Tarix 9-sinf I – variant



Yüklə 62,18 Kb.
səhifə1/4
tarix27.09.2023
ölçüsü62,18 Kb.
#149430
  1   2   3   4
TARIX1 9


TARIX 9-sinf
I – VARIANT

1. Miloddan avvalgi 206-yilda Sin sulolasiga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonning asosini . . .


A) hunarmandlar tashkil etgan. B) harbiylar tashkil etgan.
C) dehqonlar tashkil etgan. D) chorvadorlar tashkil etgan.

2. Mil.avv II mingyillikda Xitoyda vujudga kelgan Shan dalatining nomi nimadan kelib chiqqan edi?


A) hukmron sulola nomidan B) davlatning bosh shahri nomidan
C) ushbu hududda yashagan qabila nomidan D) daryo nomidan

3. Salavka bunyod etgan Salavkiya shahri qayerda joylashgan edi?


A) Eronning janubida B) Sharqiy Suriyada C) Frot daryosi bo‘yida D) Dajla daryosi bo‘yida

4. Miloddan avvalgi VII asrda yasagan tarixiy shaxslarni toping.


A) Kir II, Minos, Kambiz B) Tumaris, Skunxa, Frada
C) Kiaksar, Navuxodonosor D) Solomon, Navuxodonosor

5. Quyidagi qaysi janglar sakkiz kun davom etgan?


A) Sig‘noqning mo‘g‘ullar tomonidan bosib olinishi – Amir Temur va To‘xtamish o‘rtasidagi 1395-yilgi jang
B) Turk xoqonligi va Eftallar o‘rtasidagi jang –Sig‘noqning mo‘g‘ullar tomonidan bosib olinishi
C) Narshaxda “Oq kiyimlilar” va arablar o‘rtasidagi jang – Sind yaqinida Jaloliddin va Chingizxon o‘rtasidagi jang
D) Mo‘g‘ullar tomonidan Sig‘noqning egallanishi – Mo‘g‘ullar tomonidan Binokatning egallanishi

6. Haydar Xorazmiy va Durbek singari allomalar qaysi davrda faoliyat ko‘rsatgan?
A) Xorazmshohlar davrida B) Temuriylar davrida
C) Somoniylar davrida D) Chig‘atoy ulusi davrida

7. Gaznaviylar davlatida mavjud bo‘lgan vazirliklar qaysi organ huzurida bo‘lgan?


A) Sulton B) Devon С) Vazirlar kengashi D) Bosh vazir

8. Bir yilda vafot etgan somoniy va va g‘aznaviy hukmdorlarini aniqlang.
A) Nuh II va Sobuqtegin B) Mahmud G‘aznaviy va Nuh II
C) Nuh I va Alptegin D) Nuh I va Sobuqtegin

9. 1787-yilda qabul qilingan AQSH Konstitutsiyasiga muvofiq, Oliy Sudga sud ishidan tashqari yana qanday vakolat yuklatilgan edi?
A) AQSH Kongressi a’zolari faoliyatini nazorat qilish
B) Prezidentning chet mamlakatlari bilan olib boradigan munosabatlarini nazorat qilish
C) AQSH qonunlarining va Prezident farmonlarining Konstitutsiyaga mos kelishini nazorat qilib borish
D) qonunlarning qabul qilinishida bevosita ishtirok etish va veto huquqini beruvchi vakolat

10. Bir biridan o‘n yil farq qiladigan voqealar joylashgan javob variantini toping.
A) Rossiyada Dekabristlar jamiyatlari tuzila boshlandi – Lion to‘quvchilari qo‘zg‘olon ko‘tardi – Buyuk davlatlar Usmonli turklar imperiyasining «hududiy yaxlitligi va mustaqilligini» ta’minlash ustidan nazorat o‘rnatish to‘g‘risida bitim imzoladilar
B) Venesuela mustaqillikka erishdi – Adrianopol tinchlik shartnomasi imzolandi – Buyuk Britaniya o‘z ta’sir doirasiga olish maqsadida Afg‘onistonga hujum qildi
C) Genrix VII Tyudor vafot etdi – Leonardo da Vinchi vafot etdi – “Boburnoma” yozib tugallandi
D) Chingizxon taxtga chiqdi – Chingizxon huzuriga Xorazmshoh Bahouddin Roziy boshchiligida o‘z elchilarini yubordi – Fridrix II Suriyaga yurish qildi

