Targ’ibotchi va maktab kutubxonasi kirish Asosiy qism



Yüklə 56,78 Kb.
səhifə1/7
tarix09.05.2023
ölçüsü56,78 Kb.
#109910
  1   2   3   4   5   6   7
13.16 Targ’ibotchi va maktab kutubxonasi


TARG’IBOTCHI VA MAKTAB KUTUBXONASI



  1. Kirish

  2. Asosiy qism




  1. Mutolaa, kutubxona tizimining mohiyati va uning jamiyatdagi o`rni.

  2. O`zbekiston respublikasi ta`lim tizimida kutubxonachilik ishi: shaxsning mutolaa madaniyatini shaklantirish

  3. Mutolaa nadaniyatining pedagogik- psixologik asoslari




  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Tayanch so‘z va iboralar:Kitob, mutolaa, mutolaa madaniyati, shaxs, komil inson, jamiyat, tanlab o'qish, kitobxon ijodkorligi, kutubxona,pedagogik, psixologik, kutubxonachi

“Mutolaa madaniyati” tushunchasi haqida gap ketar ekan, madaniyat hodisasiga maxsus yondashish, unga ta'rif berish lozim bo‘ladi.


“Mutolaa madaniyati” tushunchasi kitobga qiziqishni, odamlarning adabiyotlar bilan kengroq tanishish rag‘batini, kitob va u bilan ishlash haqidagi maxsus bilimlarga, shuningdek, axborot manbalaridan to‘liq foydalanishga yordam beruvchi ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishni taqozo etadi.
Mutolaa madaniyati kishining manbani to‘laqonli tushunishi, undan estetik zavq olishi, muallif fikri va g‘oyasini anglashi hamda uni baholay olishi kabi xislatlarga ega bo‘lishini ta'minlaydi. Bundan tashqari kitob va kutubxonadan foydalanish, o‘zini qiziqtirgan masalalarga doir manbalarni topib olish va undan o‘qishda, ishda, hayotda foydalanish yo‘llarini o‘rgatadi. Kitobni tanlash, uni tez o‘qish, avaylab saqlash, shaxsiy kutubxona tashkil etish, o‘qilgan kitoblarni boshqalarga tavsiya eta olish ham mutolaa madaniyatiga xosdir.
Mutolaa madaniyatining muhim belgisi ixtiyoriylikdir. Agar ixtisoslashgan ta'lim insonga bir soha doirasida cheklangan bilim va malaka bersa, mutolaa madaniyati orqali egallangan umumiy ma'lumot kishining keng va to‘liq dunyoqarashga ega bo‘lishi, hayotning turli tomonlarini anglashi va tushunishiga ham imkon yaratadi.
Ruxshunoslarning ta'kidlashicha, bola tashqi olamni aql-idrok bilan emas, avvalo tuyg‘u bilan, hissiyot bilan qabul qilar ekan. Shunning urchin ham ta'sirchan voqealarga boy, g‘aroyibot, mo‘jizalar koni hisoblangan xalq ertaklari, dostonlari, rivoyatlari bitilgan kitoblarni bolalarga o‘qib berishdan charchamaslik kerak.
Asta-asta ularning sehri, jozibasi yosh qalbni butunlay zabt etishi, bolaning o‘zi savodi chiqqach, kitobdan zavq olish, lazzatlanish uchun mutolaani odat qilishi tayin.
Darhaqiqat, Hamid Olimjonning “Bolalik kunlarimda,
Uyqusiz tunlarimda,
Ko‘p ertak eshitardim
So‘ylab berardi buvim” degan
misralarida bo‘lajak shoirni adabiyot olamiga, demakki, kitob olamiga yetaklagan bosh omil haqida aytilgan.
Bolaning kitobxonlikka ishtiyoqi uyg‘ongach, unga mos bo‘lgan, qiziqishlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan kitoblarni saralab, tanlab berish juda ham muhim. Palapartish yeyilgan ovqat me'dani buzgani singari to‘g‘ri kelgan kitobni o‘qishning ham ziyoni bor.
Mutolaa madaniyatini belgilovchi mezon – kitobni tanlab, saralab o‘qish. Xalqda “sen menga o‘qigan kitoblaringni ayt, men senga kimligingni aytaman” degan gap yuradi. Kitobning murabbiylik xususiyatiga, kishiga ham aqlan, ham ruhan oziq berib tarbiyalovchilik xususiyatiga ishora bu.
Mutolaaning uch xil toifasi mavjud: birinchisi o‘qib tushunmaslik, ikkinchisi o‘qib tushunish, uchinchisi o‘qish va hatto yozilmagan narsani ham anglab yetish. Ana shu uchinchi toifa mutolaa aynan shinavanda kitobxonga tegishlidir. Ma'lumki, yuksak iste'dod bilan yaratilgan haqiqiy badiiyat olami tabiat olami singari turfa rang, serjilo, ma'no-mazmunga boy bo‘ladi. Badiiy asarning ana shu xususiyatini anglash, his qila bilish uchun kitobxon ham tayyor bo‘lishi kerak. U asarning ko‘p qirrali ma'nolarini kashf qilish uchun go‘yo muallif bilan ijodiy hamkorlikka kirisha olishi lozim. Bunday kitobxon faol, ijodkor kitobxondir. O‘tmishdagi bedilxonlik va bu faylasuf shoir asarlarining yuz bir ma'nosini topgan g‘azalxon ajdodlar an'anasini eslaylik.


  1. Yüklə 56,78 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin