`ramiz.
Ommaviy davlat kutubxonalarining barcha turlari umumiy ma`lumot beruvchi kitoblarni o`qishga berish, shaxsni har tomonlama kamol toptirish uchun zarur bo`lgan eng muhim adabiyotni tanlash va kitobxonlarga etkazish, kitobni targ’ib qilishning eng faol ta`sirchan metodlarini qo`llash, shaxsning o`qish doirasini shakllantirish, mutaxassislarga kasbga oid kitoblar bilan xizmat ko`rsatadi.
Ilmiy universal kutubxonalar kutubxonalarning mazkur turi uchun umumiy bo`lgan xususiyatlar bilan bir qatorda maxsus xususiyatlarga ham ega. Bu xususiyatlar ularning huquqiy maqomi bilan belgilanadi.
Ilmiy universal kutubxonalar kutubxonachilik sistemasida etakchi bo`g’indir. Odatda bu muassasa umumdavlat va regional ahamiyatga ega bo`lib, xududiy kutubxonalar yig’indisiningilmiy metodik markazi hisoblanadi. Universal kutubxonalar ana shu turining asosiy vazifalari kitob fondlari va ishning butun sistemasini rayon talablariga muvofiqlashtirishdan; joylardagi rahbar xodimlar va tashkilotlarga kitob va axborot bilan xizmat ko`rsatishni tashkil qilishdan; iborat va respublikaga buysunuvchi maxsus kutubxonalar ishini uyg’unlashtirish va birlashtirishdan iborat.