11. Budda dinini hurmat qilmaydigan barcha shaxslarning Yaponiyadan chiqib ketishini talab etgan hukmdorni aniqlang.
A) Tokugava Iayasu B) Xidayosi C) Oda Nobinaga D) Yosimune

12. Eronda kimning davrida harbiy islohot o‘tkazilib, oq otuvchi qurol va to‘p joriy qilindi?


A) Abbos I B) Nodirshoh C) Taxmasp II D) Ismoil Safaviy

13. Quyidagi qaysi hukmdorlar davlat poytaxtini bir shahardan boshqasi ko‘chirgan?


1) Muhammad Rahimxon II; 2) Elbarsxon; 3) Abdurahimbiy; 4) Arab Muhammadxon; 5) Ubaydullaxon I; 6) Abulg‘ozixon; 7) Abdukarimbiy; 8) Abulxayrxon.
A) 2, 4, 5, 7, 8 B) 1, 2, 3, 4, 8 C) 2, 3, 5, 7D) 1, 2, 4, 5, 6

14. Bir yilda vafot etgan hukmdorlarni aniqlang.
A) Abdullaxon II va Akbarshoh B) Kuchkinchixon va Bobur
C) Boqi Muhammadxon va Hoji Muhammadxon D) Imomqulixon va Asfandiyorxon

15. Quyidagi qaysi Buxoro xonlari majburiy ravishda taxtdan tushirilgan va keyin qatl etilgan?
A) Boqi Muhammad va Vali Muhammad B) Vali Muhammad va Abulfayzxon
C) Imomqulixon va Nodir Muhammad D) Subhonqulixon va Ubaydullaxon II

16. Kimning hukmronligi davrida Qo‘qon shahri devor bilan o‘rab olingan?


A) Abdurahimbiy B) Abdukarimbiy C) Erdonabiy D) Norbo‘tabiy

17. Quyidagi qaysi sulolalarda bir xil nomga ega bo‘lgan kamida ikkita hukmdor mavjud bo‘lgan?
A) qo‘ng‘irotlar, minglar, mang‘itlar B) Buxoro shayboniylari, Xiva shayboniylari, ashtarxoniylar
C) minglar, ashtarxoniylar, Buxoro shayboniylari D) Xiva shayboniylari, qo‘ngirotlar, minglar

18. O‘rta asrlarda Mali davlatining poytaxti qaysi shahar bo‘lgan?
J: _________________
19. Qaysi o‘rta asr olimi оptikа, fizikа, kimyo fаnlаrigа оid tаjribаlаr o‘tkаzib, fаndаgi yutuqlаrgа fаqаt ilmiy kuzаtishlаr vа tаjribаlаr yo‘li bilаn erishish mumkinligini isbоtlаdi?
J: ___________________
20. Qadimgi Xitoyda qaysi podsholik hukmdorlari o‘zlarini “Osmon o‘g‘illari” deb atashgan?
J: _________________
21. Kushon davriga oid Qoratepa yodgorligi joylashgan hududni aniqlang.
J: _________________
22. Ozarbayjon va Iroq hududlari nechanchi yilda temuriylar qo‘lidan chiqib ketdi?
J: __________________
23. Buyuk Britaniya AQSH davlatining tuzilganligini, uning mustaqilligini tan olgan shartnomani qaysi shaharda imzolagan?
J: __________________
24. Musa To‘ra madrasasi qaysi shaharda joylashgan?
J: ___________________
25. G‘arbiy yevropara fosfor rudalarining asosiy makoni qaysi davlat bo‘lgan?
J: ___________________


Yüklə 62,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin